К содержанию
РецензированоRU2024

ФИЗИОЛОГИЧЕСКИЕ ИЗМЕНЕНИЯ В ПОДРОСТКОВОМ ВОЗРАСТЕ ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ХАРАКТЕРИСТИКИ

PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI · Rahmonova Gulnora Raximovna

Универсал международный научный журнал · 2024

Аннотация

Maqolada O‘smirlik davri haqida tushuncha, o‘smirlarning anatomik fiziologik xususiyatlari va o‘smirlarning bilish jarayonlarining xususiyatlari taxlil qilindi. Kalit so‘zlar:O‘smirlik davri, fiziologik xususiyatlari, o‘smirlarning bilish jarayonlar, bolalarning psixik rivojlanishi, ta’lim va tarbiya. O‘qituvchi va tarbiyachi uchun bolalarning o‘smirlik davri psixologiyasini bilish psixologik nuqtai nazaridan ham pedagogik nuqtai nazaridan ham muximdir. Bu davrni biz yana o‘tish davri ham deb ataymiz. O‘smirlik davri asosan 11-15 yoshdagi bolalarni o‘z ichiga qamrab oladi, ya’ni 5-8 sinf o‘quvchilarini. O‘smir o‘quvchilarni ta’lim va tarbiya berish ishlarida uchraydigan ayrim qiyinchiliklar bu yoshdagi bolalarning psixik rivojlanishi va hususiyatlarini ba’zan etarli darajada bilmaslikdan yoki inkor qilishdan kelib chiqadi. Kichik va katta yoshdagi maktab o‘quvchilariga qaraganda o‘smirlik yoshidagi bolalarni tarbiyalashda juda ko‘p qiyinchiliklar bo‘ladi. Chunki, kichik bolaning katta odamga aylanishi jarayoni juda qiyin kechadi. Bu jarayon o‘smirlar psixologiyasining odamlar bilan bo‘lgan munosabat formalarining jiddiy ravishda o‘zgarishi, hamda hayot sharoitining o‘zgarishi bilan bog`liqdir.Bu davrda o‘smirlarning o‘z shaxsiy fikrlari paydo bo‘ladi. Ularda o‘z qadr- qimmatlari haqidagi tushuncha kengayadi. Ilmiy psixologiyaning aniqlashi bo‘yicha o‘smirlarning psixik taraqqiyotini harakatgak eltiruvchi kuchlar, ularning faoliyatlari bilan tug`iladigan extiyojlar bilan bu extiyojlarni qondirish imkoniyatlari o‘rtasidagi dialektik qarama-qarshiliklarni yuzaga kelishi va bartaraf qilinishidan iboratdir. Qarama-qarshiliklar ancha yuksak darajadagi psixik taraqqiyotini, ancha murakkab shakldagi faoliyat turlarini va shaxsning qator yangi psixologik hususiyatlarini tarkib toptirish orqali bartaraf qilishdan iboratdar. Shundan keyinp sixik taraqqiyotning yuksakroq bosqichiga o‘tiladi.sana shu nuqtai nazardan o‘smirlik yoshini yanada oydinroq qarab chiqaylik. Bola boshlang`ich sinfni tugatadi.B olaning o‘rta maktabda o‘qishga o‘tishi uning hayotida burilish davri hisoblanadi. O‘smirlarning yangi ijtimoiy jihatdan tashkil topgan va rang-baranglantirilgan faoliyatni uning psixologik hamda shaxsning tarkib topishiga asos, sharoit va vosita xizmat qiladi. Shunday qilib, o‘smirlarga ta’lim-tarbiya berishning yangi to‘g`ri usullari hamda vositalarni topishi uchun o‘smirlik yoshining o‘ziga xos hususiyatlarini jismoniy va psixologik taraqqiyotini yaxshi bilishimiz kerak. O‘smirlik yoshining mazmuniy xarakteritsikasi vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib boradi, chunki inson xayotining xususan ijtimoiy sharoitlari o‘zgaradi. Psixologiya taraqqiyotining biologik omillariga o‘smirlar ongiga og`ir, ba’zan kuchi yetmaydigan bo‘lib tushadigan, ularni jiddiy psixik inqirozga va hayajonga soladigan, masalan: o‘smirlar uchun xarakterli bo‘lgan norozilik, qo‘pollik, qaysarlik, o‘z-o‘zini analiz qilishga moyillik sub’ektiv olamga va shunga o‘xshash hislatlarni keltiradigan jinsiy etilishga nihoyatda katta ahamiyat beradilar. Jinsiy yetilish munosabati bilan paydo bo‘ladigan yangi sezgilar fikrlar, maylliklar, kechinmalar go‘yo o‘smirlar ongida hukmron bo‘ladi. Ularning xulqi atvorini belgilaydi. Mana shu tariqa oqibat natijada o‘smirlarning psixologik qiyofalari asosan yolg`iz sof biologik omil deb qaraladi. Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 389 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. O‘smirda bosh miya po‘tsining po‘tsi otsida qismlari utsidan kontrolligi ortib boradi po‘st va po‘st otsida qismlari doimiy ravishda birga harakat qiladi. Ayrim xollarda po‘tsloq osti qismining faoliyatini nazorat qilmay qoladi. Bu o‘smirning betayinligi, jizzakiligi va emotsional xislariga berilganligidan dalolat beradi. Tormozlash reaktsiyasini paydo qilish xarakteri turg`un bo‘lmay qoladi. Qo‘zg`alish jarayonlari ba’zan shu qadar kuchli bo‘ladiki, o‘smir yoqimsiz xarakterlarini tormozlay olmay o‘zini to‘ta olmay qoladi. Qo‘zg`alish jarayonlari jo‘shqin, lekin tez o‘sadi. Ikkinchi tomondan o‘smir kuchli hayajonlanish paytida ayniqsa tegishli ijtimoiy sabablari asosida hayajonlanganda o‘z hatti- harakatlarini idora etaolmaydi. O‘smirlik yoshida ikkinchi signal sitsemasining roli kuchaya boradi. Qo‘zg`ovchi vazifasini bajaruvchi so‘z bilish jarayonida bashqa kishilar bilin munosabatda bo‘lishda va o‘z hatti- harakatlariga baho berishda ko‘proq rol o‘ynay bashlaydi. Shu bilan bir qatorda o‘smirning nerv sitsemasining o‘sishi hali tug`ilmagan bo‘lib, tarkib topish bosqichida bo‘ladi. U uzoq vaqt davom etadigan kuchli qo‘zg`aluvchiga bardosh berao lmaydi. Ba’zan shu sababli ancha tez qo‘zg`alish holatiga o‘tib ketadi. Bu esa o‘smir nerv sistsemasining ma’lum darajada bo‘shligidan dalolat beradi. O‘smirning nerv sitsemasining tarkib topayotgan munosabatlari tarkibiy natijasida kuchayadi

Доказательный фрагмент

«Maqolada O‘smirlik davri haqida tushuncha, o‘smirlarning anatomik fiziologik xususiyatlari va o‘smirlarning bilish jarayonlarining xususiyatlari taxlil qilindi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada O‘smirlik davri haqida tushuncha, o‘smirlarning anatomik fiziologik xususiyatlari va o‘smirlarning bilish jarayonlarining xususiyatlari taxlil qilindi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
mental development of children, physiological characteristics, Adolescence, cognitive processes of adolescents, education and upbringing, умственное развитие детей, Подростковый возраст, fiziologik xususiyatlari, o‘smirlarning bilish jarayonlar, ta’lim va tarbiya, познавательные процессы подростков, O‘smirlik davri, bolalarning psixik rivojlanishi, физиологические характеристики, образование и воспитание
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники