К содержанию
РецензированоRU2024

ОСОБЕННОСТИ ПСИХИЧЕСКОГО РАЗВИТИЯ В ПОДРОСТКОВОМ ВОЗРАСТЕ

Зилола Хан Муминджонова (Андижанский государственный педагогический институт)

Универсал международный научный журнал · 2024

Аннотация

In the article, the conditions of mental development during adolescence, the conditions of adolescents in relation to their predecessors, transition to adolescence, worsening of character, defects in mental development, it is said that their characters change quickly and become hot during the growth period. Key words: Crisis in mental development, growth of body tissues, socialization process, social thinking, adolescent development, period of mental development, sexual maturity, mental development. Aнноmация: В статье рассмотрены условия психического развития в подростковом возрасте, состояние подростков по отношению к своим предшественникам, переход в подростковый возраст, ухудшение характера, дефекты психического развития, Говорят, что их характеры быстро меняются и становятся горячими в период роста. Ключевые слова: Кризис психического развития, роста тканей организма, процесс социализации, социальное мышление, развитие подростков, период психического развития, половая зрелость, психическое развитие. Kirish: O‘smirlik 10-11 yoshlardan 14-15 yoshlargacha bo‘lgan davrni tashkil etadi. Hozirgi o‘smirlar o‘tmishdoshlariga nisbatan jismoniy, aqliy va siyosiy jihatdan birmuncha ustunlikka ega. Ularda jinsiy yetilish, ijtimoiylashuv jarayoni, psixik o‘sish oldinroq namoyon bo‘lmoqda. Aksariyat o‘quvchilarda o‘smirlik yoshiga o‘tish, asosan, 5- sinflardan boshlanadi. “Endi o‘smir bola emas, biroq katta ham emas” ayni shu ta‘rif o‘smirlik davrining muhim xarakterini bildiradi. O‘smirlik – bolalikdan kattalikka o‘tish davri bo‘lib, fiziologik va psixologik jihatdan o‘ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda bolalarning jismoniy va psixik taraqqiyoti juda tezlashadi, hayotdagi turli narsalarga qiziqishi, yangilikka intilishi ortadi, xarakteri shakllanadi, ma‘naviy dunyosi boyiydi, ziddiyatlar avj oladi. O‘smirlik balog‘atga yetish davri bo‘lib, yangi hislar, sezgilar va jinsiy hayotga taalluqli chigal masalalarni paydo bo‘lishi bilan ham xarakterlanadi. Bu yoshda o‘smir rivojida keskin o‘zgarishlar fiziologik hamda psixologik o‘zgarishlardir. Bo‘yga o‘sish bir tekis bormaydi: qiz-bolalarda 5-7 sm o‘ssalar, o‘g‘il bolalar 5-10 sm o‘sadilar. Bo‘yiga qarab o‘sish paysimon ilk suyaklarning uzunlashishi va umurtqa qismining kattalashishi hisobiga ro‘y beradi. Og‘iz bo‘shlig‘i va halqumdagi o‘zgarishlar oqibatida tovush tembri ham o‘zgaradi. Bu o‘g‘il bolalarda qiz bolalarga nisbatan ko‘proq darajada sodir bo‘ladi. O‘g‘il bolalarning tovushi vazminroq bo‘lib qoladi, do‘rillaydi. Garchi bu davrda mushaklar tez sur‘at bilan o‘ssa ham, mustahkamlashsa ham, lekin baribir oyoq va qo‘l suyaklarining o‘sish sur‘ati orqada qoladi. O‘smirlarda bu xususiyat ularning beso‘naqay xatti – xarakatlarida, yurish – turishlaridagi qo‘pollikka, katta – katta odim qadam tashlashlariga sabab bo‘ladi. Fiziologik o‘zgarish jinsiy yetilishning boshlanishi va bu bilan Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 385 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. bog‘liq ravishda tanadagi barcha a‘zolarning mukammal rivojlanishi va o‘sishi, hujayra va organizm tuzilmalarining qaytadan shakllasha boshlashida namoyon bo‘ladi. Organizmdagi o‘zgarishlar bevosita o‘smir endokrin sistemasining o‘zgarishlari bilan bog‘liqdir. Bu davrda ichki sekretsiya bezlaridan biri gipofiz bezining funksiyasi faollashadi.Uning faoliyati organizm to‘qimalarining o‘sishi va muhim ichki sekretsiya bezlarining (qalqonsimon bez, buyrak usti bezi va jinsiy bezlar) ishlashini kuchaytiradi. Natijada bo‘y o‘sishi tezlashadi, jinsiy balog‘atga yetish (jinsiy organlarning rivojlanishi, ikkilamchi jinsiy bezlarning paydo bo‘lishi) amalga oshadi. Ko‘krak qafasi ham gavdaning bo‘y o‘sishiga nisbatan sekin rivojlanadi. Buning natijasida ayrim o‘smirlarning yelkasi, ko‘kragi tor bo‘lib qoladi, bu esa o‘z navbatida kislorod yetishmasligiga, nafas qisishiga olib keladi. Kislorod yetishmasligi natijasida ruhiy faoliyatga putur yetadi. Bu davrda yurak kengayishi bilan qon tomirlari ham yog‘onlashadi. Qon aylanish sistemasining qayta qurilishi, vegetativ nerv sistemasidagi barqarorlik qon aylanishini buzadi va o‘smirda ba‘zi qon bosimining ortishi ro‘y beradi. Bu davrda ayniqsa jinsiy bezlar faoliyati kuchayadi. O‘smirda ro‘y beradigan biologik- jismoniy o‘zgarish natijasida uning psixik dunyosida tub burilish nuqtasi vujudga keladi. O‘smirlik yoshida ularning xulq-atvoriga xos bo‘lgan alohida xususiyatlarni jinsiy yetilishning boshlanishi bilan izohlab bo‘lmaydi. Jinsiy yetilish o‘smir xulq-atvoriga asosiy biologik omil sifatida ta‘sir ko‘rsatib, bu ta‘sir bevosita emas, balki ko‘proq bilvositadir. O‘smirlar o‘zlarini kattalardek tutishga harakat qiladilar. Ular o‘zlarining layoqat, qobiliyat va imkoniyatlarini ma‘lum darajada o‘rtoqlari va o‘qituvchilariga ko‘rsatishga intiladilar. Bu holatni oddiy kuzatish y

Доказательный фрагмент

«In the article, the conditions of mental development during adolescence, the conditions of adolescents in relation to their predecessors, transition to adolescence, worsening of character, defects in mental developmen…»

Образец извлечения

Демо-превью

In the article, the conditions of mental development during adolescence, the conditions of adolescents in relation to their predecessors, transition to adolescence, worsening of character, defects in mental developmen… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Crisis in mental development, growth of body tissues, socialization, social thinking, o‘smirning rivojlanishi, adolescent development, organizm to‘qimalarining o‘sishi, процесс социализации, ijtimoiylashuv jarayoni, Psixik rivojlanishdagi inqiroz, A crisis in mental development, рост тканей организма, socialization process, ijtimoiy tafakkur, социальное мышление, развитие подростков, Кризис психического развития
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники