К содержанию
РецензированоRU2024

ИНФОРМАЦИЯ В РАЗВИТИИ РЕЧИ И МЫШЛЕНИЯ У ДЕТЕЙ ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ТЕХНОЛОГИИ

TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH. · Usmonova Surayyo Nizomiddinovna

Универсал международный научный журнал · 2024

Аннотация

Maqolada mediasavodxonlik borasida fikr yuritilgan. Shuningdek, talabalarning nutq va tafakkurini rivojlantirishda medisavodxonlikni rivojlantirish, texnologiyalar rivojlanganligi bois, mediamatnlar bilan ishlash bo‘yicha talabalar ijodkorligini ta’minlash kabi masalalar yoritilgan Kalit so‘zlar: mediamatn, mediasavodxonlik, axborot texnologiyalari, mediapedagoglar, kreativ, virtual Talabalarining nutqi va tafakkurini rivojlantirishda hayotimiz mazmun-mohiyatiga aylanib borayotgan media, internet, televideniye, telefon va boshqa axborot texnologiyalari ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Mazkur holatni tajriba va kuzatishlarimiz asosida tahlil etadigan bo‘lsak tabiiy holatda ijobiy va salbiy jihatlari ko‘zga tashlanadi. Axborot texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarining ijobiy jihatlariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, mazkur texnologiyalar talabalarini mediamatnlarni qabul qilish, tahlil qilish, baholash va yaratish qobiliyatlarini shakllanishiga yordam beradi. Masalaga ilmiy jihatdan yondashib “mediasavodxonlik” tushunchasining lug‘aviy ma’nosiga diqqatimizni qaratsak. Gʻarb mediapedagoglari “mediasavodxonlik” (media literacy) tushunchasini quyidagicha izohlashadi: “Mediasavodxonlik”-mediamatnlarni sharhlash, tahlil etish va yaratish qobiliyati “Mediasavodxonlik” - turli shakllardagi axborotlarni olish, tahlil etish, baholash va uzatish qobiliyati “Mediasavodxonlik” – pedagog va talabalarda axborot texnologiyalari bilan muloqotda, ularning hayotidagi media mazmunini tushunishda tanqidiy nuqtai – nazar bilan qarashga yordam beradi. Mediasavodxon pedagog va talabalarda mediamatnlarga baho berishda tanqidiy va tahliliy yondashuvi, manipulyasiyaga qarshilik qilishga xizmat qilishi kerak Uzluksiz ta’lim tizimini modernizasiyalash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar oliy ta’lim muassasalari o‘quv-tarbiya jarayonini mediatexnologiyalar asosida tashkil etish, uning samaradorligini oshirish, oliy ta’lim muassasalari talabalariningnutqi va tafakkurini rivojlantirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Tahlillarimiz asosida aytish o‘rinliki, kreativ yondashuv asosida oliy ta’lim muassasalari talabalarining nutqi va tafakkurini rivojlantirishda mediatexnologiyalarning foydalanish masalasida o‘z yechimini kutayotgan bir qator muammolar ko‘zga tashlanadi. Birinchidan, mediatexnologiyalar asosida amalga oshiriladigan ta’limiy faoliyat samaradorligi talaba shaxsini pedagogik va psixologik jihatdan o‘rganish ularning individual tipologik xususiyatlarini bilish bilan bog‘liq. O‘rganish maxsus dastur asosida tashkil etilishi va unda talaba shaxsining tarbiyasi va taqdiri omillari, insonlar bilan muloqot tajribasi, atrof- muhit, bo‘layotgan voqea-hodisalarga, mehnatga munosabati, ichki va tashqi dunyosi, hatti- harakati, ongi va tafakkuri darajasi, axloq-odobi aks etishi lozim. U talaba shaxsining madaniyatida, idrok va tafakkurida, ehtiyojlarida, qiziqishlarida, xarakteri va temperamentida, odatlarida, fikrlash xususiyatlarida, muloqotida, munosabatida namoyon bo‘ladi. Shundagina talabani qaysi guruhga mansubligi yoki maylini bilish va tarbiyaviy ta’sir yo‘llarini aniqlash mumkin. Vaholanki, aksariyat oliy ta’lim muassasalari talabalarida maxsus dastur asosida faoliyat yuritayotganlari ko‘zga tashlanmadi. Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 164 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. - kuzatuvlarimiz asosida aytish mumkinki, oliy ta’lim muassasalarida o‘quv yili yakuniga yetganidan so‘ng talaba guruhi bo‘yicha o‘tkazilgan monitoringga asosan amalga oshirilgan ishlar samaradorligi aniqlanadi, kutilayotgan natijalar bilan taqqoslash ishlari o‘tkaziladi, muammolar, ularni hal qilish yo‘llari hamda oliy ta’lim muassasalarining keyingi o‘quv yiliga mo‘ljallangan ustuvor vazifalari belgilanadi. Keyingi o‘quv yiliga mo‘ljallangan ustuvor vazifalarni belgilashda pedagoglarning amaliy kreativ harakat ko‘nikmalarini rivojlantirish, kreativ faoliyat jarayonlarni tashkil etish va kreativ va ijodiy fikrlash, mushohada yuritishda mediasavodxonlik roli va o‘rni benihoya samaralidir. - fikrimizcha, bugungi kundagi texnik va ilmiy o‘sish, bir tomondan, oliy ta’lim muassasalari talabalar turmush tarziga o‘z ta’sirini ko‘rsatayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, aynan inson hayotiga bo‘lgan yangi tahdidlarni keltirib chiqarmoqda (virtual borliqda yashash, psixologik jihatdan virtual borliqni afzal ko‘rish, virtual tahdidlar v.b.). Shu nuqtai nazardan, oilada va oliy ta’lim muassasalarida talabalar nutqi va tafakkurini rivojlantirishga bo‘lgan munosabat aslida milliy va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning asosiy kategoriyasiga aylanib bormog‘i darkor. - mamlakatimizda oliy ta’lim muassasalari talabalari tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilayotganligi texnogen o‘sish va globallashuv ta’siri talabalar g‘oyaviy va huquqiy, ta’bir joiz bo‘lsa texnik savodxonli

Доказательный фрагмент

«Maqolada mediasavodxonlik borasida fikr yuritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada mediasavodxonlik borasida fikr yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
media literacy, media text, медиатекст, mediasavodxonlik, информационные технологии, information Technology, media pedagogues, творческий, creative, медиаграмотности, медиапедагоги, kreativ, mediapedagoglar, mediamatn, axborot texnologiyalari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники