К содержанию
РецензированоRU2024

ЦИФРОВЫЕ ТЕХНОЛОГИИ И ИСКУССТВЕННЫЙ ИНТЕЛЛЕКТ РАЗВИТИЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ СРЕДЫ ЧЕРЕЗ

Muhammadamin Fozilov Qudratjon o‘g‘li

Универсал международный научный журнал · 2024

Аннотация

Ushbu maqolada raqamli texnologiyalarning ta’lim jarayonidagi o‘rni va bu boradagi jaxon tajribasi qolaversa AI vositasida ta’lim jarayonini samarali tashkil etish borasida amaliy tajribalar o‘rin olgan. Ta’lim jarayoniga ushbu texnologiyalarni jalb etish uchun bir qancha maslahatlar ham mavjud. Kalit so‘zlar: Raqamli texnologiyalar, robototexnika, AI ta’lim, AI savodxonlik, ta’lim, raqamli ta’lim. Ta’lim islohoti bugungi kunda har qanday mamlakat rivojining eng muhim va shu bilan birgalikda eng dolzarb masalalaridan birdir. Bu masala har qanday davrni eng muhim masalasi sifatida qaralgan. Ayniqsa XXI asrda bu masala yana ham yuqori darajaga yetdi. Raqamli texnologiyalar bizga bu masalani hal etishda juda ham bir saviyali o‘rinli yechimlarni tuhfa eta oladi. Bugungi kunda raqamli texnologiyalar hayotning barcha sohalarida faol qo‘llanilmoqda. iqtisodiyot, bank, xizmat sektori shuningdek taʼlim jarayonini ham tez surʼatlarda rivojlanishiga xizmat qilmoqda. Mamlakatda yashayotgan barcha fuqarolar, jumladan yosh bolalardan tortib nafaqaxo‘rlarning ham ongida raqamli texnologiyalar orqali jamiyatdagi barcha muammolarni hal qilish mumkin degan fikrni shakllantirmoqda. Bundan tashqari, ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarining robotlashtirilishi, masalan bank sektorida, robotlar va ishchilar o‘rtasidagi raqobat masalasi ham ko‘tarilmoqda. Raqamlardan foydalanishga asoslangan hamda joriy etilgan texnologiyalarning so‘zsiz foydasi bilan axloqiy, shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish, robotlar va tashkilotlar xodimlari o‘rtasidagi raqobatning huquqiy jihatlari bilan bog‘liq masalalar tobora ko‘proq eʼtiborga olinmoqda.Shu jihatdan, mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev taʼkidlaganidek “Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo‘lidan borish imkoniyatini beradi. Zero, bugun dunyoda barcha sohalarga axborot texnologiyalari chuqur kirib bormoqda. Albatta, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, ko‘p mablag‘ va mehnat resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz. Biroq, qanchalik qiyin bo‘lmasin, bu ishga bugun kirishmasak, qachon kirishamiz?! Ertaga juda kech bo‘ladi” Ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni jalb etish avvalo oliy ta’lim muassasalarida va qolaversa barcha turdagi ta’lim tashkilotlarida ta’lim jarayonining eng muhim tomonlaridan biri bo‘lgan axborot resurs markazi tizimiga raqamli kutubxona faoliyatini keng yo‘lga qo‘yish va elektron darsliklarni ommaga va ta’limga keng ravishda foydalanishga topshirish kerak. Biz bu orqali kitob chop etishga ketadigan sarf xarajatlarni ham bir qanchaga kamaytirgan bo‘lamiz. [2]Qolaversa tadqiqotlarga ko‘ra OTMda raqamli ta’lim muhitini yaratish muammosini tadqiq qilish chog‘ida tanlangan masalani nazariy jihatdan o‘rganilish holatini tahlil qilish bilan birga uning pedagogik amaliyotda qanday vaziyatda ekanini aniqlashga ham e’tibor qaratildi. Bu boradagi harakatlar quyidagi natijalarni berdi: respondentlar “raqamli ta’lim” tushunchasini “onlayn ta’lim” (86 foiz), “kompyuter yordamida tashkil qilingan o‘qitish” (14 foiz) ekanini aytib o‘tgan bo‘lsalar-da, “raqamli ta’lim muhiti” atamasini “kompyuterlar bilan jihozlangan auditoriya” (85 foiz), “kompyuter va Internet asosidagi ta’lim” (15 foiz) deya talqin etgan. Talabalarning aksariyati raqamli ta’lim komponentlari sifatida kompyuter, Wi-Fi yoki modemni (73 foiz), shaxsiy Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 66 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. kompyuter, planshet, Internet hamda Wi-Fini (19 foiz) tushunishlarini qayd etgan bo‘lsalar, 8 foizi javob bermagan. Respondentlar uchinchi savolni avvalgi savolning mantiqiy davomi sifatida qabul qilgan hamda ko‘rsatilgan foizlar asosida OTMda raqamli ta’lim muhiti yaratilgan, deb o‘z fikrlarini bildirib o‘tishgan. Bundan tashqari sun’iy intellekt ham bugungi kunda jadallashib rivojlanmoqda va buni bir qancha davlatlar buni qabul qilib o‘zining bir qancha soxalariga xususan ta’lim jarayoniga ham jalb etishgan. Misol tariqasida Yaponiyada bir qancha maktablarda robotlar o‘qituvchilar o‘rnini egallab dars mashg‘ulotlarini o‘tib kelmoqda o‘quvchilar esa o‘zlari istagan ta’lim mavzusi bo‘yicha qiziqtirgan savollariga javob olishmoqda. Shu o‘rinda Stanford unversiteti professori Endryu Ng sun’iy intellektni bu asrning yangi elektr energiyasi deb ta’kidlaganini [3] aytib o‘tish lozim. Xavfsizlik va rivojlanayotgan texnologiyalar markazi (Center for Security and Emerging Technology) tomonidan nashr etilgan Xitoy va Qo‘shma Shtatlarda SI ta’limi qiyosiy baholash bo‘yicha hisobotida quyidagilar e’tirof etiladi “Xitoy AI ta’limini yosh talabalar ta’limiga faol integratsiya qilmoqda. Bu sa’y-harakatlar, birinchi navbatda, boshlang‘ich maktab darajasida Python kurslari va robot

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada raqamli texnologiyalarning ta’lim jarayonidagi o‘rni va bu boradagi jaxon tajribasi qolaversa AI vositasida ta’lim jarayonini samarali tashkil etish borasida amaliy tajribalar o‘rin olgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada raqamli texnologiyalarning ta’lim jarayonidagi o‘rni va bu boradagi jaxon tajribasi qolaversa AI vositasida ta’lim jarayonini samarali tashkil etish borasida amaliy tajribalar o‘rin olgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
robototexnika, AI ta’lim, AI Literacy, AI savodxonlik, ta’lim, Цифровые технологии, AI-образование, education, AI education, ИИ-грамотность, Digital technologies, робототехника, Raqamli texnologiyalar, образование, robotics
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники