Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ПОСТОЯНИЕ МОДЕЛИ «4К» В СИСТЕМЕ ОБРАЗОВАНИЯ УЗБЕКИСТАНА ЗРЕЛОСТЬ И ЕЕ ЗНАЧЕНИЕ
Mamashokirova Fotima Kenjaboy qizi
Универсал международный научный журнал · 2024
Аннотация
Ushbu maqolada “4K” modeli haqida umumiy tushunchalar, O‘zbekiston ta’lim tizimida “4K” modelining qo‘llanilishi, bu modelning ahamiyatli taraflari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so‘z: “4K” modeli, ta’lim tizimi, kollaboratsiya, kommunikativlik, kreativ fikrlash, kritik (tanqidiy) fikrlash, innovatsiya, yondashuv, metodologiya, PISA, Platforma. Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida o‘qitish metodikasini takomillashtirish vazifasi belgilangan. Shunga muvofiq, darsliklarni yangilash bo‘yicha muayyan ishlar bajarildi. Xususan, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida 1-4-sinf darsliklari yangidan “4K” modeli asosida tayyorlandi. “4K” modelidan foydalanish ko‘plab sinovlardan o‘tgan, muhimi, zamonaviy yondashuvdir. Biz avvallari bolalarning yozuviga ko‘proq e’tibor qaratganmiz, diktantlar yozdirganmiz. Yangi tajriba bilan esa o‘quvchilarning tanqidiy fikrlashi, o‘z fikrini erkin bayon eta olishiga ko‘proq ahamiyat beriladi. Ushbu yangi zamonaviy maktab darsliklari innovatsion yondashuvni taqdim etadi. Yangi o‘quv yilidan boshlab boshlang‘ich sinf o‘quvchilari yangi avlod darsliklari asosida ta’lim oladi. Darsliklarning asosiy xususiyatlaridan biri – ularning 4K tamoyili asosida ishlab chiqilganidadir. Ya’ni bu tamoyilda quruq ma’lumotlarni yodlatish yoki shunchaki o‘qish va yozishni o‘rgatish bilan cheklanilmaydi. Bugungi kunda ta’lim muassasalarida sifatli ta’limni ta’minlash,o‘quvchilarni zamonaviy dars o‘tish metodikalari va axborot texnalogiyalari orqali fanlarga qiziqtirish borasida qator islohotlar olib borilmoqda. Hozirgi vaqtda o‘quvchilardan tahlil, mushohadaga tayangan holda tanqidiy hamda ijodiy fikrlash, atrofidagi insonlar bilan sog‘lom hamkorlik qilish hamda moslashuvchan bo‘lishi talab etiladi. Bunda ta’lim jarayoniga keng tatbiq etilayotgan “4K” modeli o‘quvchilarga yordam beradi. “4K” boshlang‘ich sinflarda qo‘llanishi boshlanayotgan yangi tamoyil hisoblanadi. “4K ” modeli o‘z nomi bilan 4 ta tamoyilni o‘z ichiga oladi: ü Kollaboratsiya ü Kommunikativlik ü Kreativ fikrlash ü Kritik (tanqidiy) fikrlash Kollaboratsiya: Darsliklar o‘quvchilarning jamoada ishlash qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradigan tarzda tuzilgan. Bu o‘quvchilarga hamkorlik qilish, samarali fikr almashish va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash ko‘nikmalarini o‘rganishga ko‘maklashadi. O‘quvchilarning jamoada ishlash ko‘nikmasini rivojlantirishda dasr jarayonlarida o‘quvchilar bilan umumiy maqsadlarni muhokama qilish, o‘z harakatlarini jamoadoshlarining harakatlari bilan muvofiqlashtirish, ma’lum bir maqsadga erishishda jamoa bo‘lib harakat qilishga alohida urg‘u beriladi. Kommunikativlik: Darsliklar o‘quvchilarning boshqalar bilan muloqot qilish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan. O‘quvchilar o‘z fikrlarini aniq, ravshan ifodalashga, suhbatdoshni tinglashga va tushunishga, ma’lumotni yetkazishda til vositalaridan unumli foydalanishga o‘rganadi. O‘quvchilarda muloqot qilish ko‘nikmasini shakillantirishda bolalarning muloqotdan cho‘chimaslik, suhbatdoshiga savollar berish va ularga javob berish ko‘nikmasini shakillantirish, boshqa odamlarning fikrini tinglashni o‘rganish jihatlariga alohida e’tibor beriladi. Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 306 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. Kreativ fikrlash: O‘quvchilar o‘z maqsadlariga erishish uchun yangi yondashuvlarni qo‘llashni o‘rganadi, innovatsion yechimlarni ishlab chiqadilar va ijodiy muammolarni hal qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi. Ushbu yo‘nalishda o‘quvchilarning tevarak atrofga qiziqish, u haqida ko‘roq bilishga intilish va bunda axborotni mustaqil izlash, o‘z savollariga javob topish qobilyatini shakillantirish ustunlik qiladi. Shu bilan birga o‘z maqsadlariga yetishda samarali usullardan foydalanish, berilgan muammolarga samarli yechim topish, yangi g‘oyalarni ishlab chiqish va takomillashtirish kreativ fikrlashning asosini tashkil etadi. Kritik (tanqidiy) fikrlash: Ushbu metodologiya o‘quvchilarning axborotni tanqidiy baholash, o‘z fikri va mulohazalarini shakllantirish ko‘nikmalarini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. O‘quvchilar muammolarga tahliliy nuqtayi nazardan yondashishni o‘rganadi va mantiqiy fikrlash asosida o‘z nuqtayi nazarini shakllantiradi. Tanqidiy fikrlashni shakillantirish barobarida o‘quvchilarda tahlil va vazyatni tog‘ri baholash ko‘nikmalari ham rivojlanadi. Shuningdek o‘quvchilarning o‘z o‘zini boshqarish va tekshirish, mulohaza yuritish, mavjud muommoga turli nuqtai nazardan baho berish qobilyatini shakillantirishda mazkur yo‘nalishning o‘rni katta. Ushbu muhim kompetensiyalarni rivojlantirishga yordam berishni istasab, o‘quv jarayonini bolalar uchun qiziqarli va foydali tarzda tashkillashtirishimiz kerak. Maktabdagi har bir dars o‘quvchilar faqat fan mazmunini o‘zlashtiradigan emas, balki mustaqil bilim oladigan va qobiliyatini ri
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada “4K” modeli haqida umumiy tushunchalar, O‘zbekiston ta’lim tizimida “4K” modelining qo‘llanilishi, bu modelning ahamiyatli taraflari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada “4K” modeli haqida umumiy tushunchalar, O‘zbekiston ta’lim tizimida “4K” modelining qo‘llanilishi, bu modelning ahamiyatli taraflari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- креативное мышление, kollaboratsiya, kreativ fikrlash, creative thinking, коммуникабельность, “4K” modeli, образовательная система, kommunikativlik, сотрудничество, Модель «4К», ta’lim tizimi, educational system, communicativeness, collaboration
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014