Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SHOHRUX MIRZO VA XITOY IMPERATORI O‘RTASIDA DIPLOMATIK ALOQALARNING BOSHLANISHI VA RIVOJLANISHI
Rustamov Jasur Kaxramonovich
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
This article reveals the beginning and development of diplomatic relations between Shahrukh Mirza and the Chinese emperor based on the analysis of sources and literature. Also, none of the Muslim historical sources covering the history of Amir Temur mentions any information about any official embassy sent to China. However, the travel diary of Ghiyosiddin Naqqash, who was sent to China during the reign of Shahrukh Mirza, is notable for containing valuable information. Key words: Amir Temur, Timurid state, Shahrukh Mirza, Ming dynasty, Zafarnama, Mulla Hafiz, Chinese emperor, ambassadors, William Chambers, Abdurazzaq Samarkandi. НАЧАЛО И РАЗВИТИЕ ДИПЛОМАТИЧЕСКИХ ОТНОШЕНИЙ МЕЖДУ ШАХРУХОМ МИРЗОЙ И ИМПЕРАТОРОМ КИТАЯ Аннотация. В данной статье на основе анализа источников и литературы раскрывается начало и развитие дипломатических отношений между Шахрукхом Мирзой и китайским императором. Также ни в одном из мусульманских исторических источников, освещающих историю Амира Темура, нет сведений о каком-либо официальном посольстве, отправленном в Китай. Но путевой дневник Гиясиддина Наккоша, отправленного в Китай во времена Шахруха Мирзы, отличается тем, что содержит ценную информацию. 8 80 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Ключевые слова: Амир Темур, государство Тимуридов, династия Шахруха Мирзы Мина, Зафарнама, Мулла Хафиз, китайский император, послы, Уильям Чемберс, Абдураззак Самарканди. XIV asrning so‘nggi choragi hamda XV asr boshlarida Xitoyning Min imperiyasi va Markaziy Osiyodagi Temuriylar davlati o‘rtasida faol diplomatik aloqalar yo‘lga qo‘yilgan. Lekin, ushbu mavzu yuzasidan tadqiqot olib borilganda tarix fani oldida paydo bo‘ladigan ba’zi noaniqliklar va chigalliklar mavjud. Bu noaniqliklar yuzaga kelishining turlicha sabablari bo‘lib, ushbu omillar ba’zi hollarda ilmiy yondashuvlarning chalkashib, tarixiy haqiqat chegaralaridan og‘ishuviga sabab bo‘lishi ham mumkin. Eng avvalo shuni ta’kidlash joizki, Amir Temur va Xitoy hukmdorlari o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar o‘z davrida to‘laligicha batafsil yoritilmagan. Manbalardagi uzuq-yuluq ma’lumotlar esa qat’iy xulosalar chiqarish uchun yetarli emas. Shu bilan birga ushbu ma’lumotlarning ishonchlilik darajasi ham yuqori pog‘onalarda turmaydi. Har ikki tomon (xitoy va musulmon dunyosi) manbalarida ham saroy tarixchiligi xususiyatlari yuqori o‘rinni egallashini hisobga olib, ushbu mavzu yuzasidan manbalar bilan ishlaganda, ularga tanqidiy nuqtayi nazar bilan qarash lozimligini unutmaslik kerak. O‘z davrining siyosiy manfaatlaridan kelib chiqqan holda, Xitoy yilnomalarida ham, musulmon muarrixlarining asarlarida ham hukmron sulolani ulug‘lash va raqib tomonning kamchiliklarini bo‘rttirib ko‘rsatish holatlari uchrab turadi. Lekin, turli tarixiy manba va adabiyotlarni xolisona ruhda va adolat tamoyillari asosida o‘rganish jarayonida tarixiy haqiqatni birmuncha yoritish mumkin. Amir Temur bilan Xitoy imperatorlari o‘rtasida elchilik aloqalarining qachon boshlanganligi xususidagi fikrlar mavjud tarixiy adabiyotlarda turlichadir. Masalan, ba’zi olimlar Min imperiyasi XIV asrning 70 yillaridayoq Amir Temur huzuriga o‘z elchilarini yuborganligi, bundan g‘arbiy mamlakatlarga Xitoyda yangi sulola hukmronligining boshlanganligi haqida ma’lum qilish maqsadi ko‘zlanganligi, biroq, Amir Temurdan unga javob elchiligi jo‘natilmaganligi haqida fikrlarni ta’kidlaydilar1. Shuningdek, fransuz sharqshunosi R.Grusse fikricha, dastlabki elchilik 1385 yilda Xitoy imperatori Xun’u (1368-1398 yy) tomonidan jo‘natilgan bo‘lib, Xami, Turfon, Ilibaliqqa kelgan hamda chig‘atoy (aniqrog‘i, jeta) va dug‘lat beklari haqida ma’lumot to‘plab, keyin Samarqandga 1 Rajkai Z.T. The Timurid empire and the Ming China: Theories and approaches concerning the relations of the two empires (Doktori Disszertáció). – Budapest, 2007. – P.50. 8 81 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ yo‘l olgan. Fu Ngan (bu yerda Xitoy elchisi Fu An nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin) boshchiligidagi bu elchilik Samarqandda ushlab qolinib, uzoq muzokaralardan so‘ng ortiga qaytishiga ruxsat berilgan2. Bu elchilik haqida manbalar va boshqa tarixiy adabiyotlarda ma’lumotga duch kelmadik. Ammo, o‘zaro birinchi elchilikning Xitoy tomonidan yuborilganligiga ishonishga asos bor. Endigina tashkil topgan Min imperiyasining shimoldagi raqiblari – mo‘g‘ul va oyratlarga qarshi ittifoqchilar izlash zaruriyati va g‘arbiy mamlakatlar (Sharqiy Chig‘atoy mo‘g‘ullari, Amir Temur davlati va boshqalar) haqida ma’lumotlar to‘plash masalasi bunga sabab bo‘la oladi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, uch marta Samarqandga, uch marta Beshbaliqqa jo‘natilgan Fu An elchiligi birinchi marotaba Amir Temur saroyiga 1395 yilda kelganligi boshqa tarixiy adabiyotlarda ko‘rsatib o‘tilgan. Grusse ma’lumotlarida esa ba’zida tarixiy sanalardagi chalkashlik kuzatiladi. Ami
Доказательный фрагмент
«This article reveals the beginning and development of diplomatic relations between Shahrukh Mirza and the Chinese emperor based on the analysis of sources and literature.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article reveals the beginning and development of diplomatic relations between Shahrukh Mirza and the Chinese emperor based on the analysis of sources and literature. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Amir Temur, Timurid state, Shahrukh Mirza, Ming dynasty, Zafarnama, Mulla, Zafarnoma, Uilyam Chambers, Abdurazzoq Samarqandiy., Temuriylar davlati, Shohrux Mirzo Min sulolasi, elchilar, Mulla Hofiz, Xitoy imperatori
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025