К содержанию
РецензированоRU2024

ПОДХОД К СОВРЕМЕННОМУ ОБРАЗОВАНИЮ НА ОСНОВЕ МОДЕЛИ 4К СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ПЕДАГОГИЧЕСКОГО ПРОЦЕССА, ГЛАВНЫЙ ФАКТОР ГУМАНИЗАЦИИ

PEDOGOGIK JARAYONNI TAKOMILLASHTIRISH · Maxammatova Ma’muraxon Jalilovna · Tojidinova Maftuna Abdunabi qizi

Универсал международный научный журнал · 2024

Аннотация

Ushbu maqolada hozirgi zamon ta’lim tizimida 4K modelini qo‘llanilishi, uning fandagi asosiy samaradorligi, o‘qituvchilarning 4K modelidagi bilim salohiyatlari va o‘quvchilarga qo‘yiladigan talablar haqida fikrlar bilan yoritilgan. Kalit so‘zlar:4K modeli, boshlang‘ich ta’lim, tizim, kollaboratsiya, kommunikativlik, kreativ fikrlash, kritik fikrlash, tamoyil, fikrlash, bosqich, zamon metod va darsliklar. Boshlang‘ich ta’lim – shaxs shakllanishi davrining eng muhim bosqichi. Bu davr bola ong ostida olamni anglash, tasavvur va bilimlar poydevorini tiklash pallasi bo‘lgani uchun ham nozik e’tibor talab etadi. Ayni shu pallada bola o‘zida «o‘quvchi shaxsi»ni yaratadi, maktabga va ta’lim olishga nisbatan qiziqishni, mehrni tuyadi, ilm yo‘lidagi kelgusi natijalar uchun kuch to‘plashni boshlaydi. Bu esa, zamonaviy pedagogika oldidagi doimiy va murakkab masala sifatida darsliklarning g‘oyaviy, tarbiyaviy va ma’rifiy saviyasiga jiddiy yondashishni talab etadi. 2023- o‘quv yilidan boshlab boshlang‘ich sinf o‘quvchilari yangi avlod darsliklari asosida ta’lim olishni boshladi. Darsliklarning asosiy xususiyatlaridan biri – ularning 4K tamoyili asosida ishlab chiqilganidadir.Ya’ni bu tamoyilda quruq ma’lumotlarni yodlatish yoki shunchaki o‘qish – yozishni o‘rgatish bilan cheklanilmaydi.O‘quvchilar nafaqat fanlarni, balki XXI asrda zarur bo‘lgan hayotiy ko‘nikmalarni ham o‘rganadi. Yangi innovatsion 4 K yondashuvni O‘zbekiston maktablarida joriy etishdan oldin xorijiy tajribalar ham o‘rganildi. Singapur, Xitoy, Angliya, Finlandiya, Estoniya kabi ta’limi ilg‘or mamlakatlar o‘quvchilarda 4K tamoyilini o‘z ichiga olgan XXI asr ko‘nikmalarini rivojlantirishga asosiy e’tibor qaratadi. PISA, PIRLS kabi xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallagan davlatlar ta’limida o‘quvchilarda "4K"ni o‘z ichiga olgan muloqot, tadqiqot, yaratuvchanlik kabi ko‘nikmalarga alohida urg‘u berilgan va shuning uchun ham ular xalqaro reytinglarda katta natijalarga erishishyapti."4K" modeliga asoslangan innovatsion yondashuv maktablarda qo‘llash uchun alohida sharoitlar talab etmaydi. Masalan, o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash qobiliyati savol-topshiriqlar bilan, muloqot ko‘nikmasi esa savol-topshiriqlar va mashg‘ulotlar orqali rivojlanadi. Yangi innovatsion yondashuv natijasini o‘quvchining dunyoqarashi, fikrlashi o‘sishida ko‘rish mumkin. XXI asr o‘quvchisi portretida XXI asr ko‘nikmalari bo‘lishi kerak. Innovatsion yondashuvni qo‘llashdan asosiy maqsad ham shu. Qolaversa, ta’limning asosiy maqsadi – o‘quvchilarga nafaqat bilim berish, balki olgan bilimlarini hayotda qo‘llay olishga o‘rgatishdan iborat. 2023 yilning yanvar oyidan O‘zbekistonning 14 ta hududidagi tajriba-sinov maktablarda yangi avlod darsliklari joriy etilgandi. Sentyabrdan esa bu amaliyot respublikaning barcha boshlang‘ich sinflari uchun davom ettirildi. Buning uchun kitoblar 770 nomda 72 mln nusxada chop etildi. Ularni ishlab chiqishda xalqaro dasturlar tomonidan oʻquvchilarning muvaffaqiyatlarini baholashda qoʻllaniladigan namunaviy topshiriqlar oʻrganib chiqildi va asos qilib olindi (PISA, PIRLS, TIMSS, EGMA, EGRA). Oʻquv metodik komplekslar faol oʻquv jarayoni uchun toʻliq materiallar toʻplami: darsliklar, mashq daftarlari, oʻqituvchilar uchun uslubiy qoʻllanmalarni oʻz ichiga oladi. Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 282 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. Avvalo o‘quvchilarning bilim va qobiliyatlarini yuzaga chiqarishda o‘qituvchining o‘zi kasb mahoratidan kelib chiqib, “4K” yondashuvining mazmun va mohiyatini anglab yetishi va dars jarayonida qo‘llash lozim. “4K” yondashuvining asosiy maqsadi komil haxsni shakllantirish uchun poydevor bo‘lgan pedogogik jarayonni takomillashtirish, insonparvarlashtirish, o‘quvchining mustaqilligini ta’minlash, o‘qitish jarayonida texnik vositalar imkoniyatlaridan samarali foydalanishga erishishdan iborat. O‘qituvchi va o‘quvchilarni faollashtiradigan, o‘zi va o‘rganuvchi uchun qulay bo‘lgan yo‘llarni, usul va uslublarni, o‘qitishni izlaydi,zamonaviy pedagogik texnologiyaga suyanib o‘quv jarayoni samaraorligini oshiradi. O‘qituvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatib o‘quv jarayonining yuqori sifat va samaradorligini oshirishda xizmat qiladi. Ushbu muhim kompetentsiyalarni rivojlantirishni yordam berishni istasak o‘quv jarayonini bolalar uchun qiziqarli va foydali tarzda tashkillashtirishimiz kerak. Maktabdagi har bir dars o‘quvchilar faqat fan mazmunini o‘zlashtiradigan emas, balki mustaqil bilim oladigan va qobiliyatini rivojlantiradigan jarayondir. Dars jarayonida qo‘llanilayotgan interfaol metodlar, didaktik o‘yinlar, ko‘rgazmali qurollar va tarqatmali vositalar ham “4K” yondashuviga asoslangan holda tashkil etilsa, dars samaradorligi yuqori boladi. Xulosa qilib aytganda ta’lim tizimida 4K modellini qo‘llash o‘quvchilarda kritik fikrlash va kreativlikni rivojl

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada hozirgi zamon ta’lim tizimida 4K modelini qo‘llanilishi, uning fandagi asosiy samaradorligi, o‘qituvchilarning 4K modelidagi bilim salohiyatlari va o‘quvchilarga qo‘yiladigan talablar haqida fikrlar bil…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada hozirgi zamon ta’lim tizimida 4K modelini qo‘llanilishi, uning fandagi asosiy samaradorligi, o‘qituvchilarning 4K modelidagi bilim salohiyatlari va o‘quvchilarga qo‘yiladigan talablar haqida fikrlar bil… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kollaboratsiya, primary education, коммуникабельность, tizim, 4К-модель, kommunikativlik, сотрудничество, system, начальное образование, система, boshlang‘ich ta’lim, 4K modeli, 4K model, communicativeness, collaboration
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники