К содержанию
РецензированоRU2024

СОВРЕМЕННЫЕ ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ТЕХНОЛОГИИ НА УРОКАХ ПРЕИМУЩЕСТВА ИСПОЛЬЗОВАНИЯ

QO‘LLANISH AFZALLIKLARI

Универсал международный научный журнал · 2024

Аннотация

Ushbu maqolada pеdagoglarning innovatsion faoliyat ko‘nikma, malakalariga ega bo‘lishlari muhim ahamiyatga ega. Pеdagoglar tomonidan innovatsion faoliyat ko‘nikma, malakalarini o‘zlashtira olishlarida ularning innovatsion yondashuvga ega bo‘lishlari to‘g‘risida fikrlar bayon etilgan. Kalit so‘zlar: zamonaviy pedagogik texnologiya, an’anaviy ta’lim, o‘qituvchi mahorati, pedagogik texnika, tashabbuskorlik Yangi O‘zbekistonni yanada rivojlantirishni ta’minlash maqsadida ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlar joriy etilmoqda.Shuningdek ta`lim-tarbiya borasida olib borilayotgan tub islohotlarning asosiy yo‘nalishlarini to‘laqonli anglab olmoq lozim. Bu yo‘nalishlar: Ø ta`lim mazmunini, tizimini isloh qilish; Ø ta`lim- tarbiya boshqaruvini isloh qilish; Ø ota-ona, o‘qituvchi-o‘quvchining ta`lim jarayoniga bo‘lgan yangicha qarashlarini shakllantirish; Ø nihoyat, bu tub islohatlarning bosh harakatlantiruvchi kuchi yangi pedagogik texnologiyani amaliyotga tadbiq etishdan iborat. Bularni hisobga olgan holda ta`lim sohasidagi islohatlar, erishilayotgan yutuqlar, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, xatolar; kamchiliklarni yuzaga keltirayotgan muammolarga yuzlanamiz. “Nima sababdan kamchiliklar yuzaga kelyapti?” Biz aytib o‘tayotgan yangi pedagogik texnologiyalar asosida darsni tashkil etishda o‘quvchi asosiy o‘rinda turishi, bosh figura bosh rolda o‘quvchi bo‘lishi kerak. Bizda esa aksincha, o‘qituvchi bosh figura, u axborot berish, darsni tezroq o‘tish, o‘quvchilarni tezroq o‘qitish bilan ovora. Ammo, o‘quvchilarning qiziqishlari, bilim darajasi, yangiliklarni qabul qilish, tushunishi turlicha. Buni hisobga olmoq kerak. Qanday bo‘lsa-da har bir o‘quvchini darsda faol ishtirok etishga jalb etish darkor. An`anaviy tarzda o‘tilayotgan darslarda esa o‘quvchi passiv eshituvchi, quloq soluvchi xolos, u o‘z fikri, mushohadasi bilan darsda ishtirok etmaydi. Bu darsning kamchiliklarini ko‘rib chiqaylik: - Darsning bir qolipdaligi; - Boshlang`ich ma’lumot berilib, uni o‘zlashtirish jarayoni uyga reja, vazifa orqali amalga oshadi; - O‘quvchilar passiv eshituvchi va mustaqilligi yo‘q; - O‘quvchilar bir-biri bilan fikr almashmaydilar, nutqiy fikr almashuv amalga oshmaydi; - Qayta aloqalar yo‘lga qo‘yilmaydi; - Har bir faoliyat o‘rtacha o‘quvchiga yondashuv asosida kechadi; - Ta’lim mazmuni asosan o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Bu dars o‘quvchilarning o‘quv jarayonidagi ma’suliyatini, javobgarlik hissini, mustaqil xulosa chiqarish qobiliyatini susaytiradi. Muammoning yechimini topmoq uchun nima qilmoq kerak?! Dars jarayonida, ta`lim-tarbiyada o‘quvchi asosiy harakatlantiruvchi kuch, ta`lim jarayoni bo‘lishi kerak, ya`ni o‘qish, o‘rganish, mutolaa qilishda o‘quvchi faol ishtirokchi bo‘lishi kerak. O‘qituvchi esa o‘qitishdan o‘qishni o‘rganishda, bilim berishdan o‘quvchilarning bilimlarni mustaqil egalashlariga ko‘maklashish zarur. O‘qituvchi o‘quvchini faol ishtirokchi bo‘lishi uchun muhit yaratishga va uni mas`uliyatni sezishga yo‘llashi kerak. Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 304 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. Ma`lumki, har bir dars uchun ta`limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi, ya`ni birbiri bilan uzviy aloqada bo‘lgan uch yoqlama maqsad qo‘yiladi. Darsni tashkil qilish shakli, dars ishtirokchilarining o‘zaro aloqalariga bo‘g`liq bo‘lib, yuqorida keltirilgan maqsadlarga erishish o‘quv materiali xususiyatlariga, ta`lim metodlariga, o‘quv imkoniyatlari, o‘qituvchi mahorati va texnikasiga bo‘g`liq. Bularning barchasini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun o‘qituvchi rahnamoligida o‘qituvchi bilan o‘quvchilar birgalikda harakat qiladilar. Xuddi mana shu samarali amalga oshirilsagina u o‘quv jarayoni deyiladi. O‘quv jarayonida asosiy harakatlantiruvchi kuch-o‘quvchi uchun ham, o‘qituvchi uchun ham ichki motivatsiya (diqqatni tortish, ichki tuyg`u, istak, zaruratini shakillatirish) bo‘lishi kerak. Bunda o‘quvchilar bilim olishga intilishi, bilim olishga ehtiyoji yuqori bo‘lishi kerak. O‘quvchi real hayotga kirib borishi uchun bilim, ko‘nikma va malakalar bilan birga ilmiy bilish metodlariga ega bo‘lishi kerakligini ongli ravishda tushunib yetishi lozim. Chunki ochiq jamiyatning asosiy belgisi - bu dunyoni anglab yetish va unda o‘zining munosib o‘rnini topish uchun erkin ishlash, izlanish demakdir. O‘qituvchidan o‘quvchilarga tashabbuskorlik va mustaqillikni, bilimlarni puxta va chuqur o‘zlashtirishni, zarur malaka va ko‘nikmalarni, kuzatuvchanlikni, tafakkur va bog`lanishli nutqni, xotira va ijodiy tasavvurni tarbiyalashda imkon beruvchi didaktik prinsip bu - ta`limdagi faollikdir. Bunday tizimda o‘quvchi ham, o‘qituvchi ham ta`lim tarbiya jarayoniga birgalikda mas`uldir. Ular birgalikda har bir o‘quvchining bilim va qobiliyatini, individual intilish va ehtiyojlarini aniqlaydilar. Bunday holatda o‘qituvchi faqat “baholovchi” emas, balki yangi

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada pеdagoglarning innovatsion faoliyat ko‘nikma, malakalariga ega bo‘lishlari muhim ahamiyatga ega.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada pеdagoglarning innovatsion faoliyat ko‘nikma, malakalariga ega bo‘lishlari muhim ahamiyatga ega. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
teacher, традиционное образование, o‘qituvchi, pedagogik texnika, modern pedagogical technology, mahorati, pedagogical technique, an’anaviy ta’lim, навык, учитель, traditional education, современные педагогические технологии, skill, педагогическая методика, zamonaviy pedagogik texnologiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники