К содержанию
РецензированоRU2024

СПЕЦИФИКА ПСИХИЧЕСКОГО РАЗВИТИЯ МЛАДШЕГО ШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА ХАРАКТЕРИСТИКИ

Xoldarova Gulchexraxon Qosimjonovna

Универсал международный научный журнал · 2024

Аннотация

Ushbu maqolada psixologiya fani zamonaviy ta’limotga asoslangan holda inson shaxsining tarkib topishini asosan uchta omilning ta’siriga bog‘liqlini dalillar asosida izoxlab berilgan. Bola tarbiyasidagi o‘zgarishlar hamda ta’lim-tarbiyaning o‘zaro uzviy holda bog‘liq ekanligi va bola tarbiyasida to‘g‘ri ta’lim berishning usullari haqida so‘z yuritilgan. Kalit so‘zlar: Psixologiya, inson, komil inson, tarbiya, ta’lim, ijtimoiy munosabat, shaxsning mohiyati, psixik rivojlanish, senzitiv davrlar. Ma’lumki, har bir odam o‘ziga xos, boshqalarda aynan takrorlanmaydigan ijtimoiy muxitda, aniq ijtimoiy munosabatlarda, ya’ni oila, jamoa va jamiyatda, odamlar orasida yashab ulg‘ayadi, shakllanadi. Bu ijtimoiy munosabatlarga odam jamiyat a’zosi sifatida, ma’lum sinfning, u yoki bu ijtimoiy guruhning namoyandasi sifatida va nihoyat, Tashqil qilinganlik va uyushqoqlik darajasi turlicha bo‘lgan muayyan jamoalarning faol a’zosi sifatida qatnashadi. Mana shu ma’noda shaxsning taraqqiyoti odamlar bilan munosabatda yuzaga keladigan ijtimoiy tajribani egallash jarayonidan iboratdir. Buning natijasida insonning psixik xususiyatlari, axloqiy fazilatlari, xarakteri, irodaviy sifatlari, qiziqishlari, e’tiqod va dunyoqarashi tarkib topadi. Muhit, ma’lum maqsadga qaratilgan ta’lim va tarbiya, azaldan berilgan, genotik jihatdan qatiy belgilangan nimanidir namoyon qilish uchun sharoitgina bo‘lib qolmay, balki inson psixik xususiyatlarini tarkib toptiradi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, odamning psixik rivojlanishi uchun tabiiy, biologik imkoniyatlar nihoyatda zarurdir. Inson psixik xususiyatlari me’yorida tarkib topishi uchun muayyan darajadagi biologik tuzilish, inson miyasi va nerv sistemasi bo‘lishi shart. Bu tabiiy xususiyatlar psixik rivojlanigani harakatta keltiruvchi kuchlar, omillar emas, balki faqat dastlabki sharoitlardir, xolos. Tabiiy xususiyatlar taraqqiyotni harakatta keltiruvchi kuch emasligiga qaramay, insoniyat psixik taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatadi. Birinchidan, tabiiy xususiyatlar psixik xususiyatlar taraqqiyotining turli yo‘llarini va usullarini belgilab beradi. Inson nerv sistemasining xususiyatlari o‘z-o‘ziga shaxsning hyech qanday psixik xususiyatlarini belgilamaydi, Hyech bir me’yordagi bola dadil yoki qo‘rqoq, irodali yoki irodasiz, mehnatsevar yoki yalqov, intizomli yoki intizomsiz bo‘lib tug‘ilmaydi, Agarda tarbiya to‘g‘ri tashqil qilinsa, nerv sistemasida xarakterning barcha ijtimoiy qimmatli xislatlarini shakllantirish mumkin. Masalan, sabot-matonat va o‘z-o‘zini tuta bilish xislatini nerv sistemasining tipi shiddatli bo‘lgan bolalarda ham, yoki nerv sistemasining tipi vazmin bo‘lgan bolalarda ham tarbiyalash mumkin bo‘ladi. Biroq birinchi hol bolalarni tarbiyalash ikkinchi holdagilarni tarbiyalashga qaraganda qiyinroq bo‘ladi. Har ikkala holda kerakli sifatlarni tarbiyalash yo‘llari va usullari ham turlicha bo‘ladi. Ikkinchidan, tabiiy xususiyatlar odamning biror sohada erishgan yutuqlari darajasiga ham ta’sir qilishi mumkin. Masalan, qobiliyatda tug‘ma individual farqlar mavjud. Shu sababli ba’zi odamlar boshqa odamlardan ma’lum bir faoliyatni egallash imkoniyati jihatidan ustun turishadi. Bazida esa aksincha, biror-bir faoliyat turini egallash imkoniyati jihatidan esa ulardan ortda qolishlari mumkin. Mana shu ma’noda odamlar o‘z qobiliyatlarini baravar rivojlantirish imkoniyatiga ega emaslar. Garchi tabiiy ko‘nikishlar o‘quvchilarning psixik rivojlanishi uchun ma’lum ahamiyatga ega bo‘lsa ham (shu sababli, masalan, ta’lim jarayonida ayrim o‘quvchilardan Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 423 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. boshqa o‘quvchilarga nisbatan ko‘proq- zo‘r berish talab qilinadi, ayrim o‘quvchiga o‘qituvchi ko‘proq kuch sarflaydi, e’tibor beradi va ko‘proq vaqt ajratadi), bu ko‘nikishlarning o‘zi psixik taraqqiyotda hal qiluvchi rol o‘ynamaydi. Turli yo‘nalishga ega bo‘lgan psixologlar, bir tomondan ta’lim va tarbiya, ikkinchi tomondan esa rivojlanish o‘rtasidagi o‘zaro munosabati muammosini keng doirada muhokama qilmoqdalar. Bu borada nemis psixologi V.Shtern: ta’lim psixik rivojlanishning orqasidan boradi va unga moslashadi, degan fikrni olg‘a surgan edi. Bu fikrga qarama-qarshi rus psixolog L.S.Vigotskiy bolaning psixik rivojlanishida ta’lim va tarbiyaning yetakchilik roli bor, degan qoidani birinchi bo‘lib ilgari surdi va uni ta’lim rivojlanishdan oldinda boradi va uni o‘z orqasidan ergashtirib olib boradi, deb aniq ifodalab beradi. Yuqorida bayon qilingan birinchi fikrga muvofiq ta’lim faqat rivojlanish tomonidan erishilgan narsalardan foydalanadi Shuning uchun aqliy jihatdan yetilish jarayoniga aralashmaslik, unga xalaqit bermaslik, balki ta’lim uchun imkoniyat yetilguncha chidam bilan passiv kutib turish kerak. Shveysariyalik psixolog J.Piajening nazariyasi ham ayni shu g‘oyalar bilan yo‘g‘rilgandir. J.Piajening

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada psixologiya fani zamonaviy ta’limotga asoslangan holda inson shaxsining tarkib topishini asosan uchta omilning ta’siriga bog‘liqlini dalillar asosida izoxlab berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada psixologiya fani zamonaviy ta’limotga asoslangan holda inson shaxsining tarkib topishini asosan uchta omilning ta’siriga bog‘liqlini dalillar asosida izoxlab berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Personal preparation, harakat tayyorgarligi, Shaxsiy tayyorgarlik, intellektual tayyorgarlik, preparation for educational activities, o‘quv faoliyatiga tayyorgarlik, action readiness, готовность к действию, Kichik maktab yoshi, Младший школьный возраст, intellectual preparation, Личная подготовка, подготовка к учебной деятельности, Junior school age, интеллектуальная подготовка
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники