К содержанию
РецензированоRU2024

РАЗВИТИЕ ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНИКА РОЛЬ ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЙ

o‘qituvchisi Shukurova Ilminur (Andijon davlat pedagogika instituti) · talabasi Alimjonova Mahfuzaxon (Andijon davlat pedagogika instituti)

Универсал международный научный журнал · 2024

Аннотация

Azaldan-azal tarbiya muhim masala bo‘lib kelgan. Ushbu maqolada bola rivojlanishida maktabgacha ta’lim muassasalarining ahamiyati, yosh avlodga qaratilgan e’tibor, ularning ham ma’nan, ham jismonan sog‘lom bo‘lib ulg‘ayishlari uchun maktabgacha ta’lim muassasalarida yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda ushbu muassasalarda olib boriladigan mashg‘ulotlar va ularning bola rivojidagi o‘rni to‘g‘risida fikrlar yuritiladi. Kalit so‘zlar: tarbiya, maktabgacha ta’lim muassasalari, mashg‘ulot, faoliyat, davlat talablari, qoniqish hissi, shaxsiy gigiyena, qobiliyat, rivojlantiruvchi markazlar, 5 tashabbus, tarbiyalanuvchi, bog‘cha yoshi, xarakter, guruhlar. Bugun ilm-fan va ta’lim izchil rivojlanib borayotgan bir davrda hech shak-shubhasiz tarbiya ta’limning asosida turishi shartdir. Shunday ekan, ilm-fan ta’lim-tarbiya asosida olib borilishi maqsadga muvofiqdir. Qolaversa, har bir pedagog, muallim va ustozning ta’lim berishdan maqsadi kelajagi porloq, Vatan va el-yurt xizmatida turadigan halol kadrlarni tarbiyalash bo‘lsagina, bunday ta’lim-tarbiya o‘z samarasini bermay qolmaydi. Ya’ni, bugungi kunning o‘qituvchi va muallimi o‘zi ta’lim berayotgan shaxsga fidoyilik bilan ta’lim berishi, qolaversa jonkuyar tarbiyachi bo‘lishi shart. “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir” - deya Abdulla Avloniy bobomiz ham ta’kidlab o‘tganlar. Bundan tashqari ko‘plab olim-u fazalolarimiz, shu jumladan Alisher Navoiy, Abdurauf Fitrat, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayxon Beruniy kabi mutafakkirlarimizning asarlarida namoyon bo‘lgan tarbiyaga oid qarashlari fikrimiz isbotidir. Farzandlar kelajagi hamda tarbiyasiga nafaqat olimlar, farzandning oila a’zolari, qarindosh-urug‘lar, qo‘ni-qo‘shnilar shular bilan birgalikda davlatimiz rahbarlari ham befarq emaslar. “Bir bolaga yetti mahalla ota-ona” naqliga amal qilgan holda mustaqillikdan so‘ng bolalarimizning yaxshi yashashi, yaxshi tarbiyalanishi va kamol topishini ko‘zlab, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga katta e’tibor qaratilmoqda. Nafaqat davlat tashkilotlari balki-davlat xususiy sherikchilik asosida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etildi. Bularning barchasi kelajak avlod tarbiyasini o‘z zimmasiga oladilar. So‘nggi yillarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari qamrovi keskin darajada ortdi. Masalan: 2023 yilga kelib 2017 yilga nisbatan 27.7%, 2 barobarga ya’ni 71.8%ga ortdi(4). Barcha bolalar cheksiz imkoniyatlarga ega va har bir bola este’dodlidir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari bolani ham ma’nan, ham ruhan va jismonan yetuk bo‘lib shakllanishi uchun katta ahamiyatga egadir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uzluksiz ta’limning poydevori. Bolaning asosiy faoliyati bu-o‘yin faoliyatidir. O‘yin faoliyati aslida nima uchun kerak? Bola ulg‘ayar ekan uning kuchiga kuch, energiyasiga energiya qo‘shilib boradi. Bolajonlarimiz bu energiyani faqatgina o‘yin orqali sarflay oladilar va ayniqsa ularning bu faoliyati do‘stlar va tengdoshlari davrasida bo‘lishi maqsadga mufoviq. Ayni shu jihatdan ham farzandlarimizni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ishonib topshirganimiz ma’qul. Yana shuni ham aytib o‘tishimiz kerakki, turli xildagi gadjet va axborot tarqatuvchi Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 322 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. vositalarning farzandlarimizga naqadar zararli ekanligini barcha ota-ona yaxshi biladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ushbu vositalardan uzoqlashgan holda erkin mashg‘ulotlar ya’ni, o‘yin faoliyati, mehnat faoliyati, bilim olish, tarbiya jarayonlari olib boriladi. Sog‘lom turmush tarzini belgilab beradigan o‘z yoshiga mos rejim asosida ovqatlanish jarayonlari esa ularni jismonan sog‘lom bo‘lib rivojlanishi uchun xizmat qiladi. Mashhur rus pedagogi Lestgaftning fikricha “Insonning bog‘cha yoshidagi davri shunday bir bosqichki bu davrda bolalar harakter hislarining namunalari shakllanib, ahloqiy harakterning asoslari yuzaga keladi”(1) deydi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga odob-ahloq qoidalari, tartib intizom, shaxsiy gigiyena, o‘z majburiyatlari va burchlari, kelajakdagi orzu-umidlari, do‘st tushunchasi, vatanga muhabbat, xato qilganda aybdorlik hissi, orzu-istaklari yo‘lida maqsad qo‘yish, ustoz va shogird tushunchalari keng qamrovda o‘rganiladi va bilimlar beriladi. Bog‘cha yoshidagi bolalarning qiziqishlari va intilishlari juda tez sur’atlarda o‘zgarib boradi. Bog‘chada tarbiyalanayotgan bola turli xil faoliyatlar natijasida o‘z qirralarini ochib boradilar va o‘zidan qoniqish hissini tuyadi (1). Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining yana bir yaxshi tomoni shundan iboratki, u yakka tartibda ishlash bilan ham shug‘ullanadi. Sog‘ligida muammolari bor, alohida ta’lim olishga ehtiyojmand bola bilan individual tarzda shug‘ullanadilar. Bolalarning maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi kun tartibi va o‘quv m

Доказательный фрагмент

«Azaldan-azal tarbiya muhim masala bo‘lib kelgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Azaldan-azal tarbiya muhim masala bo‘lib kelgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tarbiya, обучение, training, activity, preschool educational institutions, education, состояние, state, faoliyat, davlat, образование, активность, дошкольные образовательные учреждения, mashg‘ulot, maktabgacha ta’lim muassasalari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники