Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ОНТОГЕНЕЗ – ЭТО СОСТАВ ЛИЧНОСТИ В РАЗВИТИИ.
Xakimova Dilnoza Mo‘minjonovna
Универсал международный научный журнал · 2024
Аннотация
Ushbu maqolada shaxsning ontogenetik taraqqiyot davrida shaxsdagi etnopsixologik xususiyatlarning tarkib topishi, dunyoqarashining shakillanishi, ijtimoiylashuv jarayonida ta’lim va tarbiyaning hamda etnopsixologik ma’daniyatning ijtimoiy va siyosiy hayotda muhim psixologik xususiyatlari. Kalit so‘z:Ontogenez taraqqiyotida, shaxsning tarkib topishi, ta’lim-tarbiya, madaniy va manaviy, millatlararo munosabat, etnik qadriyat, ijtimoiy va siyosiy hayotda etnopsixologik qarashlar, Наr tomonlama yetuk, barkamol shaxsni tarbiyalash hozirgi kun ta’lim tizimi oldidagi dolzarb muammolardan biridir. Barkamol shaxsni tarbiyalashda u dunyoga kelganidan boshlab, to maktabgacha tarbiya yoshigacha bo‘lgan davrdagi psixologik xususiyatlarini bilish tarbiyachilar, pedagoglar va psixologlar, hamda ota-onalar uchun muhim ahamiyatga ega. Eng mashhur rus psixologi va faylasuflaridan biri L.S. Vigotskiy o‘z ilmiy qarashlarida ilgari surgan ko‘plab g‘oyalar bevosita bolalarning psixik taraqqiyotiga oiddir. L.S.Vigotskiyning oliy psixik funksiyalar shakllanishi haqidagi qonuni bolalar ma’naviy tarbiyasi va ta’limini rivojlantirishda, tarkib toptirishda katta ahamiyatga ega. Psixolog ilmiy qiziqishlarining markazida bolaning ijtimoiy-madaniy taraqqiyoti masalasi birinchi o‘rinda turar edi. L.S. Vigotskiyning izlanishlari, ya’ni shaxsning ontogenetik taraqqiyot davrida oliy psixik funksiyalar ixtiyoriy xotira va diqqat, tafakkur, irodaviy harakatlarni bevosita miyaning faoliyati bilan tushuntirib bo‘lmasligini, ushbu funksiyalarning mohiyatini tushunish uchun ularning ildizlarini organizmdan tashqaridagi ijtimoiy muhitdan izlash lozimligini ko‘rsatdi. Aynan L.S. Vigotskiyning ilmiy qarashlari ijtimoiy muhit ahamiyatini aniqlashtirishda muhim yetakchi poydevor bo‘lib xizmat qiladi. L.S. Vigotskiyning fikricha, muhit oliy psixik funksiyalar taraqqiyot manbaidir. Muhitning taraqqiyotdagi roli yosh o‘tishi bilan o‘zgarib boradi. Shuning uchun muhitni absolyut emas, nisbiy qabul qilish kerak. Insonda xulq-atvorning tug‘ma shakllari mavjud bo‘lmaydi. Odamning psixik taraqqiyoti faoliyatning tarixan shakllangan turlari va usullarini o‘zlashtirish orqali kechadi. Miyaning morfofiziologik xususiyatlari va muloqot bola taraqqiyoti uchun sharoit sifatida xizmat qiladi. [1,c.54]. Taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchi ma’naviy ta’lim va tarbiyadir. L.F.Obuxovaning fikricha, L.S. Vigotskiyning katta xizmati shundaki, u bolalar psixologiyasi faniga tarixiylik tamoyilini kiritgan. Ushbu tamoyilga ko‘ra, psixik xodisalar harakatdagi narsa sifatida o‘rganilishi lozim. Madaniy-tarixiy kontseptsiya L.S. Vigotskiy tomonidan XX asming 20-30 yillarida ishlab chiqilgan inson psixik taraqqiyoti haqidagi nazariyadir. Kontseptsiyaning asosiy mazmuni quyidagilardan tashkil topgan. Mehnat qurolarini ishlatishi tufayli odam tabiatdan ajralib chiqqan. Tabiatga ishlov berish uchun odam ushbu qurollardan foydalansa, o‘z psixikasiga ta’sir ko‘rsatish uchun u psixologik qurollarni qo‘llaydi. Psixologik qurollar belgilardan iboratdir. Ushbu qurollar ixtiyoriy psixik funksiyalar, ixtiyoriy diqqat va xotira, mantiqiy fikrlash, irodaviy harakatlar va etnopsixologik bilimlarning asosini tashkil etadi. Masalan, bolaning manaviy ortda qolish, odatiy kiyim kiyishda ketma- ketlikni buzishi ham bilish jarayoni ya’ni xotirasining zaifligidan emas, balki ushbu jarayonni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan psixologik qurollarni egallamaganligi tufaylidir. Shunday qurol sifatida, bolaga kiyimlarni to‘g‘ri ketma-ketlikda kiyish tasvirlangan rasmlar taqdim etilishi mumkin. Madaniy-tarixiy Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 420 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. kontseptsiyaning muhim g‘oyalaridan biri rivojlanishning eng yaqin zonasi haqidagi nazariy qarashdan iborat. Rivojlanishning eng yaqin zonasi bola rivojlanishining ayni vaqtdagi darajasi bilan kelajakda erishish mumkin bo‘lgan taxminiy darajasi o‘rtasidagi vaqtinchalik masofadan iborat. Bu zonaga yetilmagan, ammo yetilish jarayonida bo‘lgan funksiyalar kiradi. Bolaning aktual rivojlanish darajasi uning bugungi kundagi taraqqiyot darajasini, bola rivojlanishining eng yaqin zonasi ertangi kunda bola o‘z taraqqiyotida erishishi mumkin bo‘lgan taraqqiyot darajasini ifodalaydi. Rivojlanishning eng yaqin zonasini bola katta odam yordami bilan bajara oladigan vazifalar darajasi belgilaydi. Agar bola o‘zi uchun qiyin bo‘lgan vazifani katta odam yordami bilan bajara olsa, bu vazifa bola rivojlanishining eng yaqin zonasida joylashgan bo‘ladi. Rus pedagogi va psixologi L.S.Vigotskiyning fikricha, psixik taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi ta’limdir. Ta’lim psixik taraqqiyotni o‘z ortidan tortadi va uni tezlashtiradi. U kutilgan natijani berishi uchun taraqqiyotdan oldin bo‘lishi, ya’ni rivojlanishning eng yaqin zonasiga mo‘ljal olishi lozim. M
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada shaxsning ontogenetik taraqqiyot davrida shaxsdagi etnopsixologik xususiyatlarning tarkib topishi, dunyoqarashining shakillanishi, ijtimoiylashuv jarayonida ta’lim va tarbiyaning hamda etnopsixologik ma…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada shaxsning ontogenetik taraqqiyot davrida shaxsdagi etnopsixologik xususiyatlarning tarkib topishi, dunyoqarashining shakillanishi, ijtimoiylashuv jarayonida ta’lim va tarbiyaning hamda etnopsixologik ma… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- shaxsning tarkib topishi, international relations, millatlararo munosabat, formation of a person, education, In the development of ontogeny, формирование человека, образование, В развитии онтогенеза, культурный и духовный, международные отношения, cultural and spiritual, Ontogenez taraqqiyotida, ta’lim-tarbiya, madaniy va manaviy
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014