К содержанию
РецензированоRU2024

ТВОРЧЕСТВО БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ ОБРАЗОВАНИЯ МОДЕРНИЗИРУЙТЕ ИХ, РАЗВИВАЯ ИХ КАЧЕСТВА ПОДГОТОВКА К ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ

PEDAGOGIK FAOLIYATGA TAYYORLASH · Yoqubaliyeva Dilafro‘z · Norqobilov Diyorbek (Andijon davlat pedagogika instituti) · Pedagogika fakulteti Pedagogika (Andijon davlat pedagogika instituti)

Универсал международный научный журнал · 2024

Аннотация

Ushbu maqolada bo‘lajak tarbiya fani o‘qituvchilarining kreativlik sifatlarini rivojlantirishning bir qancha usullari hamda uning qulay taraflari va hozirgi talaba yoshlarni ertangi pedagogik faoliyatga tayyorlashning eng tezkor usullar va metodlari haqida, shu bilan birga talabalarda kreativlikni rivojlantirish yo‘llari, ularni pedagogik faoliyatga tayyorlashda zamonaviy texnologiyalar va kreativlikni muvofiqlashtirishgan holda dars o‘tish yo‘llarini izlab topish bo‘yicha ma`lumotlar keltirilgan. Kalit so‘zlar:kreativlik, ijodkorlik, kreativ shaxs, ijodkor shaxs, ijod, kreativ qobilyat, ijodiy qobilyat, metod, pedagogik texnologiyalar, metodlar. Hozirgi kunga kelib dars berish jarayonida ko‘plab o‘qituvchilar zamonaviy dars berish jarayonini o‘rganishlari qiyin bo‘lmoqda. Ular dars berish vaqtida eskicha oddiy dars jaroyonidan foydalanishmoqda. Biz hozir bo‘lajak tarbiya fani o‘qituvchilarini ertangi pedagogik faoliyatga tayyorlashda zamon bilan hamnafas bo‘lgan holda ularni zamonaviy texnologiyalar bilan qurollantirish, kreativlik sharoitlarni yaratishimiz va ularga ta’lim berishning zamonaviy usullarini ishlab chiqishimiz kerak. o‘ Biz birinchi navbatda bo‘lajak tarbiya fani o‘qituvchilarida kreativlikni rivojlantirishimiz kerak. Buning uchun biz “kreativlik” tushunchasi nima ekanligini, uni qanday hollarda qo‘llanilishi va qanday amalga oshirish kerakligini o‘rgatishimiz va o‘rganishimiz kerak. Chunki pedagoglarda kreativlik sifatlarining bo‘lmasligi ularning ta’lim jarayonida talabalarni qancha g‘oya va qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lmasin ularni qo‘llashi yoki ifodalay olishida anchagina qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Kreativlik (lot, ing. “create”- yaratish, “creative”- yaratuvchi, ijodkor) - shaxsning yangi g‘oyalarni ishlab chiqarishi va ularni amaliyotda sinashda yangi yo‘llarni tarkib toptirish qobiliyati. Demak, kreativlik bu yangidan yangi g‘oyalarni yaratishdir. Bu g‘oyalarni yaratishda faollik, tezkor fikrlash, o‘ziga xoslik (orginallik) va takomillashganlik kabi asosiy xususiyatlarga ega bo‘lish kerak. Bunda har bir o‘quvchi kreativlik tushunchasini anglay olishi kerak. Ular o‘z kreativligini tashkil qilgan bir ishiga, qilgan mashg‘ulotlari va vazifalariga ijodiy yondashuvida aks ettirishadi . Demak har bir bo‘lajak pedagog o‘zida kreativlikni shakllantirish kerak. Bu esa pedagogik kreativlikni keltirib chiqaradi. Pedagogik kreativlik. 1–pedagogning an`anaviy pedagogik fikrlashdan farqli ravishda ta’lim-tarbiya jarayonini samaradorligini ta`minlashga xizmat qiluvchi yangi g‘oyalarni yaratish, shuningdek, mavjud pedagogik muaommolarni ijobiy hal qilishga bo‘lgan tayyorgarligini tavsiflovchi qobiliyatidir. Demak, biz bo‘lajak tarbiya fani o‘qituvchilarida kreativlik sifatlarini oshirish yo‘llarni amalga oshirishimiz kerak. Kreativlik sifatlarini oshirish bo‘yicha pedagoglar ancha bosh qotirshiyapti. Patti Drepau shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirishning to‘rtta yo‘lini ko‘rsatadi: Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 63 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. Asosiy to‘rtta yo‘li : 1) kreativ fikrlash ko‘nikmasini shakllantirish 2) Kreativ faoliyat jarayonlarini tashkil etish 3) Amaliy kreativ harakat ko‘nikmalarini rivojlantirish 4) Kreativ mahsulot (ishlanma)lardan foydalanish Bu yo‘llarini mohiyatini tushinib olishimiz kerak. 1–yo‘l: Kreativ fikrlash ko‘nikmasini shakllantirish. Bunda o‘quvchilarga ularni fikrlashga undovchi savollar va muammoli savollarda undagi savolni mantiqiga qaraladi. Agar mantiqiy savol beradigan bo‘lsak uni mantiqiy murakkabligiga alohida e`tibor berishimiz kerak. O‘quvchilar qanchalik murakkab savol bersak shunchalik ko‘proq javob izlay boshlaydilar. Ko‘nikmalari esa qancha murakkab savollarni yechgan sayin ko‘payaveradi. 2-yo‘l: Kreativ faoliyat jarayonlarni tashkil etish. Mazkur yo‘l talabalarni muammoni yechish va innovatsion g‘oyalarni ilgari surish jarayonida kreativ, ijodiy fikrlashga urg‘u beradi. Bu jarayonlarda kreativ metod va usullar foal qo‘llanmasada, bunda kreativ fikrlash yuz beradi. Bunda berilgan masala bo‘yicha ko‘p tomonlama fikrlash va mushohada yuritishlar ro‘y beradi. Demak, bu yo‘l o‘quvchilarni muammo bo‘yicha ko‘p taraflama o‘ylashga, ko‘proq faoliyat olib borishga undaydi. 3–yo‘l: Amaliy kreativ fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.Ushbuyo‘lda kreativ fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish uchun ko‘rsatmali, obrazli metodlar va usullardan foydalanadi. Bu o‘rinda ular savollardan foydalansa talabalarda interfaollik va kirishimlikni rivojlantirmaydilar. Patti Drepau o‘z asarida talaba yoshlarda interfaollik va kreativ fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda samarali bo‘lgan yo‘l va metodlarni keltirib o‘tadi: - Veb saytlar bilan ishlash; - Vizuallashtirish; - Barcha nuqtai nazarlarni inobatga olish; - Muhim g‘oyalarni turli vaziyatlarda va o‘rinli qo‘llas

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada bo‘lajak tarbiya fani o‘qituvchilarining kreativlik sifatlarini rivojlantirishning bir qancha usullari hamda uning qulay taraflari va hozirgi talaba yoshlarni ertangi pedagogik faoliyatga tayyorlashning…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada bo‘lajak tarbiya fani o‘qituvchilarining kreativlik sifatlarini rivojlantirishning bir qancha usullari hamda uning qulay taraflari va hozirgi talaba yoshlarni ertangi pedagogik faoliyatga tayyorlashning… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ijodkorlik, kreativ shaxs, ijodkor shaxs, творческая личность, kreativlik, ijod, creative person, creativity, креативность
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники