К содержанию
РецензированоRU2024

НАУКА В СИСТЕМЕ ДОШКОЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ МЕТОДЫ ОБУЧЕНИЯ

O‘QITISH METODLARI · Durdona Kamolova Shamsiddin qizi · Oybek Olimov Baxromjon o‘g‘li.

Универсал международный научный журнал · 2024

Аннотация

Ushbu maqolada maktabgacha yosh davri bolalari orasida tabiatshunoslik, geografiya kabi fanlarni o‘qitilishi, ularni ushbu fanlarga qiziqtirish usullari haqida ma’lumot keltirilgan. Bundan tashqari, maqolada tabiatshunoslik va geografiya fanlarini o‘qitish metodlari haqida ham ma’lumot taqdim etiladi. Kalit so‘zlar: Metod, maktabgacha yosh davri, Venn diogrammasi, qonun, kadr, play- way metodi, interfaol. Maktabgacha yosh davri asosan 3-7 yosh oralig‘ini o‘z ichiga oladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasida juda tez o‘zgarishlar bo‘lishini inobatga olgan holda 3-davrga: (3-4 yosh) kichik maktabgacha davr, (4-5 yosh) o‘rta maktabgacha davr, (6-7 yosh) katta maktabgacha davr kabilarga ajratish mumkin. Aynan o‘rta va katta maktabgacha yosh davrida tabiatshunoslik fanining o‘qitilishi, bolalarda tabiatga bo‘lgan munosabatni shakllanishining dastlabki ilk bosqichi bo‘lib, bu yoshdagi bolalarda tabiat to‘g‘risidagi bilimlar tarkibiga jonsiz tabiat, jismlar va hodisalar, o‘simlik va hayvonlar, odam tanasining tuzilishi va salomatligini muhofaza qilish, yilning har xil fasllarida qishloq xo‘jaligi mehnati to‘g‘risida tasavvur va tushunchalar, bundan tashqari oddiy geografik hodisalar kabi tushunchalar ham kiradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning faoliyatlari- o‘yin, rasm chizish, plastilin yoki yoldan biror narsa yasash, applikatsiya va shu kabilardan iborat bo‘lishi mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlash uchun interfaol 78ata 78z 78ic texnologiyalarni joriy etish asta-sekin amalga oshiriladigon jarayon, bu albatta, maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Bugun yurtimizdagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bir necha interfaol texnologik mashg‘ulotlardan foydalaniladi. Misol uchun, "Kichik guruhlarda ishlash (Troika)" ushbu ish texnologiyasining qo‘llanilishi barcha bolalar asosida ishlash imkonini beradi. Maktabgacha yosh davri bolalari uchun "Venn diagrammasi" metodining sodda variantidan foydalanish maqsadga muvofiq. "Venn diagrammasi" metodi ikki yoki undan ortiq tushuncha va obe’yktlarni o‘zaro taqqoslash va natijani chizmada tasvirlash uchun xizmat qiladi. U mantiq nazariyasi bilan shug‘ullanadigan Jon Venna (1834-1923) nomi bilan atalgan. U odatta ikkita aylanadan iborat bo‘lib, har bir aylana biror bir ob’yektning xususiyatlari to‘plamini belgilaydi. Ikki ob’yektning o‘xshash bir xil xususiyatlar bor bo‘lsa, bu ob’yektlarni tasvirlovchi aylanalar bir-biri bilan kesishadi. Agar ularning bir xil, o‘xshash xususiyatlari yo‘q bo‘lsa bu aylanalar o‘zaro kesishmaydi. Ikki aylana uchun umumiy bo‘lgan kesishish sohasida ularning bir xil o‘xshash xususiyatlari, qolgan sohalarda esa obektlarning bir - biridan farqli xususiyatlari joy oladi. "Venn diagrammasi" metodidan foydalanishdan ko‘zlangan maqsad bolalarda ikki va undan o‘rtiq predment va tushunchalarni taqqoslashda, ularning farqli va umumiy tomonlarini aniqlash ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi. Play-waymetodi. O‘yin-kulguga asoslangan. Maktabgacha ta'lim jarayoni uchun juda samarali medot hisoblanadi. Aynan shu yoshdagi bolalarning ham asosiy faoliyati o‘yin Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 226 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. jarayoni bilan bog‘liq. Tabiatshunoslik fani to‘g‘risida bolarda dastlabki tasavvurlarni hosil qilishda aynan shu metoddan foydalanish qulay. Misol uchun tabiatda bo‘ladigan turli hodisalar ya'ni ob-havo to‘g‘rida bolalarga ma'lumot berishda ularning hatti-harakatlari asosida tushuntirib berish mumkin. Aytish mumkinki, maktabgacha ta'lim bosqichi bola rivojlanib, barkamol shaxs bo‘lishida ilk poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Shunday ekan aynan shu bosqichdan boshlab bolalarga darsliklarning dastlabki tushunchalari berib borilishi maqsadga muvofiq. Xususan geografiya fani haqida bolalarda eng zarur ko‘nikmalar, tushunchalar bo‘lishi kerak. Chunki geografiya o‘zimiz yashaydigan butun borliq haqidagi fandir. Bolalarni geografiya faniga qiziqtirishda, ushbu fan to‘g‘risida yetarlicha bilim, ko‘nikma va malakalarni maktabgacha ta'lim davridan shakllantirish lozim. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Шерзод Иброим Ўғли Иброимов (2020). География дарсларида талабалар билимини назорат қилиш усуллари. Academic research in educational sciences, (4), 412- 417. 2. Фуркат Туракулович Ражабов, & Азиза Абдуллаевана Олимова (2020). Таълим муаммолари ечимида инновацион кластернинг аҳамияти (география таълими мисолида). Academic research in educational sciences, (3), 697-702. 3.Tabiatshunoslik darslarida o‘quvchilar tasavvur va tushunchalarini shakllantirish hamda rivojlantirish o‘quv qo‘llanma. F.Xalilova.2021. Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 227

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada maktabgacha yosh davri bolalari orasida tabiatshunoslik, geografiya kabi fanlarni o‘qitilishi, ularni ushbu fanlarga qiziqtirish usullari haqida ma’lumot keltirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada maktabgacha yosh davri bolalari orasida tabiatshunoslik, geografiya kabi fanlarni o‘qitilishi, ularni ushbu fanlarga qiziqtirish usullari haqida ma’lumot keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
рамка, maktabgacha yosh davri, preschool age, the law, frame, qonun, Метод, Venn diogrammasi, Metod, закон, kadr, дошкольный возраст, Venn diagram, Method, Диаграмма Венна
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники