К содержанию
РецензированоRU2024

ПРОФЕССИОНАЛЬНЫЕ ДЕФОРМАЦИИ БУДУЩИХ ПЕДАГОГИ, ПСИХОДИАГНОСТИКА И ПСИХОКОРРЕКЦИЯ

PSIXODIAGNOSTIKASI VA PSIXOKORREKSIYASI · Rasulov Husanboy Rasuljon oʻgʻli · Alaydinova Malikaxon Ravshanbek qizi

Универсал международный научный журнал · 2024

Аннотация

Mazkur maqolada bo‘lg‘usi pedagoglarning kasbiy deformatsiyasi, psixodiognastikasi va psixikorreksiyasi hamda bu jarayonlardagi turli psixologik buzilishlarning kelib chiqish sabablari, uni bartaraf etish omillari keltirilgan. Kalit soʻzlar: bo‘lg‘usi pedagog, kasbiy deformatsiya, psixodiognastika, psixokorreksiya, psixologik salomatlik, emotsiogen omillar, pedagogik kasb, pedagogik mahorat. Ta’lim jarayonining asosiy markaziy omillaridan biri sifatida pedagog shaxsi shakllanishi muammosi xozirgi zamon psixologiya fanining dolzarb mavzularidan biridir. Zero ta’limning sifati va samarasi pedagogik jarayonda faoliyat yuritayotgan kadrlarning har tomonlama tayyorgarligiga va kasbiy deformatsiyasiga bog‘liqdir. Pedagog-tarbiyachi ishida tayyorgarlikni shakllantirish uning turli tarkibiy qismlari qarama-qarshi yo‘nalishlarga ega bo‘lishi bilan murakkablashadi. Demak, intellektuallik ham tayyorgarlikning tarkibiy qismidir, chunki u vazifalar va masuliyatlarni tushunadi, shuningdek faoliyatning asosiy tarkibiy qismi - o‘qitilayotgan mavzuni bilish va uning muammolarini tushunishdir. Hissiylik - hozirgi paytda kayfiyat, va hissiylik kommunikativ madaniyat sifatidir.Tayyorgarlikning ushbu ikki tarkibiy qismi o‘rtasida kelishmovchilik munosabatlari rivojlanishi mumkin. Binobarin, tarbiyachi kun davomida bir necha bor tayyorlik holatini shakllantirishi, uning barcha tarkibiy qismlarini uyg‘unlashtirishi kerak.Shunday qilib, pedagogning stressga chidamliligi kasbiy faoliyat samaradorligi va ishonchliligini ta’minlashning eng muhim omilidir. Deformatsiya tushunchasi, odatda, organizmga ta’sir etuvchi va unda muhim xarakter xususiyatini hosil qiluvchi o‘zgarish sifatida talqin qilinadi. Ko‘pgina tadqiqotchilar “Inson- Inson” tipidagi kasblarda kasbiy deformatsiyaning paydo bo‘lishi va shakllanishini ta’kidlaydilar. Insonning muayyan mehnat muhitiga moslashuvi uning kundalik muomalasida, mehnat faoliyatining aniq ko‘rsatkichlarida, mehnat samaradorligida, ijtimoiy axborot va uning amalda ro‘yobga chiqarilishida, faollikda namoyon bo‘ladi. Mehnatga moslashish birlamchi bo‘lishi (xodimning mehnat muhitiga kirishida) va ikkilamchi (kasbni almashtirgan va almashtirmagan holda ish o‘rnini almashtirishida yoki muhitning jiddiy ravishda o‘zgarishida) bo‘lishi mumkin. Kasbiy moslashuv - shaxsning kasbiy ko‘nikmalar va malakalarni muayyan darajada egallashida, unda ayrim kasbiy jihatdan zarur hislatlarning shakllanishida, xodimning o‘z kasbiga nisbatan barqaror ijobiy munosabatda bo‘lishining rivojlanishida ifodalanadi. Kasb sohasidagi ish bilan tanishuvida, kasb mahorati ko‘nikmalarini, funktsional vazifalarni sifatli bajarishida va mehnat sohasidagi ijodkorlikda namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy - psixologik moslashuv ta’lim muassasasining ijtimoiy- psixologik xususiyatlarini o‘zlashtirishda, unda qaror topga o‘zaro munosabatlar tizimiga kirishda, uning a’zolari bilano‘zaro ijobiy hamjihat bo‘lishda o‘z ifodasini topadi. Ijtimoiy - tashkiliy moslashuv - ta’lim muassasasining tashkiliy tuzilishi, boshqaruv tizimi va ishlab chiqarish jarayoniga, hizmat ko‘rsatish tizimini, mehnat va dam olish rejimini o‘zlashtirishni bildiradi. Psixodiagnostika psixologik diagnoz qo‘yish haqidagi fandir. Bunda diagnoz ko‘rsatkich va tavsifnom alarni birgalikda tahlil qilish asosida sinaluvchining holati va xususiyatlari haqidagi xulosalardan iborat. Psixologik diagnoz (diagnosis - grekcha, aniqlash, Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 60 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. bilish degan tna'noni anglatadi) shaxs individual - psixologik xususiyatlarining hozirgi holatiga baho berish, rivojlanishini oldindan aytish (prognoz qilish) va psixodiagnostik tekshiruv vazifalaridan kelib chiqib, tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan psixolog faoliyatining so‘nggi natijasidir. Pedagogik diagnostika mazmuniga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz: Didaktik diagnostika - pedagogik jarayonni takomillashtirish uchun xizmat qilishdir (o‘quv jarayonining tashkiliy metodik tomonlaridan tashqari). Shaxslarning og‘zaki va yozma javoblarini, javoblardagi tipik xatolarni, ularning sabablarini, o‘quv faoliyatidagi salbiy o‘zgarishlarni, shaxslarda o‘quv mehnat malaka va ko‘nikmalarning rivojlanganlik darajasini, ta’lim olishga nisbatan moyilliklari diagnostika qilinadi. Ijtimoiy-pedagogik diagnostika - shaxslarning pedagogik qarovsizligi, moslashganlik darajasi, tarbiyasi og‘ir bolalarni diagnostika qilishda ijtimoiy omillarni hisobga oluvchi yo‘nalishdir. Psixodiagnostik faoliyat jarayonini metodikalar aprobatsiyasi, talablar yo‘riqnomasini ishlab chiqish, tadqiqotlarni o‘tkazishdagi qonun-qoidalarni yaratish, natijalar tahlilining usullarini shakllantirish hamda ma’lum metodlarning imkoniyat va cheklanishlarini muhokama qilish tashkil etadi. Diagnostik faoliyat o‘z maqsadiga ko‘ra tashhis (diagnoz) yo‘nalish

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada bo‘lg‘usi pedagoglarning kasbiy deformatsiyasi, psixodiognastikasi va psixikorreksiyasi hamda bu jarayonlardagi turli psixologik buzilishlarning kelib chiqish sabablari, uni bartaraf etish omillari kel…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada bo‘lg‘usi pedagoglarning kasbiy deformatsiyasi, psixodiognastikasi va psixikorreksiyasi hamda bu jarayonlardagi turli psixologik buzilishlarning kelib chiqish sabablari, uni bartaraf etish omillari kel… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
психодиагностика, bo‘lg‘usi pedagog, психокоррекция, emotsiogen omillar, psychological health, будущий педагог, psychocorrection, future pedagogue, psixologik salomatlik, professional deformity, psixokorreksiya, эмоциональные факторы, emotional factors, профессиональная деформация, психологическое здоровье, kasbiy deformatsiya, psixodiognastika, psychodiagnostics
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники