Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ПСИХОЛОГИЯ МЛАДШИХ ШКОЛЬНИКОВ ОСОБЕННОСТИ РАЗВИТИЯ
Abduraximova Dildora Muxtorovna
Универсал международный научный журнал · 2024
Аннотация
Ushbu maqolada kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda motivatsiyaning ahamiyati, kichik maktab yoshi davrda bola maktab o‘quvchilariga qo‘yiladigan turli talablar bilan tanishish, shaxsiy tayyorgarlik. motivatsion sohaning rivojlanganlik darajasi borasida fiklar yuritilgan. Kalit so‘zlar: kichik maktab yoshi, ta’lim, o‘quv faoliyati, motiv, motivatsiya, tasavvur, tafakkur, xotira, ijtimoiy omil, aqliy rivojlanish,senzitiv, davr. Kichik maktab davri bu ijobiy o‘zgarishlar va yangilanishlar davridir. Kichik maktab yoshi davrda bola maktab o‘quvchilariga qo‘yiladigan turli talablar bilan tanishadi, Shaxsiy tayyorgarlik. Motivatsion sohaning rivojlanganlik darajasi. Bilishga qiziqishning mavjudligi. Ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘zining maxsus o‘rni bo‘lishiga intilish, muhim baholanadigan faoliyatni bajarish — o‘quvchi bo‘lish fan asoslarini o‘rganish uchun biologik va psixologik jihatdan tayyorlanadi. Uning psixikasi bilim olishga yetadigan darajada rivojlanadi. Shu yoshdagi bola idrokining o‘tkirligi, ravshanligi, sofligi, aniqligi, o‘zining qiziquvchanligi, ishonuvchanligi, xayolining yorqinligi, xotirasining kuchliligi, tafakkurining yaqqolligi bilan boshqa yoshdagi bolalardan ajralib turadi. “Har xil ertaklarni eshitib yurgan bola endi real tashqi olamn, uning qanday bor bo‘lsa, shunday mavjud hususiyatlari doirasida idrok qilib, anglay boshlaydi.” Maktab ta’limiga tayyorlanayotgan bolada diqqat nisbatan uzoq muddatdan va shartli barqaror bo‘ladi. Kichik maktab yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati o‘qish hisoblanadi. Bolaning maktabga borishi, uning psixologik rivojlanishi va shaxsning shakllanishidaga o‘rni nihoyatda katta. Bu davrda bolaning "Men shuni xohlayman? motividan "Men shuni bajarishim kerak" motivi ustunlik qila boshlaydi. Ta’lim jarayonida tafakkur operasiyalariga, mustaqil fikrlashga o‘rgatish kichik maktab yoshidgi o‘quvchilarni kamol toptirishning garovidir. O‘quv faoliyati psixik funksiyalarni yuqori rivojlanganlik darajasini talab etadi. Bolaning diqqati, xotira va tasavvuri mustaqil tus ola boshlaydi. Lekin, odatdagi holat va vaziyatlarda bolaga o‘z psixik funksiyalarini yuqori darajada tashkil etish hali birmuncha murakkabdir. Ta’lim jarayoni kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ixtiyoriy, barqaror, mustahkam, kuchli, faol ongli diqqatni rivojlantirishga qulay shart-sharoit yaratadi. Bilim olish jarayonida mustaqil aqliy mexnat qilish, misol-masalalar yechish, mashqlar bajarish, takrorlash irodaviy zo‘r berish jarayonida ixtiyoriy, ongli diqqat tarkib topadi. Bu yoshdagi bolada ixtiyoriy diqqatni to‘plash, Tashkil qilish, uni taqsimlash, ongli ravishda boshqarish o‘quvi shakllana boshlaydi. Kichik maktab yoshidagi bola ma’lum darajada o‘z faoliyatini o‘zi mustaqil rivojlantira oladi. U o‘z rejasini, u yoki bu ishni qanday ketma-ketlikda bajarishini so‘z bilan ifodalab bera oladi. Rejalashtirish so‘zsiz bolaning diqqatini Tashkil eta oladi va rivojlantiradi. Ularda ixtiyorsiz diqqat ustunlik qiladi. Kichik maktab yoshidagi bolalar so‘zsiz o‘z diqqatlarini aqliy masalalarga qarata oladilar, lekin bu juda katta irodaviy kuchni va yuqori motivasiyalarni tashkil etilishini talab qiladi. Bolaning xayoli tevarak-atrof taassurotlari, tasviriy san’at asarlarini yetarli darajada aks ettirishda vujudga keladi. Siymolar, shartli belgilar, tabiat manzaralari jamlanib, o‘quvchilarda xayol paydo bo‘ladi. O‘quv faoliyati boladan berilgan o‘quv materiallarini esda saqlab qolishni talab etadi. o‘qituvchi o‘quvchisiga nimalarni eslab qolishi zarurligi haqida ko‘rsatmalar Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 319 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. beradi. O‘quvchi nimani eslab qolishi kerakligini takrorlaydi, uni tushunib olishga harakat qiladi. Lekin bu yoshda ixtiyorsiz xotira, shubhasiz, ustunlik qiladi. Bolannng xotirasida saqlab qolishini asosan uning ishga bo‘lgan qiziqishi belgilab beradi. O‘quv materialini tushunish, eslab qolishning asosiy sharti hisoblanadi. Dars jarayonida o‘qituvchi turli vaziyatlarni tasavvur qilishni so‘raydi. Bu holat. albatta, biron-bir yordamchi qurollar- predmetlar, maketlar, sxemalar bo‘lgan taqdirdagina o‘quvchi tasavvurini rivojlantirishi mumkin. Aks holda bu yoshdagi bolalar mustaqil tasavvur harakatlar qilishga qiynaladilar. Kichik maktab yoshidagi bolalarga axborot bosimining psixologik xususiyatlariga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiqdir. Kichik maktab yoshidagi bola o‘qituvchisi bilan yaxshi emotsional munosabatda bo‘ladi. Shu davrgacha bevosita kattalar rahbarligida u yoki bu axborotlarni o‘zlashtirib kelgan bo‘lsa, endi o‘z xohish irodasi bilan zarur ma’lumotlar to‘plashga, o‘z oldiga aniq maqsad va vazifa qo‘yishga harakat qiladi. Bolaning ana shu faolligi xotirasining muayyan darajada rivojlanganligini bildiradi. Oqilona tashkil qilingan ta’lim jarayoni mazkur yoshdagi
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda motivatsiyaning ahamiyati, kichik maktab yoshi davrda bola maktab o‘quvchilariga qo‘yiladigan turli talablar bilan tanishish, shaxsiy tayyorgarlik.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda motivatsiyaning ahamiyati, kichik maktab yoshi davrda bola maktab o‘quvchilariga qo‘yiladigan turli talablar bilan tanishish, shaxsiy tayyorgarlik. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- junior school age, motiv, младший школьный возраст, motivation, educational activity, ta’lim, education, образование, kichik maktab yoshi, motive, мотивация, motivatsiya, образовательная деятельность, o‘quv faoliyati, мотив
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026