Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
СИСТЕМНЫЙ ХАРАКТЕР ЯЗЫКА И ЕГО ЗНАК ПРИРОДА
Maxmudjonova Muborak Farxodjon qizi
Универсал международный научный журнал · 2024
Аннотация
Ushbu maqolada tilning tizim sifatidagi xususiyatlari hamda semiotik tabiati haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: til, sistema, belgi, semiotika, til birliklari, til belgisi, sistemstruktur tilshunoslik. Tilning sistemaviyligi haqida so‘z ketganda, avvalo, sistemaning xususiyatlariga to‘xtalish o‘rinlidir. O‘zaro bog‘liq va shartlangan ikki va undan ortiq elementlarning munosabatlaridan tashkil topgan va yangi sifatga ega bo‘lgan barqaror butunlik sistemadir [1]. Til birliklari voqelanish belgisiga ko‘ra ham, tuzilish (ontologik) tabiatiga ko‘ra ham sistema sanaladi va u mavhum belgilardan tuzilgan. Har bir sohaning o‘ziga xos guruhlari sistemasi bor. Masalan, fonetikaning o‘ziga xos birliklari bor yoki morfologiyadagi har bir konkret forma ziddiyatli sistemaga ega. Chunonchi, o‘zbek tilida -(i)m, -(i)ng, -i/si; -(i)miz, -(i)ngiz, -lari qo‘shimchalarining o‘rnida boshqa birini qo‘llab bo‘lmaydi. Bu xususiyat ularning qarama-qarshi jihatlarini ifodalasa, boshqa bir tomondan ular bir guruh sifatida muayyan pradmetning boshqa bir predmetga qarashli ekanligini ko‘rsatadi. Aynan bu belgilar bilan ular bir sistemani tashkil qiladi. Sistema bo‘lgan joyda, albatta, struktura ham bo‘ladi. Sistema butunlik, struktura esa qismlilikdir. Tilning strukturasi til birliklari sanalgan fonema, morfema, leksema va modellardan iborat. Amaerika tilshunosligi til struktura tuzilishi nazariyasini birinchi navbatda gap tuzilishi va undagi ma’lumotlarni o‘rganishga asoslangan holda ishlab chiqdi [T.Bushuy, 2011:224].Til so‘z, morfema va fonemalarning oddiy yig‘indisi emas, balki butun bir tizim bo‘lib, u har bir pog‘onaga xos birlik 2 yoki undan ortiq uzvlarning o‘zaro munosabatidan tashkil topgan butunlikdir. Tilning turli qirralarini jamlagan holda, uni butunlik, bir sistema sifatida o‘rganuvchi tilshunoslik XX asrning 20-yillaridan sistemstruktur tilshunoslik nomi bilan mashhur bo‘ldi. Shuni ham aytib o‘tish joizki, Ferdinand de Sossyur asos solgan XXasr system tilshunosligi bag‘rida o‘nlab oqim va maktablar vujudga keldi, bu sohada ulkan zamonaviy yutuqlar qo‘lga kiritildi.[2] Til semiotika nuqtayi nazaridan belgilar sistemasi sanaladi. Semiotika axborot,ma’lumotlarni saqlash va uzatishga xizmat qiluvchi belgilar tizimini o‘rganuvchi sohadir. Semiotikaning umumiy qoidalari, xususiyatlari dastlab amerikaliak mantiqshunos Ch.S.Pire va tilshunos F.De. Sossyur asarlarida yoritilgan. Ferdinand de Sossyur tilning sistemaviy xarakteri va uning belgi sifatidagi tabiatini asoslab berdi. Til belgisi (belgi tanlashga nisbatan) shartli va erkin, lekin boshqa bir tomondan, ya’ni jamiyat uchun majburiydir. Olim til belgisi nazariyasini yaratib, uni sintagmatik va paradigmatik tushunchalar bilan bog‘ladi.uning ta’rificha, tilshunoslik fanining manbayi shartli ishora- znaklar tizimi bo‘lgan tilni o‘rganishdir. Shu bois tilshunoslik ishoralarni o‘rganadigan semiotik fanlar turkumiga kiradi. Ferdinand de Sossyur:”Til g‘oyalarni ifodalovchi belgilar sistemasidir” degan g‘oyani ilgari surdi. Til axborot beradi. Avvalo, o‘zi va shu bilan birga borliqdagi boshqa narsa-buyum, hodisalar haqida ma’lumot beruvchi vositalar, ya’ni sotsial axborotning har qanday moddiy ifodalovchilari belgi hisoblanadi.[3] Belgi moddiy, hissiy idrok etiladigan predmet, voqea yoki harakatdir. Belgi tushunchasi serqirra, u falsafa, mantiq, tilshunoslik, psixologiya, sotsialogiya fanlari tomonidan tahlil qilinadi. Til belgisi esa ifoda va mazmun jihatiga ega bo‘ladi, predmet, xossa, munosabatni ifodalovchi moddiy-ideal hosila sanaladi. Til fikr, ma’no, tushunchalarning ramziy belgisi bo‘lib keladi va jamiyatda Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 101 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. mavjud boshqa belgilar bilan umumiylikka, o‘xshashlikka ega. Tilning ma’nolar tashuvchi belgilar sistemasi ekanligi fiziologik jarayonda voqelanadi. Shu bois tilshunoslik va semiotika fanlari ham o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, ularning o‘zaro munosabatidan tilni belgilar sistemasi sifatida o‘rganadigan lingvosemiotika fani ham yuzaga kelgan. U tildagi belgilar tizimini boshqa lisoniy belgilar va ramzlar bilan qiyoslab o‘rganadi.[2] Bugungi kunda tilshunoslikda “til va nutq” dixotomiyasiga asoslangan tadqiqot ishlari ancha bo‘lishiga qaramay, til belgilarining nutqqa ko‘chirilishi bilan bog‘liq muammolar endigina o‘rganilmoqda. Bu sohada izlanilishi lozim bo‘lgan ko‘p masalalar bor. Ko‘rinadiki, tilning sistemaviy tuzilishi murakkab, ko‘p tarmoqli hodisa, til belgisi esa mazkur sistemani tashkil etuvchi omil hisoblanadi. Til sistemasi keng ma’noda til qurilishining barcha sohasining majmuyidir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1.Uluqov N. Tilshunoslik nazariyasi. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: 2019. 2.Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish. – Toshkent: 2007. 3.Turniyozov N. Tilshunoslikka kirish (ma’ruzalar matni). – Samarqand:2006.
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada tilning tizim sifatidagi xususiyatlari hamda semiotik tabiati haqida so‘z boradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada tilning tizim sifatidagi xususiyatlari hamda semiotik tabiati haqida so‘z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- language units, semiotika, til birliklari, языковые единицы, семиотика, belgi, til, semiotics, system, система, language, sign, язык, знак, sistema
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025