Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ПРИМЕНЕНИЕ STEAM ОБРАЗОВАНИЯ В СРЕДНИХ ШКОЛАХ И ЕГО ЭФФЕКТИВНОСТЬ
Nabiyeva Dilzoda Abduvohidjon qizi
Универсал международный научный журнал · 2024
Аннотация
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi zamonaviy ta'lim tizimi va yangi modelni amalga oshirilayotgan yangi islohotlar, ta'limga e'tibor berish va sifatini oshirish haqida ma'lumotlar keltirilgan. Kalit so‘zlar: "Ta'lim to‘g‘risida"gi Qonun, zamonaviy ta'lim tizimi, yangi model, Harakatlar strategiyasi, konseptual asoslari O‘zbekiston Respublikasining «Ta'lim to‘g‘risida»gi Qonuni. Mustaqillik yillarida, O‘zbekiston Respublikasida, uzluksiz ta'lim tizimini takomillashtirish ustuvor yo‘nalish sifatida e'tirof etildi. O‘zbekiston Respublikasining «Ta'lim to‘g‘risida»gi Qonunida uzluksiz ta'lim tizimining mohiyati, yo‘nalishlari, ta'lim mazmuni, ta'limning huquqiy asoslari batafsil ochib berilgan. Mazkur me'yoriy hujjat mazmunida quyidagilar ifodasini topgan: 1) fuqarolarga ta'lim, tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslari; 2) ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari; 3) har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqi; 4) pedagogk faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi: 5) ta'lim muassasasining huquqiy maqomi; 6) ta'lim tizimi va turlari; 7) ta'lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy himoya qilish; 8) ta'lim tizimini boshqarish. O‘zbekiston Respublikasining «Ta'lim to‘g‘risida»gi Qonunida alohida urg‘u berilganidek, ta'limni tashkil etishning asosiy maqsadi - jamiyatda intellektual va ilmiy potensialni rivojlantirish, jamiyat, oila va davlat oldidagi burchi, javobgarligini anglaydigan barkamol va mustaqil fikrli shaxsni shakllantirishdan iborat.[1; 317-bet ] Ta'lim sohasida amalga oshirilgan yangi islohotlar. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi o‘rta muddatli istiqbolda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab bergan eng muhim dasturiy hujjat hisoblanadi. Mazkur hujjat asosida ta'lim sohasiga doir qator islohotlar amalga oshirildi. Ta'lim tizimini xalq bilan muloqot va ilg‘or xorijiy tajribalar asosida isloh qilishga asosiy e'tibor qaratildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida» PQ-3305-son qarori asosida respublikamizda ilk bor Maktabgacha ta'lim vazirligi tashkil etildi.[ 2; 10-bet ] O‘zbekiston Respublikasi ta'lim tizimi va konseptual asoslari, O‘zbekistonning mustaqil davlat bo‘lishidan keyin rivojlantirilgan va mustahkamlikka buriladigan asosiy mexanizmlardan biridir. Bu tizim, davlat va jamiyatning o‘rta va uzluksiz rivojlanishi, inson manfaatlari uchun zamonaviy ilmiy texnologiyalar va strategik hujjatlar asosida shakllangan. Ushbu tizimning asosiy maqsadi, insonning ma'naviy, aqliy, jismoniy va ijtimoiy salomatligini ta'minlash, ma'rifat va bilim bazasini oshirib, ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha zarur umumiy asoslar va tamoyillarini shakllantirishdir. Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston mamlakati ta'limga katta e'tibor qaratmoqda va mamlakatda ta'lim sifatini oshirishga harakat qilmoqda. Ta'lim tizimi o‘quvchilarni kelajakdagi muvaffaqiyatlarga tayyorlaydigan va mamlakat taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan har tomonlama ta'lim berishni maqsad qilmoqda. Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 276 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Pedagogika,//M.Toxtaxodjaevaning umumiy tahriri ostida, Darslik,T.:Ozbekiston Faylasuflari Milliy jamiyati, 2010.[ 317-bet ] 2. Xodjayev B.X. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik T:SANO- STANDART, 2017 [ 10-bet ] 3. Jalilovna, M. M.(2024). Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim modelini amalga oshirish uchun tanqidiy fikrlashni rivojlantirish texnologiyalari. ijtimoiy fanlarda innovasiya onlayn ilmiy jurnali, 4(2), 130-133. 4. Otabayeva, F. T. ( 2019) . Technology using the case- study method in the studiy of computer graphics. Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 277
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi zamonaviy ta'lim tizimi va yangi modelni amalga oshirilayotgan yangi islohotlar, ta'limga e'tibor berish va sifatini oshirish haqida ma'lumotlar keltirilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi zamonaviy ta'lim tizimi va yangi modelni amalga oshirilayotgan yangi islohotlar, ta'limga e'tibor berish va sifatini oshirish haqida ma'lumotlar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- STEAM education, ta’lim berish, STEAM ta’limi, учить, наука, STEAM-образование, samaradorlik, интеграция, integration, to teach, fan, efficiency, эффективность, science, integratsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Современная наука и исследованияNEW RENAISSANCE, HUJJATLARDA AKS ETISHI +22025