Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ИНДИВИДУАЛЬНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ В УСЛОВИЯХ ЭКОЛОГИЧЕСКОЙ ГЛОБАЛИЗАЦИИ ФОРМИРОВАНИЕ ЭКОЛОГИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ В УЧРЕЖДЕНИЯХ И ЭТАПЫ РАЗВИТИЯ
RIVOJLANISH BOSQICHLARI · Azamova Sitora Ayonovna
Универсал международный научный журнал · 2024
Аннотация
Bugungi kunda ekologik inqirozning oldini olishda aholining ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlodning ekologik-huquqiy ta’lim-tarbiyasi, madaniyati va ma’naviyatini hal qiluvchi omillardan biri sanaladi. Maqolada ekologik globallashuv sharoitida yoshlarda ekologik madaniyatni oshirishda ekologik tarbiyaning o‘rni haqida ma’lumot berilgan. Kalit so‘zlar: ekologiya,globallashuv, ekologik madaniyat, biosfera, ekologik ong, ehtiyoj, ekologik ta’lim, ma’naviyat,ekologik vaziyat. Jahonda kechayotgan global o‘zgarishlar ekologik jarayonlarni avj oldirib yubordi. Bugungi kunda ekologik ta’lim va tarbiyaning mushtarak-mujassam, uzluksiz, barcha uchun tushunarli tizimini yaratish muammosi ham dolzarb bo‘lib turibdi. Kishilarda ekologik madaniyatni tarbiyalash, ularning dam olishini, atrof-muhitni asrash borasidagi faoliyatini tashkil etish masalalari kun tartibida turgan eng muhim muammolardan biridir. Keng jamoatchilikni ekologik savodxon qilish ish joylari, mahalla ayniqsa ommaviy axborot vositalarining sa`y harakatlariga ko‘p jihatdan bog`liqdir. Buning uchun har bir gazeta va jurnal sahifalarida televideniya, radio eshittirishlarida tabiat muhofazasi va aholi salomatligini yaxshilash mavzusiga oid maxsus maqolalar chop qilib borish, joylarda va berayotgan ekologik noxush hodisalarning kelib chiqish sabablarini ko‘rsatib o‘tish zarur. Ekologik hatolar u tanbeh berish, tanqid qilish, noxush ekologik hodisalarning kelib chiqishiga sababchi bo‘lgan shaxslarning qonuniy jazolashning joriy qilish vaqti endilikda keldi. Xullas, tabiatga nisbatan shafqatsiz bo‘lganlarga matbuot, televideniya, radio, jazo organlari orqali shafqatsiz bo‘lish maqsadga muvofiq. Ekologik jihatdan tartivsiz odamni tegishli yo‘l bilan ya`ni qonun yo‘li orqali ―tarbiyalashǁ lozim. Ekologik savodxonlikni o‘rta maktabda amalga oshirish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Chunki maktab yoshidagi bola hayotga endi qadam qo‘yayotgan bo‘ladi. Ekologik ta`lim-tarbiya BMT va bu tashkilotning YUNESKO va YUNEP ni ham diqqat markazidagi masaladir. Mamalakatimizda ekologik vaziyatni yaxshilashda, atrof tabiiy muhitni asrab-avaylash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlarni yoshlarning ishtirokisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Shu bois, maktab ta’limida ekologik ta’lim-tarbiyaga yanada katta e’tibor qaratilishi, maktabgacha ta’limdan boshlab bolalarda ekologik tushunchalarni shakllantirib borish zarur. Chunki, yoshlar ongida ekologik dunyoqarashni shakllantirmasdan va uni mastahkamlamasdan turib, ekologik barqarorlikka erishish qiyin. Ekologik ta’lim esa inson faoliyatining barcha qirralariga ta’sir eta oladigan kuchga ega bo‘lishi darkor. Ekologik ta’limda ekologik dunyoqarashni shakllantirishning eng muhim jihatlaridan biri bo‘lgan inson bilan tabiat uyg‘unligiga amal qilinishiga erishish zarur. Bundan tashqari, zamonaviy ekologik ta’lim shu jihatni e’tiborga olishi kerakki, bilim orqasidan darrov ungaishonch tug‘ilmaydi, demak, ishonchdan harakatlar kelib chiqmaydi. Ma’lum hayvon va o‘simlik turlari haqida bilim berish – bolalar ularni asrab-avaylashni boshlaydi, degani emas. Zamonaviy ta’limning vazifalaridan biri – bu, istagan yo‘nalishda vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartirish bo‘yicha harakatlarda mujassam topgan ekologik irodani tarbiyalash ham hisoblanadi. Tabiat muhofazasini amalga oshirishda har qanday chora-tadbirlari qo‘llash Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 286 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. bilan birga aholining ekologik ongini va madaniyatini ham rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ekologik ong, madaniyat tabiatni avaylab asraganda, unga ongli munosabatda bo‘lganda, boyliklaridan me`yorida foydalanishda, noxush hodisalarning oldini olishda, eng zaruri atrof-muhit doimo toza saqlashda namoyon bo‘ladi. Ekologik tarbiyalanmagan kishi tabiatni e`zozlay olmaydi. Ekologik ta`lim tarbiyaning barchasi barobar zarurdir. Atrof-muhit muhofazasida aholi ekologik ongning, madaniyatning ahamiyati – tabiat inson uchun yagona makon, u odamni turli oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim kechak, uy-joy va boshqa zaruriy buyumlar bilan ta`minlaydi. Ekologik ong – bu har bir insonning hayotiy faoliyatida atrof tabiiy muhit uning yashash makoni ekanligini aniqlash darajasi. Ekologik ongni insonni har doim ham ekologik madaniyatli deb bo‘lmaydi. Chunki ekologik barqarorlik zaruriyatini anglash haqi uni inson o‘z faoliyatida tadbiq qildi, degan so‘z emas. Insonlarning ona tabiatga nisbatan ekologik ongli faoliyatlari ularning ekologik madaniyatini belgilaydi.Ekologik ta`lim-tarbiyani rivojlantirish uchun Jahon, alohida davlatlar miqyosida turli tadbirlar o‘tkazilmoqda. Har bir soha mutaxassisi ekologik savodxon, madaniyatli bo‘lishi va o‘z faoliyatida tabiatga zarar yetkazmasligi, ekologik ta`lim-tarbiyani rivojlantirishga xissasini qo‘shish lozimdir. O‘zbekiston Respublikasida ekologik
Доказательный фрагмент
«Bugungi kunda ekologik inqirozning oldini olishda aholining ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlodning ekologik-huquqiy ta’lim-tarbiyasi, madaniyati va ma’naviyatini hal qiluvchi omillardan biri sanaladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюBugungi kunda ekologik inqirozning oldini olishda aholining ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlodning ekologik-huquqiy ta’lim-tarbiyasi, madaniyati va ma’naviyatini hal qiluvchi omillardan biri sanaladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- экологическое сознание, ekologik ong, экология, globallashuv, ekologik madaniyat, экологическая культура, глобализация, biosfera, биосфера, ekologiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026