Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ПЕДАГОГИ В ПОВЫШЕНИИ ЭФФЕКТИВНОСТИ КАЧЕСТВА ОБРАЗОВАНИЯ КРЕАТИВНОСТЬ
Mohina Jomorodova (Андижанский государственный педагогический институт)
Универсал международный научный журнал · 2024
Аннотация
Ta'lim - mamlakatning intellektual salohiyati shakllanadigan muhitdir. Ta'lim sifatini yaxshilash bu borada qilinayotgan o‘zgarishlar, kelajak avlodni yuksak darajadagi sifatli kadrlar boʻlib yetishishlari uchun, qulay imkoniyatlarni yaratilishi, pedagoglarni dars faoliyatlarini oʻzgacha ruhda olib borishiga zamin yaratmoqda. Kalit soʻzlar; taʼlim sifati, islohotlar, kelajak avlod darsliklari, pedagog, zamonaviy jihozlar, metodlar. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev aytganlaridek, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham ilm-fan, ta'lim va tarbiyadir. Shuning uchun sohaning barcha bosqichlari tubdan isloh qilinib kompleks rivojlantirilmoqda. Bunga munosib ravishda 2023-yilga "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili" deb nom berildi. Ta'lim sifatini oshirish, bolalarni o‘qishga qiziqtirishning muhim omili, birinchi navbatda yaxshi darslik. Davlatimiz rahbarining 2019-yil 29-apreldagi farmoni bilan tasdiqlangan xalq ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida o‘qitish metodikasini takomillashtirish vazifalari belgilangan edi. Shunga muvofiq o‘tgan uch yil davomida darsliklarni yangilash bo‘yicha ish olib borildi va maxsus ishchi guruh tomonidan ilg‘or xorijiy metodika asosida 1-4-sinf kitoblari yangidan tayyorlandi. Bugungi kundagi darsliklarimiz XXI asr kishisi uchun eng zarur bo‘lgan "4K" (kritik fikrlash, kreativlik, colaboratsiya, kommunikatsiya) ko‘nikmalari asosida ishlab chiqilgan. Ya'ni bu o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, ijodiy yondashuv, jamoada ishlash va muloqot koʻnikmalarni shakllantiradi. Yangi darsliklarimizni tayyorlashda asosan PISA, PIRLS, TIMSS, EGMA, EGRA kabi xalqaro dasturlardagi namunalar olingan. Darslik bilan birga mashg‘ulot daftarlari, o‘qituvchilar uchun metodik qoʻllanmalar ham chop etilgan. Hozirgi zamon standartlarini amalga tadbiq etish uchun o‘qituvchidan nafaqat yuqori malaka va doimiy kasbiy rivojlanish, balki o‘z ishiga ijodiy yondashishni talab qiladi. Bu borada endi o‘qituvchilardan yanada kreativlik, o‘z tajribasini qayta ko‘rib chiqishi va yaxshilashi hammaga maʼlum narsalarni o‘zgartira olishi va o‘zgartirgan narsalardan ijodiy foydalana olishi, sifat jihatdan yangiliklarni yaratishi va uni metodik qoʻllab berishi talab qilinadi. Bugungi davr talabi ta'lim va tarbiyada ilg‘or pedagogik texnologiyalar hamda tajribalarni joriy etish natijasida ta'lim samaradorligini oshirishdan iborat bo‘lib, bunday o‘qituvchi- pedagoglar o‘z bilimlarini doimo oshirib borishlari, innovatsion va interfaol usul hamda pedagogik texnologiya metodlarini puxta o‘zlashtirib olgan holda ulardan o‘z kasbiy faoliyatida samarali foydalanishni taqozo qilmoqda. Bu borada o‘qituvchi-pedagoglar quyidagi vazifalar turadi: - ta'lim maqsadini, vazifasini va mazmunini aniqlash; - o‘quv materialini ta'lim oluvchining intellektual salohiyatiga, yoshiga moslik darajasini va o‘zlashtirish saviyasini loyihalash; - turli xil murakkablik darajadagi topshiriqlarini ishlab chiqarish; - ta'lim berish natijasi va uning samaradorligini aniqlash mezonlarini ishlab chiqish. Xulosa. Bugungi kunda pedagoglarda tanqidiy, kreativ tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish, ularni ijodiy fikrlash yangi g‘oyalarni oʻylab topishda, ta'lim berishga bo‘lgan Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 79 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. munosabatini o‘zgartirish, ularni yutuqlarga erishishda ragʻbarlantirish taʼlim sifatini yaxshilashda muhim rol oʻynaydi. Foydalanilgan adabiyotlar. 1. SH.M. Mirziyoyev"Erkin va farovon, demokratik oʻzbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz" T.:Oʻzbekiston 2016. 2. Axborot resurslari. Arxiv.uz. Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 80
Доказательный фрагмент
«Ta'lim - mamlakatning intellektual salohiyati shakllanadigan muhitdir.»
Образец извлечения
Демо-превьюTa'lim - mamlakatning intellektual salohiyati shakllanadigan muhitdir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- реформы, islohotlar, taʼlim sifati, качество образования, pedagogue, pedagog, next generation textbooks, современное оборудование, учебники нового поколения, reforms, modern equipment, педагог, quality of education, zamonaviy jihozlar, kelajak avlod darsliklari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024