Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OYBEK ASARLARI HAQIDA
OYBEK ASARLARI HAQIDA · Halimova Sevinch Rustam qizi
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
Each famous artist is evaluated based on his work. This article provides information about the works of the People's Writer of Uzbekistan Oybek. Keywords: Oybek, poetry, work, literature. О ТВОРЧЕСТВЕ ОЙБЕКА Аннотация. Каждого известного художника оценивают по его работам. В статье дана информация о творчестве народного писателя Узбекистана Ойбека. Ключевые слова: Ойбек, поэзия, произведение, литература. Akademik yozuvchi, oʻz davrining yetuk munaqqidi Oybekning ilmiy merosi gʻoyat va rang-barangdir. Oybek ijodida adabiy tanqidning taqriz, adabiy- tanqidiy maqola va uning obzor, muammoli va bahs xarakteridagi turlari, portret-maqola, ilmiy-biografik mazmundagi asarlar, yirik monografik tadqiqot kabi janrlari koʻplab uchraydi. Garchand Oybekning adabiy-tanqidiy qarashlarini oʻrganish 70- 80-yillardan (O.Sharafiddinov, B.Nazarov) boshlangan boʻlsa-da, uning adabiy-tanqidiy merosini janr va shakl nuqtai nazaridan oʻrganish bugungi kunda oybekshunoslik oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir. Bu esa ulkan adibning shaxs va ijodkor sifatidagi bir butun qiyofasini tadqiq etishda juda zarurligini namoyon etadi. 1 Shoʻro davri oʻzbek adabiyotining rivojiga salmoqli hissa qoʻshgan ulugʻ adib, shoir, olim, jamoat arbobi Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybek 1905-yili Toshkent shahrida boʻzchi oilasida dunyoga keldi. Oldin oʻrta maktabda, 1922—1925 yillarda esa Toshkent pedtexnikumida taʼlim oldi. 1 Shoira Axmedova. PORTRET- MAQOLA JANRI RIVOJI (Oybek ijodi misolida). JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS. Volume–53_Issue-2_May 2024. 9 58 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Soʻngra Oʻrta Osiyo Davlat dorilfununida ijtimoiy fanlar fakultetida oʻqishni davom ettirdi. Leningraddagi Plexanov nomidagi Xalq xoʻjaligi institutida tahsil koʻrdi. 1930-yili Oʻrta Osiyo Davlat dorilfununini tugatib, Oliy maktablarda siyosiy iqtisoddan dars beradi. Oybek adabiyotga 1926-yili chop etilgan «Tuygʻular» sheʼriy toʻplami bilan kirib keladi. Shoirning «Dilbar davr qizi» (1931), «Oʻch» (1932), «Baxtigul va Sogʻindiq» (1933), «Temirchi Joʻra» (1933) poemalari oʻz davrining sheʼriy solnomalaridandir. Uning yigirmadan ortiq dostonlari boʻlib, tarixiy, zamonaviy va xorijiy mavzularda yaratilgan. Oybek adabiyotga 1926-yili chop etilgan “Tuygʻular” sheʼriy toʻplami bilan kirib kelgan. Shoirning “Dilbar - davr qizi” (1931), “Oʻch” (1932), “Baxtigul va Sogʻindik” (1933), “Temirchi Joʻra”(1933) dostonlari oʻz davrining eng goʻzal sheʼriy solnomalaridir. Oybek tarixiy va zamonaviy mavzularda yigirmaga yaqin dostonlar yaratgan. Oybek sheʼriyati nihoyatda goʻzal boʻlib, oʻzining sodda, ravon va ifodali tilda, boy va rang-barang tasviriy vositalarda yaratilganligi bilan alohida ajralib turadi. Jumladan, “Quyosh qushigʻi” sheʼrida: Boshimda olmaning xushboʻy oq guli, Ulugʻ yerni quchib yotibman uygʻoq. Qulochim yetmasa qalbim yetkusi, Insonning qalbiga quyosh jinchiroq.2 Yoki: Yuraman, toshadi sevinchim. Bu sevinch qayerdan, bilmayman. Kechaning ogʻushi latif, jim… Yulduzlar chamani gullagan.3 Oʻzbek xalqining 1916-yilgi milliy ozodlik qoʻzgʻoloni yozuvchining «Qutlugʻ qon» (1940) romanida zoʻr mahorat bilan realistik ifodalangan. Adibning ikkinchi yirik tarixiy asari «Navoiy» (1944) romanidir. Oybek bu romanda oʻzbek adabiyotida birinchi boʻlib, ulugʻ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy obrazini yaratdi. Uning «Oltin vodiydan shabadalar» (1949) asarida xalqimizning urushdan soʻnggi davr yaratuvchilik mehnati, «Quyosh qoraymas» (1958) romanida Ulugʻ Vatan urushida erishilgan gʻalaba aks ettirilgan. Adibning «Ulugʻ yoʻl» (1967) asari esa 2 https://kh-davron.uz/kutubxona/multimedia/men-sevgan-oybek.html 3 https://kh-davron.uz/kutubxona/multimedia/men-sevgan-oybek.html 9 59 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ «Qutlugʻ qon» romanining mantiqiy davomi boʻlib, unda yozuvchi milliy ongning shakllanishini mahorat bilan koʻrsata olgan. Oybek 40-yillar oxiri — 50-yillar boshlarida «Qizlar» (1947) dostonidan tashqari, «Hamza» (1948), «Haqgoʻylar» (1952) dostonlarini yaratdi. 60-yillarda shaxsga sigʻinish fojialari fosh etilib, sobiq sovet mamlakatida «xrushchyovcha» harorat jilvalari koʻringanda, Oybek xastaligiga qaramay, yana «sof lirika»ning goʻzal namunalarini taqdim etadi, Xirosima fojiasiga bagʻishlangan «Davrim jarohati» (1952), «Guli va Navoiy» (1968) dostonlarini yozish bilan birga Amir Temur va Bobur haqidagi lirik dostonlarni yozishga kirishadi. Shoir oʻzining bu asarlari bilan 60-yillar oʻzbek sheʼriyatida yangi badiiy tafakkurning boshlanishi va qaror topishiga muhim hissa qoʻshadi.4 Oybek 1949-yilda Pokistonga sayohat qildi. Adib Pokiston hayotini, fikr va tuygʻularini, kurash va intilishlarini «Pokiston xotiralari» ocherklarida, qator sheʼrlarida, «Zafar va Zahro», «Haqgoʻylar» dostonlarida, nihoyat «Nur qidirib» povestida tasvirladi.5 Adibning avtobiografik povesti
Доказательный фрагмент
«Each famous artist is evaluated based on his work.»
Образец извлечения
Демо-превьюEach famous artist is evaluated based on his work. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Oybek, poetry, work, literature, adabiyot., asar, sheʼriy
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025