К содержанию
РецензированоRU2024

ПСИХОЛОГИЧЕСКОЕ ОБРАЗОВАНИЕ В ПРОЦЕССЕ СОЦИАЛИЗАЦИИ ЗНАЧЕНИЕ.

Jonibekova Zulayho

Универсал международный научный журнал · 2024

Аннотация

Ushbu maqolada butun respublikamizda ta’lim sifatini oshirish, uni jahon miqyosida oldingi o‘rinlarga olib chiqish uchun kelajak avlodni yetishtirib beruvchi kuch – pedagoglar jamoasini mukammal darajaga yetkazish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Buning uchun bo‘lajak pedagoglarni, ya’ni talabalarni yuqori ta’lim texnologiyalari bilan ta’minlash, ularda ruhiy va ilmiy potensialini oshirish masalalari muhokama qilingan. Kalit so‘zlar:Pedagog, o‘quvchi, shaxs kamoloti, ta’lim-tarbiya, ta’lim psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi, pedagogik faoliyat. Pedagogik faoliyatning tuzilishi o‘qituvchining o‘z iga xosligi faqatgina uning har tomonlama pedagogik faoliyatidagi fazilatlari bilan bog‘liqdir. O‘qituvchi faoliyati o‘z aro komponentlardan iborat. Pedagogik faoliyatning 3 komponenti farqlanadi: konstruktiv, kommunikativ va tashqilotchilik. Konstruktiv komponenti. O‘qituvchining ishida konstruktiv dars katta o‘rin egallaydi, ya’ni sinfdan tashqari ishlar maktab dasturlari bilan bog‘liq o‘quv materiallarni ta’lim oluvchilar uchun turlim etodik ishlanmasi va uni ta’lim oluvchilarga ifodasini qamrab olgan. Ushbu barcha ishlar dars konspekti tarkibida o‘z ifodasini topadi, ya’ni: o‘z faoliyatining tartibi va tizimi ta’lim oluvchilarning faoliyat tartibi va tizimi (yaxlit sinfni va alohida o‘quvchilarni). Ayni vaqtda pedagogik faoliyatning ushbu komponenti maktab oldida turgan asosiy vazifasi o‘sib kelayotgan avlodning faol fuqarolik holatida tarbiyalash o‘qituvchi shaxsiga ma’lum bir talablarni qo‘yadi. O‘qituvchi o‘quvchilarning bilimlarini chuqurlashtirishga intilishi kerak, buning uchun esa u eng qiyin nazariy savollarni oson o‘zlashtirilishi uchun o‘quv materialni tanlash va qayta ishlashi lozim. Birinchi navbatda ta’lim oluvchilarning faoliyati faol bo‘lmasa, chuqur bilim va o‘zlashtirish jarayoni amalga oshirilmaydi. Muhit, ta`lim-tarbiya va tegishli mashq, miya tuzilishining organik jihatdan yetilishiga yordam beradi. Bu jarayonda ta’lim qanday mavqega ega? Ta`lim rivojlanishga nisbatan yetakchi vazifani bajaradimi yoki aksincha? Bu muammoning hal qillnishi ta’lim jarayonining mazmuni va metodikasini, o‘quv darajalari va darsliklarning mazmunini belgilab beradi. Bu borada nemis psixologi V.SHtern: ta’lim psixik rivojlanishning orqasidan boradi va unga moslashadi, degan fikrni olg‘a surgan edi. Bu fikrga qarama-qarshi rus psixologi L.S.Vigotskiy bolaning psixik rivojlanishida ta’lim va tarbiyaning yetakchilik roli bor, degan qoidani birinchi bo‘lib ilgari surdi va uni: ta’lim rivojlanishdan oldinda boradi va uni o‘z orqasidan ergashtirib olib boradi, deb aniq ifodalab, beradi. Yuqorida bayon qilingan birinchi fikrga muvofiq ta`lim faqat rivojlanish tomonidan erishilgan narsalardan foydalanadi. Shuning uchun aqliy jihatdan yetilish jarayoniga aralashmaslik, unga, xalaqit bermaslik, balki ta`lim uchun imkoniyat yetilguncha chidam bilan passiv kutib turish kerak. Shveytsariyalik psixolog J.Piajening nazariyasi ham ayni shu g‘oyalar bilan yug‘rilgandir. J.Piajening fikricha, bolaning aqliy o‘sishi o‘zining ichki qonunlari asosida rivojlana borib, sifat jihatdan o‘ziga xos bir qator genetik bosqichlarni bosib o‘tadi. ishlar maktab dasturlari bilan bog‘liq o‘quv materiallarni ta’lim oluvchilar uchun turli metodik ishlanmasi va uni ta’lim oluvchilarga ifodasini qamrab olgan. Ushbu barcha ishlar Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 343 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. dars konspekti tarkibida o‘z ifodasini topadi, ya’ni: o‘z faoliyatining tartibi va tizimi ta’lim oluvchilarning faoliyat tartibi va tizimi (yaxlit sinfni va alohida o‘quvchilarni). Ayni vaqtda pedagogik faoliyatning ushbu komponenti maktab oldida turgan asosiy vazifasi o‘sib kelayotgan avlodning faol fuqarolik holatida tarbiyalash o‘qituvchi shaxsiga ma’lum bir talablarni qo‘yadi. O‘qituvchi o‘quvchilarning bilimlarini chuqurlashtirishga intilishi kerak, buning uchun esa u eng qiyin nazariy savollarni oson o‘zlashtirilishi uchun o‘quv materialni tanlash va qayta ishlashi lozim. Birinchi navbatda ta’lim oluvchilarning faoliyati faol bo‘lmasa, chuqur bilim va o‘zlashtirish jarayoni amalga oshirilmaydi. Ta`lim - bu aqliy yetilish jarayonini faqat bir qadar tezlatishga yoki sekinlashtirishga qobildir, lekin u aqliy jihatdan yetilish jarayoniga hech qanday jiddiy ta`sir ko‘rsata olmaydi. Demak, ta`lim rivojlanish qonunlariga bo‘ysunishi kerak. Masalan, bolada mantiqiy tafakkur yetilmay turib, uni mantiqiy fikr yuritishga o‘rgatish foydasizdir. Ta`limning turli bosqichlari bolaning tegishli psixologik imkoniyatlari pishib yetiladigan muayyan yoshidan qat`iy nazar bogliqligi ana shundankelib chiqadi. Ta`limning imkoniyatlari juda keng bo‘lsada, biroq cheksiz emas. Yirik rus psixologi L.S.Vigotskiy ta`limv a taraqqiyot muammosiga ijtimoiy-tarixiy jarayon nuqtai-nazaridan yond

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada butun respublikamizda ta’lim sifatini oshirish, uni jahon miqyosida oldingi o‘rinlarga olib chiqish uchun kelajak avlodni yetishtirib beruvchi kuch – pedagoglar jamoasini mukammal darajaga yetkazish mas…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada butun respublikamizda ta’lim sifatini oshirish, uni jahon miqyosida oldingi o‘rinlarga olib chiqish uchun kelajak avlodni yetishtirib beruvchi kuch – pedagoglar jamoasini mukammal darajaga yetkazish mas… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
развитие личности, Teacher, студент, o‘quvchi, Учитель, education, shaxs kamoloti, образование, образовательная психология, personality development, educational psychology, student, ta’lim-tarbiya, Pedagog, ta’lim psixologiyasi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники