Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ПРОФЕССИОНАЛЬНАЯ ДЕФОРМАЦИЯ СТУДЕНТОВ И АСПЕКТЫ АДАПТАЦИИ ПСИХОДИАГНОСТИКИ
Inomjonova Muhtasar Muhiddin qizi · Nabiyeva Dilzoda Abduvohid qizi
Универсал международный научный журнал · 2024
Аннотация
Mazkur maqolada pedagoglarning kasbiy deformatsiyasi va bu jarayondagi turli psixologik buzilishlarning kelib chiqish sabablari, uni bartaraf etish kabi omillari keltirilgan. Kalit so‘zlar: pedagog, psixodiagnostika, psixoprofilaktik tadbirlar, psixokorrektsiya, kasbiy deformatsiya, psixalogik salomatlik. Kasbiy deformatsiya (mehnatga moslashish, ko‘nikish) - bu shaxsning yangi mehnat vaziyatini o‘zlashtirishining ijtimoiy jarayoni bo‘lib, unda shaxs va mehnat muhiti bir-biriga faol ta'sir ko‘rsatadi va moslashuvchi-moslashtiruvchi tizimlar hisoblanadi. Ya'ni birinchi tomondan shaxs muayyan mehnat jamoasining kasbiy va ijtimoiy-psixologik munosabatlari tizimiga faol kirishib ketadi, o‘zi uchun yangi bo‘lgan ijtimoiy vazifalarni, qadriyatlar va normalarni o‘zlashtirib oladi, o‘zining alohida tutgan yo‘lini tashkilot (mehnat jamoasi)ning maqsad va vazifalari bilan moslashtiradi, bu bilan o‘zining xulqini mazkur ta'lim muassasaning xizmat yo‘l-yo‘riqlariga bo‘ysundiradi. Ikkinchi tomondan shaxs o‘zida avvaldan qaror topgan muayyan maqsadlar, qadriyatli muomala yo‘nalishiga ega bo‘ladi, shularga muvofiq korxonaga bo‘lgan o‘z talablarini shakllantiradi. Shaxs va ta'lim muassasasi o‘z talablarini amalga oshira borib, o‘zaro bir-birlariga ta'sir ko‘rsatadilar, bir- birlariga moslashadilar, buning natijasida mehnatga moslashuv jarayoni amalga oshiriladi. Deformatsiya tushunchasi, odatda, organizmga ta'sir etuvchi va unda muhim xarakter xususiyatini hosil qiluvchi o‘zgarish sifatida talqin qilinadi. Ko‘pgina tadqiqotchilar "Inson- Inson" tipidagi kasblarda kasbiy deformatsiyaning paydo bo‘lishi va shakllanishini ta'kidlaydilar. Insonning muayyan mehnat muhitiga moslashuvi uning kundalik muomalasida, mehnat faoliyatining aniq ko‘rsatkichlarida, mehnat samaradorligida, ijtimoiy axborot va uning amalda ro‘yobga chiqarilishida, faollikda namoyon bo‘ladi. Mehnatga moslashish birlamchi bo‘lishi (xodimning mehnat muhitiga kirishida) va ikkilamchi (kasbni almashtirgan va almashtirmagan holda ish o‘rnini almashtirishida yoki muhitning jiddiy ravishda o‘zgarishida) bo‘lishi mumkin. Ular murakkab tuzilishga ega bo‘lib, quyidagi moslashuvlardan iboratdir: 1. Kasbiy moslashuv - shaxsning kasbiy ko‘nikmalar va malakalarni muayyan darajada egallashida, unda ayrim kasbiy jihatdan zarur hislatlarning shakllanishida, xodimning o‘z kasbiga nisbatan barqaror ijobiy munosabatda bo‘lishining rivojlanishida ifodalanadi. Kasb sohasidagi ish bilan tanishuvida, kasb mahorati ko‘nikmalarini, funktsional vazifalarni sifatli bajarishida va mehnat sohasidagi ijodkorlikda namoyon bo‘ladi. 2. Ijtimoiy-psixologik moslashuv - ta'lim muassasasining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘zlashtirishda, unda qaror topgan o‘zaro munosabatlar tizimiga kirishda, uning a'zolari bilan o‘zaro ijobiy hamjihat bo‘lishda o‘z ifodasini topadi. 3. Ijtimoiy-tashkiliy moslashuv - ta'lim muassasasining tashkiliy tuzilishi, boshqaruv tizimi va ishlab chiqarish jarayoniga, hizmat ko‘rsatish tizimini, mehnat va dam olish rejimini o‘zlashtirishni bildiradi. 4. Madaniy-maishiy moslashuv - bu mehnat tashkilotidagi turmush xususiyatlari va bo‘sh vaqtni o‘tkazish an'analarini o‘zlashtirishdir. Bu moslashuv xususiyati ishlab chiqarish Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 73 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. madaniyati darajasi, tashkilot a'zolarining umumiy rivojlanishi, ishdan bo‘sh vaqtdan foydalanish xususiyatlari bilan belgilanadi. 5. Psixofiziologik moslashuv - bu xodimlar uchun mehnat vaqtida zarur bo‘ladigan shart-sharoitlarni o‘zlashtirish jarayonidir. Ushbu psixodiagnosnika moslashuv jarayonlarida shaxsning individual-tipologik xususiyatlari, motivatsiyasi, yo‘nalganligi, emotsional-irodaviy jihatlari, ehtiyojlarining turfa ko‘rinishga ega ekanligi pedagog shaxsida "Kuyish sindromi", ya'ni doimiy emotsional zo‘riqish bilan bog‘liq bo‘lgan emotsional, jismoniy va aqliy to‘yinishni o‘zida mujassamlashtirgan murakkab psixofiziologik fenomen vujudga kelishiga sharoit yaratadi. Mazkur sindrom depressiv holat, charchoq hissi va loqaydlik, shijoat va entuziazmning yetishmasligi, o‘z faoliyatining ijobiy tomonlarini ko‘ra olmaslik ishga va umuman hayotga nisbatan munosabatda salbiy ustanovkalarda namoyon bo‘ladi. Bu jarayonda pedagoglar psixologik salomatligiga xavf soluvchi quyidagi omillarni sanab o‘tish lozim: - pedagogik jamoadagi zo‘riqishlar va nizolar, jamoa tomonidan qo‘llab- quvvatlanishning yo‘qligi; - pedagoglarning o‘z ustida ishlashiga sharoit yaratilmaganligi va ta'lim novatsiyalarini joriy etish muhitining yo‘qligi, faoliyatdagi bir xillik; - pedagogik jamoa tomonidan yetarlicha e'tibor berilmasligi va tan olinmaslik; - ta'limiy vositalarning tanqisligi tufayli zo‘riqish; - o‘quvchilarning motivatsiyalashmaganligi natijasida kelajakni ko‘ra bilmaslik; - pedagogning shaxsiy nizolar
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada pedagoglarning kasbiy deformatsiyasi va bu jarayondagi turli psixologik buzilishlarning kelib chiqish sabablari, uni bartaraf etish kabi omillari keltirilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada pedagoglarning kasbiy deformatsiyasi va bu jarayondagi turli psixologik buzilishlarning kelib chiqish sabablari, uni bartaraf etish kabi omillari keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- психодиагностика, психокоррекция, psychocorrection, psixokorrektsiya, psixoprofilaktik tadbirlar, pedagog, professional deformity, pedagogue, psixodiagnostika, профессиональная деформация, psychoprophylactic measures, kasbiy deformatsiya, psychodiagnostics, психопрофилактические мероприятия, педагог
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026