К содержанию
РецензированоRU2024

ИНДИВИДУАЛЬНЫЕ ЛИЧНОСТНЫЕ ХАРАКТЕРИСТИКИ ПО ОТПЕЧАТКАМ ПАЛЬЦЕВ ОПРЕДЕЛЕНИЕ

Turg‘unov Abdurashid Abdumannobovich

Универсал международный научный журнал · 2024

Аннотация

ushbu maqolada “daktiloskopiya” — barmoq izlari orqali shaxsni individual xususiyatlarini aniqlash yo‘llari bayyon qilingan. Kalit so‘zlar: kriminalistika, daktiloskopiya, barmoq izlari, shaxsni individual xususiyatlari, ilmoqlar, qoʻsh ilmoqlar, yopiq ilmoq-raketkalar, yoylar, arklar, burmalar va tasodifiy elementlar. Bugun turli sohalarda, xususan raqamlashtirish jarayonlarida insonning barmoq izlaridan foydalanish keng tarqalgan. Mazkur jarayon ilm-fanda “daktiloskopiya” — barmoq izlari orqali shaxsni aniqlash deb nomlanadi. Angliyalik fiziolog Gershel ancha yillik izlanishlarida bir shaxsning barmoq izi boshqasinikiga o‘xshamasligini aniqlagan. Shundan so‘ng u anatomiya darsliklarini varaqlab, o‘zining kashfiyotini barmoqdagi papillyar chiziqlar yordamida asosladi. Shu tariqa barmoq izlari inson shaxsini tasdiqlovchi o‘zgarmas muhr ekanligi o‘z tasdig‘ini topdi. Barmoq izlari orqali shaxslarni aniqlash ilk bor XIX asrning oxirlarida Buyuk Britaniyada kashf etilgan. O‘sha paytlarda angliyalik ma’murlar hindistonlik ishchilarga oylik maosh tarqatishda imzo o‘rnida barmoq izlaridan foydalanganlar, keyinchalik esa bu jinoyat izlarini aniqlashda qo‘llanilgan. Bugungi kunda barmoq izlari orqali jinoyatlarni fosh etish samarali hisoblanadi. Buning uchun alohida yo‘nalish: “Kriminalistika” tashkil etilgan. Kriminalist-ekspertlar jinoyat sodir etilgan voqea joyida turli ashyoviy dalillarda jinoyatchining qoldirgan barmoq izlari orqali ularning jinoyatlarini fosh etib kelmoqda. Bugungi kunda ilm-fan taraqqiy etgan sari, barmoq izlari orqali nafaqat jinoyatlarni fosh etish, balki xavfsizlikni ta’minlash va texnikalardan foydalanishda qulayliklar yaratmoqda. Masalan, mobil telefonlarda barmoq izlari orqali boshqarish funksiyasi allaqachon ishga tushirilgan. Ikki qoʻlingizdagi barmoqlarning izlari har xil desak ishonasizmi? Dunyoda bir xil barmoq izlariga ega insonlar yoʻq desakchi? Qadim zamonlardayoq odamzod barmoq uchlarida naqshlar borligini payqagan. Xitoy aholisi ularni ancha yillar oldin turli maqsadlarda ishlatgan. Yaqin ikki asrdan boshlab odamlar barmoq izlarini jinoyatchilarni aniqlash vositasi sifatida ishlatishni boshladilar. Birinchi boʻlib 1880-yilda Angliyada yashagan doktor Genri Folds ularni shu maqsadda qoʻllashni taklif qilgan. 1882-yilda taniqli ingliz olimi Frensis Galton esa bir-biriga oʻxshash ikkita barmoq izi boʻlmasligini isbotlagan. U daktiloskopik¹ varaqalar toʻplamini yigʻishni boshlagan birinchi inson edi. Uning nazariyalari bilan Buyuk Britaniya hukumati qiziqa boshlagan. Hukumat jinoyatchilarni aniqlashda barmoq izlarini qoʻllash imkoniyatlarini topish uchun maxsus komissiya tayinladi. Ser Genri barmoq izlarini tasniflash (guruhlash) va saqlash tizimini ixtiro qildi. Tushunganingizdek, tegishli solishtirish tizimisiz bu ish juda uzoq vaqt talab etadi, tergov paytida esa tezkorlik juda muhimdir. Uning tasnifiga koʻra, barmoqdagi naqshning quyidagi elementlari ajratib olingan: ilmoqlar, qoʻsh ilmoqlar, yopiq ilmoq-raketkalar, yoylar, arklar, burmalar va tasodifiy elementlar[2]. Agar izning maʼlum bir nuqtalari orasidagi chiziqlar hisoblab chiqilsa, oʻnta barmoq izining har birini maxsus guruhga osongina tasniflash mumkin. Tasniflash uchun gumonlanuvchining barcha 10 ta barmogʻining izlari olinadi. Bu tizimga muvofiq qayta ishlangan barmoq izlari varaqalari shaxsning ismi va guruhidan yoki u tomonidan sodir etilgan jinoyat turidan qatʼi nazar, maʼlum bir ketma-ketlikda joylashtiriladi. Politsiya kartotekasida (maʼlumotlar bazasi) millionlab varaqalar boʻlishi Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 32 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. mumkin, ammo shaxsni aniqlash uchun bir necha daqiqa yetarli boʻladi. Federal qidiruv byurosining kartotekasida 100 million odamning barmoq izlari varaqasi mavjud. U yerda harbiy xizmatchilar, shuningdek, davlat arboblarining barmoq izlari ham saqlanadi. Bugungi kunda politsiya Buyuk Britaniyada ishlaydigan barcha chet elliklarning, shuningdek mudofaa korxonalarida ishlaydigan ishchilarning ham barmoq izlarini olmoqda. Siz ham 16 yoshga toʻlganingizda, pasport uchun barmoq izlaringizni olishadi va maʼlumotlar bazasiga kiritishadi. Barmoq izlariga berilgan urg‘uning o‘ziga xos ma'nosi bor. Chunki har bir kishining barmoq izidagi shakllar va kichik detallar har bir shaxs uchun yagonadir. Nafas olib turgan har bir inson yoki bu olamda yashab o‘tgan insonlar takrorlanmas barmoq izlari to‘plamiga egadirlar. Bundan tashqari, hatto bir xil DNK ketma- ketligiga ega bo‘lgan o‘xshash egizaklar ham o‘zlarining alohida barmoq izlari to‘plamiga ega. Barmoq izlari tug‘ilishdan oldin yakuniy shaklga kiradi va umr bo‘yi, agar doimiy chandiq orttirilmasa, o‘zgarmasdan qoladi[1]. Shu bois, o‘z egalariga yagona bo‘lgan barmoq izlari shaxsiyatni juda ham to‘g‘ri tasdiqlovchi dalil sifatida qabul qil

Доказательный фрагмент

«ushbu maqolada “daktiloskopiya” — barmoq izlari orqali shaxsni individual xususiyatlarini aniqlash yo‘llari bayyon qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

ushbu maqolada “daktiloskopiya” — barmoq izlari orqali shaxsni individual xususiyatlarini aniqlash yo‘llari bayyon qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
петли, dactyloscopy, barmoq izlari, ilmoqlar, отпечатки пальцев, criminology, индивидуальные особенности человека, kriminalistika, shaxsni individual xususiyatlari, криминология, individual characteristics of a person, fingerprints, daktiloskopiya, loops, дактилоскопия
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники