Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ОСОБЕННОСТИ ПСИХИЧЕСКОГО РАЗВИТИЯ В РАННЕМ ШКОЛЬНОМ ПЕРИОДЕ
o‘qituvchisi Shukurova Ilminur (Andijon davlat pedagogika instituti) · talabasi Umarova Maftuna Ulug‘bek qizi (Andijon davlat pedagogika instituti)
Универсал международный научный журнал · 2024
Аннотация
Ushbu maqolada kichik maktab yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlarning rivojlanishi haqida malumot beriladi. Jumladan maqolada kichik maktab yoshidagi bolalarning maktabga tayyorgarlik jarayonida sodir bo‘ladigan psixologik o‘zgarishlar haqida ma'lumotlar keltirilgan. Kalit so‘zlar: Kichik maktab yoshi, intelektual tayyorgarlik, o‘quv faoliyatiga tayyorgarlik. Kichik maktab davri 6-7 yoshdan 9-10 yoshgacha davom etadi. Uning psixikasi bilim olishga yetadigan darajada rivojlanadi. Kichik maktab yoshidagi bolaning muhim xususiyatlaridan biri, unda o‘ziga xos ehtiyojlarning mavjudligidir. Bu ehtiyojlar o‘z mohiyatiga ko‘ra faqat muayyan bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashga qaratilmay, balki o‘quvchilik istagini aks ettirishdan ham iboratdir[1]. Fiziologlarning fikriga ko‘ra, 7 yoshga kelib bolaning katta miya yarim sharlari ma’lum darajada rivojlangan bo‘ladi. Lekin bu yoshda inson miyasining psixik faoliyatni rejalashtirish, boshqarish, nazorat qilish kabi murakkab shakllariga javob beradigan maxsus bo‘limlari hali to‘liq shakllanib bo‘lmagan bo‘ladi.( miyaning bu qismlari 12 yoshda rivojlanib bo‘ladi.) Miyaning boshqaruv funksiyalarini to‘liq shakllanib bo‘lmaganligi kichik maktab yoshidagi bolalarning xulq- atvorida, faoliyatlarini tashkil etishlarida va emotsional sohalarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Ayrim 6 yoshli bolalar ota-onasining xohishi bilan hali o‘qishga tayyor bo‘lmay turib, maktab ostonasiga qadam qo‘yishadi. Afsuski, o‘qish davomida aqliy-ruhiy zo‘riqish oqibatida turli xil kasalliklarga chalinib, jismoniy va psixik rivojlanishda nuqsonlar paydo bo‘ladi. Bunday bolalarda eng avvalo miya strukturasining va nerv psixik jarayonlarining maktabda o‘qish uchun to‘liq yetishmaganligi, ko‘ruv harakat koordinatsiyasi va kichik motorikaning rivojlanmaganligi, mantiqiy fikr mahsuldorligining pastligi kuzatiladi. Bolani erta o‘qish, yozish, sanashga o‘rgatib uning bilish jarayonlari zo‘riqtirilsa, bolaning emotsional hissiy rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan miya quvvatining tanqislashuviga sabab bo‘ladi. Bundan bolalarning emotsional hissiy jarayonlarining kechishida yoki jismoniy rivojlanishida kamchiliklar sodir bo‘ladi. [3] Maktabga tayyor bo‘lgan boladagi ushbu o‘zgarishlar salbiy oqibatlarni olib kelmay, aksincha uning yangi sharoitlarga muvaffaqiyatli moslashuviga yordam beradi. O‘qituvchining munosabat uslubi o‘quvchining faolligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Kichik maktab yoshidagi bolalar tez chalg‘iydilar, uzoq vaqt diqqatlarini bir narsaga qarata olmaydilar, ta’sirchan hamda emotsional bo‘ladilar. [6] Ushbu yoshdagi o‘zgarishlar salbiy oqibatlarni olib kelmay, aksincha uning yangi sharoitlarga muvaffaqiyatli moslashuviga yordam beradi. O‘qituvchining munosabat uslubi o‘quvchining faolligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchi faolligining asosan uch xil ko‘rinishi mavjud bo‘lib, bular: jismoniy, psixik va ijtimoiy faollikdir. Jismoniy faollik - sog‘lom organizmning harakat qilishga bo‘lgan turli mavjud to‘siqlarni yengishdagi tabiiy ehtiyojidir. Bu yoshdagi bolalar nihoyatda serharakat bo‘ladilar. Bu jismoniy harakat bolaning atrofdagi narsalarga qiziqish bilan qarayotganligi, ularni o‘rganishga intilayotgani bilan ham bog‘liqdir. Bolaning jismoniy va psixik faolligi o‘zaro bog‘liqdir. [5] Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 410 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. Bola o‘quv faoliyatida o‘qituvchi rahbarligida insoniy an’analar asosida harakat qilishga o‘rganadi, o‘z irodasini o‘quv maqsadlariga erishish uchun mashq qildiradi. O‘quv faoliyati boladan nutq, diqqat, xotira, tasavvur va tafakkurini kerakli darajada rivojlanishini talab etgan holda, bola xulq-atvorining rivojlanishi uchun yangi sharoitlarni yaratadi. Do‘stlashish motivlari orasida tashqi motivlarning roli kamayadi.Bu davrga kelib bola atrofidagilar bilan o‘zaro munosabatda ma’lum bir natijalarga erishgan, o‘zi xohlayotgan narsalarni hamda, o‘z sinfi va oilasida o‘zi egallagan o‘rnini aniq biladigan bo‘ldi. Shuningdek, u o‘zini-o‘zi boshqarish malakasiga ega bo‘ladi, vaziyat va holatga qarab ish yurita oladi. Bu yoshdagi bolalar xatti-harakatlari va motivlari ularning o‘zlariga beradigan baholariga qarab “Men yaxshi bolaman” emas, balki bu xatti-harakatlar o‘zgalar ko‘z o‘ngida qanday namoyon bo‘lishiga qarab baholanishini tushuna boshlaydilar. [4] Bola maktabda noaniqlikka duch kelsa, kattalarning xatti-harakatlari ma’nosini tushunmasa unda taqlidchanlik rivojlanadi. Bolaning taqlidchanligi ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo‘lishi mumkin. Ixtiyorsiz taqlidchanlik ustozi va sinfdoshlarining xatti-harakatlarini o‘zlashtirishga olib keladi. Bunda xattiharakatlarni anglamagan ravishda egallaydi. Shuni hamisha yodda saqlash lozimki, bola ixtiyorsiz ravishda nafaqat chiroyli va kerakli narsalarga balki turli salbiy ko‘rinish va hola
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada kichik maktab yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlarning rivojlanishi haqida malumot beriladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada kichik maktab yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlarning rivojlanishi haqida malumot beriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- intelektual tayyorgarlik, к образовательной деятельности, to educational activities, o‘quv faoliyatiga tayyorgarlik, Kichik maktab yoshi, Младший школьный возраст, intellectual preparation, Junior school age, интеллектуальная подготовка
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014