Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ВОВЛЕЧЕНИЕ СТУДЕНТОВ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЙ ПРОЦЕСС И ИХ РОЛЬ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ В СОЦИАЛИЗАЦИИ И ЗНАЧЕНИЕ
Axmadjonova Gulnoza Axatjon qizi · Kozimova Mavluda Azamjon qizi
Универсал международный научный журнал · 2024
Аннотация
Ushbu maqolada maktabda tashkil etilgan ta’lim jarayonida o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishda o‘quvchilar jamoasining o‘rni va ahamiyati, o‘quvchilarni ta’lim olish jarayonida jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar berilgan. Kalit so‘zlar: ta’lim, o‘quv jarayonlari, ijtimoiylashish, pedagogic texnologiyalar, umum ta’lim muassasalari. Ma’lumki, jamiyat taraqqiyoti, ijtimoiy-ma’naviy hayotning rivojlanishi murakkab jarayonlardan iborat. Albatta, bunday jarayon kishilarga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Bilim saviyasi yetarli bo‘lgan, e’tiqod - iymoni but bo‘lgan kishilar har qanday murakkabliklar boshqacha qilib aytganda, barcha qiyinchiliklarni bardosh bilan bartaraf etishga harakat qilsa, ba’zilar bunday xolatdan esankirab qoladilar. Natijada ijtimoiy hayotga loqaydlarcha munosabatda bo‘ladi, ba’zi birlar esa hayotning yengil tomonini tanlaydilar. Bunday kishilar o‘zlarining xuzur halovatlarini o‘ylaydilar. Buni bozor iqtisodiyoti sharoitidagi qiyinchiliklar yoki turli mafkuraviy g‘oyalar oqimi harakatidagi jarayonidan yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Bundan tashqari hozirgi vaqtda ijtimoiy hayotimizga, turmush tarzimizga yot bo‘lgan giyoxvandlik, fohishabozlik, qonunbuzarlik, turli aqidaparastlik kabi illatlarning ham suqulib kirib kelishi ayrim kishilar, ayniqsa yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shunday ekan, salbiy og‘ishlar girdobiga kirgan shaxslar bilan tarbiyaviy ishlar ko‘lamini kuchaytirish, ta’sir ko‘rsatishning darajasini oshirishni taqozo etadi. Ta’lim o‘quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish, ularda amaliy ko‘nikma va malakalar, shuningdek, dunyoharashni shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayondir. Ta’lim va ta’lim jarayoni (didaktik jarayon) sinonim tushunchalar emas. Jarayon bu yaxlit pedagogik hodisa, pedagogik faoliyatning tarkibiy qismi sifatida ta’lim tizimining muayyan holatini o‘zgartirish hisoblanadi. Ta’lim funksiyalari. “Funksiya” tushunchasi “ta’lim vazifalari” tushunchasiga yaqindir. Ta’lim funksiyasi ta’lim jarayoni mohiyatini ifoda etadi, vazifasi esa ta’limning komponentlaridan biri hisoblanadi. Didaktika ta’lim jarayonining quyidagi uchta funksiyasini ajratib ko‘rsatadi: ta’lim berish, rivojlantirish va tarbiyalash. Ta’lim berish funksiyasi ta’lim jarayonining o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat. Ta’lim natijasi sifatida bilimlarining to‘laligi, chuqurligi, tizimliligi, anglanganligi, mustahkamligi va amaliy xususiyat kasb etishi muhimdir. Bu kabi holatlar ta’lim jarayonining metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etilganligini ifodalaydi. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarda ular tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy bilimlar asosida hosil qilingan amaliy ko‘nikma va malakalarning shakllanishi ham alohida ahamiyatga ega. Ko‘nikma – shaxsning muayyan harakat yoki faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati. Malaka deganda muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashgan shakli tushuniladi. Umumiy ko‘nikma va malakalarga og‘zaki va yozma nutqni bilish, axborot materiallaridan foydalana olish, o‘qish, manbalar bilan ishlash, referat yozish, mustaqil ishini tashkil etish kabilar kiradi. Pedagog o‘z faoliyatini talabalar faolligini oshirishga, ularning o‘quv – tarbiya ishlarini hal qilishga qaratadi, ya’ni guruh jamoasiga tayanib ish ko‘radi. Umuman olganda darsda va darsdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarni demokratik usulda tashkil etish Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 58 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. o‘quvchilarni ijodiy fikrlashga, har bir ishda faol ishtirok etish hamda tashabbus ko‘rsatishga, guruh jamoasi ishiga astoydil yondashishga o‘rgatib, ta’lim – tarbiya ishining samaradorligini oshiradi. Ta’limni insonparvarlashtirish – bu insonga ta’lim berishda ularga nafaqat bilim berish, kasb – hunarni egallashni o‘rgatish, balki yaxshilikni sevishni, insoniylik amaliyotini ham o‘rgatish, ya’ni insoniylik sifatlarini namoyon etish qobiliyatlarini hosil qilishga ko‘maklashish jarayonidir. Demak, inson mohiyatidagi ezgulikni to‘la namoyon eta olish uchun jamiyatda shart – sharoit va imkoniyat yaratishi muhimdir. Shu ma’noda ta’limning maqsadi ta’lim oluvchilarni insoniyatning eng ezgu sifatlari, madaniy – ma’rifiy meroslari bilan tanishtirishdir. Bunda ular faoliyat ko‘rsatayotgan jamiyat tuzilmalari va qadriyatlari o‘ta muhimdir. Binobarin insonda insoniylik sifatlarini shakllantirmoqchi bo‘lgan jamiyat o‘z – o‘zini sog‘lomlashtirish va umuminsoniy qadriyatlarga tayanib ish ko‘rish kerak. Qadimgi donishmandlarning “O‘z – o‘zingni angla!” – degan o‘lmas hikmati bizgacha yetib kelgan. Bu ajoyib durdona fikrdan qanchadan – qancha ma’no bor. Ayni paytda u barcha narsalarning o‘lchovi va tabiati haqidagi fan kalitidir (ochqichidir). Demak, inson o‘z – o‘zini o‘rganmasdan va anglamasdan tu
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada maktabda tashkil etilgan ta’lim jarayonida o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishda o‘quvchilar jamoasining o‘rni va ahamiyati, o‘quvchilarni ta’lim olish jarayonida jamoada ishlash ko‘nikmalarini shaklla…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada maktabda tashkil etilgan ta’lim jarayonida o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishda o‘quvchilar jamoasining o‘rni va ahamiyati, o‘quvchilarni ta’lim olish jarayonida jamoada ishlash ko‘nikmalarini shaklla… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ijtimoiylashish, образовательные процессы, pedagogic texnologiyalar, общение, ta’lim, education, o‘quv jarayonlari, педагогические технологии, umum ta’lim muassasalari, образование, общеобразовательные учреждения, pedagogical technologies, general educational institutions, educational processes, socializing
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024