К содержанию
РецензированоRU2024

ПРОБЛЕМЫ СЕМЕЙНЫХ МЕЖПЕРСОНАЛЬНЫХ ОТНОШЕНИЙ, СЕМЕЙНЫЕ СПОРЫ

OILAVIY NIZOLAR · o‘qituvchisi Tojiboyeva Nodiraxon Tursunaliyevna · Temirboyeva Safuraxon Nazrilloqizi

Универсал международный научный журнал · 2024

Аннотация

Hozirgi kunga kelib oilaviy shaxslararo munosabatlar ziddiyatli tarzda bir necha salbiy oqibatlarni yuzaga keltirmoqda. Tanlangan mavzuning dolzarbligi oiladagi ajralishlarning zamonaviy statistikasi bilan belgilanadi. Ushbu maqolada oiladagi kelishmovchiliklarning sabab-oqibatlari, oilaviy nizolarning jamiyatga salbiy tasiri, oilaviy nizolarni bartaraf etish yo‘llari haqida so‘z yuritiladi. Kalitso‘zlar: Oila, shaxs, nikoh, ijtimoiy muhit, sevgi,jamiyat,tarbiya, axloq, destruktiv va konstruktiv nizolar. Oiladagi nizolar va shaxslararo muammolar inson munosabatlarining universal jihati hisoblanadi. Moliyaviy masalalardagi kelishmovchiliklardan tortib, bola tarbiyasidagi turli fikrlargacha, oila ichidagi nizolar turli manbalardan kelib chiqishi mumkin. Ushbu mojarolarning asosiy sabablarini tushunish va samarali muloqo tstrategiyalarini o‘rganish uyg‘unlikni rivojlantirish va oilaviy rishtalarni mustahkamlash uchun kalit hisoblanadi. Oilaviy nizolarning eng xarakterlilaridan biri bu er va xotin o‘rtasidagi nizolardir. Oila qanday bo‘lishidan qat’iy nazar nizolardan mutlaqo xoli (himoyalangan, kafolatlangan) bo‘laolmaydi. Chunki oiladagi shaxslararo munosabatlar odatda nizosiz bo‘lmaydi. Bu nizolar ma’lum darajada er-xotin munosabatlarini rivojlantiruvchi katalizator vazifasini o‘taydi. Lekin nizoning nizodan farqi bor. Ular kelib chiqishi, tashqi ifodalanishi, takrorlanib turish tezligi (soni) va nihoyat oqibatlariga ko‘ra bir-birlaridan farqlanadi. Biror-bir maxsus mezon yo‘qki, shunga asosan nizolarning qaytalanishi, kuchi, darajasi va boshqa ma’lumotlari (ko‘rsatkichlari)ni aniq belgilab berish (olish) mumkin bo‘lsa. Bunda hamma narsa subyektning o‘ziga, uning shaxsiy, psixologik xususiyatlariga, yoshiga, jinsiga, uning qo‘yilishiga, nizoning qanday idrok qilinishi va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. Ma’lumki, bir-birlariga aynan o‘xshash, mos ikki odamning bo‘lishi mumkin emas, chunki shaxs va uning individualligi takrorlanmasdir. Shunday ekan ikki va undan ortiq shaxsdan (individ)dan tashkil topgan oila ham ikki, uch karra takrorlanmasdir. Bir oila uchun me’yorida bo‘lgan shaxslararo munosabatlar tizimi, ikkinchi bir oilaga mutlaqo mos kelmasligi, yoki biron-bir oila uchun u qadar ahamiyatga ega bo‘lmagan nizo va uning sababi boshqa oila a’zolarining o‘zaro munosabatlarida jiddiy oqibatlar olibkelishi mumkin va hokazo. Shunday ekan jamiki oilalarga xos bo‘lgan nizolar va ularning sabablarini yagona bir o‘lcham yoki xarakteristikasi bilan ko‘rsatib berish masalasi ham mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan ishdir. Lekin turli toifadagi oilalarni o‘rganish, ular a’zolarining o‘zaro munosabatlarini taqqoslash va shukabilar asosida ayrim nisbiy xulosalarga, mulohazalarga kelish mumkinki, shu nisbiylikdan har bir odam o‘zi uchun nisbatan «tegishli» xulosalar chiqarib olishi lozim bo‘ladi. Shuning uchun, biz quyida oilaviy munosabatlar, oiladagi nizolar haqida fikr yuritar ekanmiz, ularning barcha oilalarga mutlaq tegishli ekanligini da’vo qilolmaymiz. Quyidagilar ham bizning nisbiy mulohazalarimizdir. Oilaviy nizolarturlari 1. Er-xotino‘rtasidagi. 2. Qaynona-kelin o‘rtasidagi. 3. Qaynona-kuyov o‘rtasidagi. 4. Ovsinlar o‘rtasidagi. Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 406 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. 5. Ota-onalar va farzandlar o‘rtasidagi. Oilada yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan nizo-janjallarning sabablarini aniqlash va ularning oldini olish masalalarini ijobiy hal qilish uchun birinchi navbatda ularni kimlar o‘rtasida yuz berayotganligini farqlab olish maqsadga muvofiqdir. . Umuman oilada er-xotin o‘rtasidagi nizolarning yuzaga kelishi va rivojlanishi taxminan quyida keltirilgan sxemadagidek bo‘lishi mumkin. Lekin shu nizolarning xarakteri, ularning oqibatlariga ko‘ra turli oilalar va ulardagi oilaviy munosabatlar bir-birlaridan farqlanadi. Shunday ekan biz dastavval muvaffaqiyatli va muvaffaqiyasiz oilalarda ro‘y beradigan nizolarni ko‘rib chiqaylik. Sxemada ko‘rinib turganidek muvaffaqiyatli oilalardagi nizolar biriktiruvchi va muvaffaqiyasiz oilalardagi nizolar esa ajratuvchix arakterga ega. Shuning uchun ham psixologik adabiyotlarda nizolarshartli ravishda «konstruktiv» («biriktiruvchi») va «destruktiv» («ajratuvchi») nizolargafarqlanadi. Ular, o‘zlarining yuzaga kelishiga asos bo‘lgan muammolar, bu muammolarning hal etilishi bartaraf etilishi, kechinishi, ishtirokchilari, oqibatlari va boshqalarning xarakteriga ko‘ra bir-birlaridanf arqlanadi. Biriktiruvchi nizolarning yuzaga kelishiga asos bo‘lgan muammolar va ularning hal qilinishi ham erning, ham xotinning, butun oilaning manfaatlariga qaratilgan bo‘ladi. Agar ular hal etilsa, buning oqibatida oilaning umumiy manfaatlariga oid muammolar o‘z yechimini topadi. Bunday nizolarga oiladagi tartib, intizom, ozodalik, oila budjetini yuritish, saranjomlik, tejamkorlik, isrofgarchilik

Доказательный фрагмент

«Hozirgi kunga kelib oilaviy shaxslararo munosabatlar ziddiyatli tarzda bir necha salbiy oqibatlarni yuzaga keltirmoqda.»

Образец извлечения

Демо-превью

Hozirgi kunga kelib oilaviy shaxslararo munosabatlar ziddiyatli tarzda bir necha salbiy oqibatlarni yuzaga keltirmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
социальная среда, Семья, nikoh, sevgi, свадьба, marriage, social environment, shaxs, Oila, ijtimoiy muhit, человек, Family, любовь, person, love
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники