К содержанию
РецензированоRU2024

БУДУЩИЕ УЧИТЕЛЯ С ТАЛАНТЛИВЫМИ УЧЕНИКАМИ ПОДГОТОВКА К РАБОТЕ: ПРОБЛЕМЫ И РЕШЕНИЯ

Karimov Odiljon Toxirovich

Универсал международный научный журнал · 2024

Аннотация

Insoniyat tarixidan ma’lumki, iqtidorlilik turlicha namoyon bo‘ladi, lekin odamlar u faqat aniq shaklda namoyon bo‘ladi, ya’ni iqtidorli o‘quvchi faoliyatining natijalari yaqqol va shubhasiz ko‘rinadi deb o‘ylaydi. Ammo, aslida, aniq ko‘rinadigan narsadan tashqari, odamlar odatda sezmaydigan va o‘zini kam ifodalagan, yashirin shaklda namoyon qiladigan iste’dodlar ham mavjud. Tan olishimiz kerakki, boshlang‘ich sinflar o‘quvchilari kamdan-kam hollarda o‘z iqtidorini namoyon etadi va shuning natijasida o‘z iqtidorini rivojlantirish borasida e’tibordan chetda bo‘ladi. Shuning uchun ham boshlang‘ich sinflardagi iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashda rivojlantiruvchi, boyituvchi yondashuv - bugungi kunda dunyo pedagogikasiga “enrichment” tushunchasi bilan kirib kelayotgan yondashuv asosida ish olib borish zarur. Maqolada mazkur muammo tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: iqtidorli o‘quvchi, iste’dod, enrichment yondashuv, qobiliyat, ichki salohiyat, sezgirlik, optimizm. Insoniyat tarixidan ma’lumki, iqtidorlilik turlicha namoyon bo‘ladi, lekin odamlar u faqat aniq shaklda namoyon bo‘ladi, ya’ni iqtidorli o‘quvchi faoliyatining natijalari yaqqol va shubhasiz ko‘rinadi deb o‘ylaydi. Ammo, aslida, aniq ko‘rinadigan narsadan tashqari, odamlar odatda sezmaydigan va o‘zini kam ifodalagan, yashirin shaklda namoyon qiladigan iste’dodlar ham mavjud. “Iqtidorlilar bilan shug‘ullangan o‘qituvchilar oson o‘rganish iqtidorlilikni anglatishini aniq va yaqqol ko‘rinishi deb tushunishadi. Ammo, bu tushuncha asosida ish olib borishimiz ko‘pincha xatolikka, iqtidorni so‘ndirib qo‘yishimizga sabab bo‘lib qoladi. Misol uchun, buyuk fizik Albert Eynshteyn o‘z qobiliyatini nisbatan kech ko‘rsatgan, shuning uchun o‘sha davrda uning ko‘plab o‘qituvchilari uni “qobiliyasiz” deb hisoblashgan va keyinchalik uni, hatto, haydab yuborishgan”[5]. Shuning uchun ham bugungi kunda butun dunyo miqyosida turli yo‘nalishlardagi iqtidorlilarga e’tibor, ularning iqtidoridan foydalanish, ularga shart-sharoitlar yaratish, salohiyatini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda Zamonaviy ta’lim tizimi talablariga ko‘ra, butun dunyoda umumta’lim tamoyiliga asoslangan ta’lim tizimi iqtidorlilarni oddiy o‘quvchilar bilan tenglashtirib, ularning talabini qondira oladigan darajada bilim olishga imkon bermaydi. Dunyoning turli mamlakatlarida mutaxassislar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, oddiy ta’lim jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining 30%da ijodiy qobiliyat susaygan. Pedagogika tarixida iqtidorli bolalarni baxolashga ikki xil qarash mavjud. “Iqtidor – bu noyob hodisa” degan qarashni qo‘llab-quvvatlovchi mutaxassislarga qarshi turuvchi ikkinchi qarash tarafdorlari: “Har qanday bola bilan umid va sabr bilan ish olib boring, chunki ko‘pchilik e’tiboriga tushmagan bolada ham iqtidorning ochilmagan qirralari bor”, - degan fikrni bildirishadi[5]. Iqtidorli bolalarni baxolashga qaratilgan bu ikki xil qarash asosida shuni aytish mumkinki, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi o‘qituvchisining asosiy vazifasi har bir o‘quvchining iqtidorini rivojlantirishga hissa qo‘shishdir. Shuning uchun boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘ziga xos qobiliyatlari darajasini aniqlash va bu qobiliyatni rivojlantirish juda muhim hisoblanadi. Bu jarayondan ko‘rinib turibdiki, iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash ko‘plab mutaxassislarning birgalikdagi harakatini talab etadi. Tan olishimiz Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 161 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. kerakki, boshlang‘ich sinflar o‘quvchilari kamdan-kam hollarda o‘z iqtidorini namoyon etadi va shuning natijasida o‘z iqtidorini rivojlantirish borasida e’tibordan chetda bo‘ladi. Kelajakda qaysi kasb egasi bo‘lishi nisbatan aniq bo‘lgan yuqori sinf o‘quvchilaridan farqli ravishda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘z kelajagi haqida hali tassavvurga ega emaslar. Shuning uchun ham boshlang‘ich sinflardagi iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashda rivojlantiruvchi, boyituvchi yondashuv - bugungi kunda dunyo pedagogikasiga “enrichment” tushunchasi bilan kirib kelayotgan yondashuv asosida ish olib borish zarur. Enrichment – inglizcha so‘z bo‘lib “boyitish” ma’nosini bildiradi. Ruschadagi tarjimasi “nakopitelnogo“, “obogaщyeniye” so‘zlariga to‘g‘ri keladigan bu yondashuv ta’lim jarayonida o‘quvchining bilimini boyitish, qobiliyatini qo‘llab-quvvatlash, o‘quvchidagi mavjud iqtidorni imkon qadar yuzaga chiqarishga qaratiladi. “Iqtidorli o‘quvchining ichki salohiyatini rivojlantirishga, o‘z hayotining egasi, ijodkori bo‘lishga, o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yish va shu maqsadga erishish yo‘llarini topishga o‘rgatishga e’tibor qaratish zarur. Iqtidorli o‘quvchi o‘z maqsadiga erishish uchun erkin fikrlashi, butun qobiliyatidan foydalanishni bilishi va javobgarlikni xis qilishi kerak”[5]. E’tirof etish kerakki, har bir bola iqtidor egasi bo‘

Доказательный фрагмент

«Insoniyat tarixidan ma’lumki, iqtidorlilik turlicha namoyon bo‘ladi, lekin odamlar u faqat aniq shaklda namoyon bo‘ladi, ya’ni iqtidorli o‘quvchi faoliyatining natijalari yaqqol va shubhasiz ko‘rinadi deb o‘ylaydi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Insoniyat tarixidan ma’lumki, iqtidorlilik turlicha namoyon bo‘ladi, lekin odamlar u faqat aniq shaklda namoyon bo‘ladi, ya’ni iqtidorli o‘quvchi faoliyatining natijalari yaqqol va shubhasiz ko‘rinadi deb o‘ylaydi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
подход, optimism, ichki salohiyat, sezgirlik, sensitivity, ability, способность, оптимизм, approach, optimizm, internal capacity, внутренняя емкость, yondashuv, чувствительность, qobiliyat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники