К содержанию
РецензированоRU2024

НАЦИОНАЛЬНАЯ ИДЕОЛОГИЯ В СТУДЕНТАХ СЕГОДНЯ МЕСТО И РОЛЬ ИСТОРИЧЕСКИХ КОМПОНЕНТОВ В ФОРМИРОВАНИИ

G‘anijonova Dilafruz Noiljon qizi

Универсал международный научный журнал · 48-52 · 2024

Аннотация

Maqolada yoshlarga tarix fanini oʻrganish borasidagi olib borilayotgan islohotlar, Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarning tarixiy savodxonligini oshirish masalalariga ilmiy jihatdan toʻxtalib oʻtilgan, hamda xulosa va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: Tarix, Oʻzbekiston, tarixiy savodxonlik, mustaqillik Bugun oʻzining turli xil, rang-barang oʻzgarishlari bilan, dunyo ahlini hayrat va tashvishga solib kelayotgan global muammolar, insoniyatni bir talay sinovlar girdobiga tashlamoqda. Dunyoning qaysi bir mintaqasida tabiiy ofatlar avj olib insoniyat ushbu ofatlarning ogʻir azob va uqubatlarini tortib kelayotgan boʻlsa, ayrim mintaqalarida esa odam savdosi, ekstremizm va terrorizm, qurol savdosi, narkomaniya, ijtimoiy tengsizlik, gender muammolari avj olayotganligi dunyo hamjamiyatini chuqur oʻyga solmoqda. Binobarin, xalqaro hamjamiyatni, xalqaro tashkilotlarni oʻyga solib kelayotgan bunday zoʻravonliklarga qarshi kurashishda, maʼlum bir tashkilotlar yoki gegemon davlatlar emas, balki butun insoniyatni oʻzi oʻzining qadr-qimmati, huquq va erkinligini taʼminlash uchun kurashishi kerak ekanligini koʻrsatmoqda. Bu esa, biz oldimizga qoʻygan maqsad, xalqparvar davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini qurish yoʻlidagi islohotlarimizni amalga oshirishimizda bir talay qiyinchiliklarni tugʻdirmoqda. Mustaqillik yillarida Oʻzbekiston olimlarining samarali tadqiqotlari natijasida milliy tariximizning ilgari nomaʼlum boʻlgan sahifalari ochildi, tarixiy oʻtmishimizning koʻp jihatlari kashf etildi. Natijada tarix fani – xalqqa jamiyatning maʼnaviy taraqqiyotiga xizmat qilishdek azaliy vazifasini qayta tikladi. Milliy mafkura va maʼnaviy-axloqiy barkamollikni shakllantirishda tarixiy komponentlarni oʻrni beqiyos ekanligi o‘z isbotini topdi. Tarix fanining taʼlimiy va tarbiyaviy vazifasi ham aynan mana shu komponentlarni yoshlarda shakllantirishga xizmat qiladi. “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga, 2021-2025 – yillarga moʻljallangan “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi”ga muvofiq taʼlim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini taʼminlash, taʼlimning zamonaviy metodologiyasini yaratish xamda ular asosida boʻlajak tarix oʻqituvchilarini kasbiy kompetentligini oshirishni taqozo etadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga koʻra 2017-2021- yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi taraqqiyotning yangi bosqichini boshlab berdi. Unga koʻra uzluksiz taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli taʼlim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, shuningdek bu borada pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirishga katta ahamiyat berilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning “Milliy taraqqiyot yoʻlimizni qatʼiyat bilin davom ettirib, yangi bosqichga koʻtaramiz” nomli asarida “Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech ogʻishmasdan, qatʼiyat bilan davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga koʻtaramiz. Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va maʼnaviy salohiyatga ega boʻlib, dunyo miqyosidan oʻz tengdoshlariga hech qaysi sohada boʻsh kelmaydigan insonlar boʻlib kamol topishi, baxtli boʻlishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”, — degan fikri bugungi kunda taʼlim tarbiyaga davlat siyosati darajasida eʼtibor berilayotganidan dalolatdir. Binobarin, mamlakatimizning taraqqiy etishi, rivojlanishi, jahon hamjamiyatida tutgan oʻrni, Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 55 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. kelajagining kafolatlari bugungi kundagi yoshlarimizning qay darajada tarixiy bilimdonligi, milliy ongining yuksakligi va tarixiy madaniyatiga bogʻliqdir. Shuningdek, Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyevning “Milliy taraqqiyot yoʻlimizni qatʼiyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga koʻtaramiz” asarida Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrigida, “ ... ayni paytida bugungi kunda oldimizda yanada muhim va dolzarb vazifalar turganini hammamiz yaxshi tushunamiz. Shu borada ilm-fan va taʼlim – tarbiya sohasining moddiy texnik bazasini yanada mustahkamlash, uning nafaqat davr bilan hamohang boʻlishini, balki zamondan oldinda yurishini taʼminlash, pedagog kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning ilgʻor usullaridan keng foydalanish, bu ishlarni xorijdagi nufuzli markazlar bilan hamkorlikda olib borish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, oʻqituvchi va domlalarning mashaqqatli va masʼuliyatli mehnatini har taraflama ragʻbatlantirish bilan bogʻliq vazifalarni amalga oshirish, qisqa qilib aytganda, hayotimizga katta kuch bilan kirayotgan yangi avlodimizni kamol toptirish uchun davlatimiz tomonidan barcha imkoniyatlar saf

Доказательный фрагмент

«Maqolada yoshlarga tarix fanini oʻrganish borasidagi olib borilayotgan islohotlar, Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarning tarixiy savodxonligini oshirish masalalariga ilmiy jihatdan toʻxtalib oʻtilgan, hamda xulosa va…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada yoshlarga tarix fanini oʻrganish borasidagi olib borilayotgan islohotlar, Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarning tarixiy savodxonligini oshirish masalalariga ilmiy jihatdan toʻxtalib oʻtilgan, hamda xulosa va… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tarixiy savodxonlik, Tarix, Uzbekistan, independence, историческая грамотность, независимость, History, historical literacy, Узбекистан, mustaqillik, Oʻzbekiston, История
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники