Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YANGI O‘ZBEKISTON YOSHLARINING REFERENT GURUHLARINI SOTSIOLOGIK O`RGANISH
SOTSIOLOGIK O`RGANISH
Современная наука и исследования · 1 · 383–96 · 2025
Аннотация
Jamiyatning farovonligi va rivojlanishi shubhasiz ushbu jamiyat yoshlarining salohiyati bilan bog‘liq. Ijtimoiy tarmoqlarning rivojlanishi natijasida yoshlarning ehtiyoj va manfaatlari tez sur’atlarda yangilanib borayotganligi yoshlar referent guruhlarini o`rganish va sotsiologik tahlil qilish zarur. Ushbu tadqiqotda biz zamonaviy yoshlarning dunyoqarashidagi o‘zgarishlarni ularning referent guruhlarini o‘rganish orqali tahlil qilamiz. Kalit so‘zlar: yoshlar, Yoshlar parlamenti, zamonaviy yoshlar, yoshlik, referent guruh, referentlik. Tarixdan ma’lumki, yoshlar ta’lim-tarbiyasiga e’tiborsizlik, loqaydlik bo‘lgan davlatlarda inqirozlar bir muncha uzoq davom etgan. Bu borada yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev “…yosh avlod tarbiyasi hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. Ammo biz yashayotgan XXI asrda bu masala haqiqatdan ham hayot-mamot masalasiga aylanib bormoqda. “Tarbiya qancha mukammal bo‘lsa, xalq shuncha baxtli yashaydi” deb bejizga aytishmagan donishmandlar. Hozirgi qaltis davrda tarbiya mukammal bo‘lishi uchun bu masalada bo‘shliq paydo bo‘lishiga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi” deb ta’kidlaganligi ham bejiz emas. Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra O‘zbekiston aholisining o‘rtacha yoshi 29 yoshni tashkil etadi. Jami aholining qariyb 60 foizi yoshlardan iborat. Bunday yoshlar demografiyasi ham imkoniyatlar, ham qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Mamlakatimizda yoshlar demografiyasi iqtisodiy va ijtimoiy o‘sishni rag‘batlantirishi mumkin, biroq u yoshlar ishsizligi hamda faol fuqarolik va o‘z-o‘zini rivojlantirish imkoniyatlarining yetishmasligi kabi muammolarga ham duch kelmoqda. Shubhasiz, prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yoshlarda oid davlat siyosatining yangilanishi va 30-iyun yoshlar kuni deb e’lon qilinganligi, parlamentning ikki palatasida alohida Yoshlar parlamentlari tashkil etilganligi yurtimiz yoshlari uchun tarixiy voqeilik bo‘lish bilan birga, yanada ulkan imkoniyatlar eshigini ochdi. Biroq, ushbu o‘zgarishlarga qaramay, davlat boshqaruvi jarayonlarida inklyuziv ishtirok etishning tizimli mexanizmlari yo‘qligi sababli yoshlarning dasturlar va siyosatni amalga oshirishdagi ishtiroki cheklangan. Bu bo‘shliq ularning o‘z hayoti va jamiyatlariga ta’sir ko‘rsatadigan siyosatga faol hissa qo‘shish va uni shakllantirish imkoniyatiga to‘sqinlik qiladi. Ushbu muammolarni o`z vaqtida bartaraf etish hamda yoshlarning siyosiy faolligini oshirish va ularning qonun ijodkorligi jarayoniga keng jalb qilish maqsadida prezidentimiz Sh.Mirziyoyev taklifi bilan Parlamentning ikki palatasida alohida Yoshlar parlamentlari tashkil etilib, ularga har tomonlama faol va tashabbuskor yoshlar saylandi. Bugungi kunda Yoshlar parlamenti yoshlarning siyosiy-huquqiy bilim va ko‘nikmalarini yuksaltirish, ularni qonun ijodkorligi jarayoniga jalb etish, yangi qabul qilingan qonunlarni yoshlar orasiga targ‘ib qilish orqali yigit-qizlarning jamiyat hayotidagi daxldorligini kuchaytirishga xizmat qiladigan muhim institut sifatida shakllandi. Eng muhimi, mamlakatimizning parlamentarizmi sohasida o‘z o‘rnini topdi va tom ma’noda, parlament va yoshlar o‘rtasida ko‘prik vazifasini o‘tamoqda. “Yoshlar parlamentining maqsadi yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning 23 “YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA 2025-YIL YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI” 28-29-MART Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi huquqiy ongi va savodxonligini oshirish, qonunchilik va qonun ijodkorligi jarayoniga yoshlarni jalb qilish va qabul qilinayotgan qonunlarni yoshlar orasida keng targ‘ib qilish orqali ularning parlament hayotiga daxldorligini oshirishda ishtirok etishdan iborat”. Bugungi kunda Yoshlar parlamenti Oliy Majlisga yoshlar masalalariga oid qonun hujjatlarida aniqlangan bo‘shliq, kamchilik va muammolarni tahlil qilib, shu asosda tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlariga yoshlarga oid masalalar bo‘yicha aniqlangan qonun buzilishlarini hamda ularga imkon beruvchi sabablar va shart- sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar kiritib kelmoqda. Ta’kidlash joizki, ijtimoiy tarmoqlarning rivojlanishi natijasida yoshlarning ehtiyoj va manfaatlari tez sur’atlarda yangilanib bormoqda. Shu boisdan yoshlar muammolarini tahlil qilish uzluksiz jarayon bo`lishi zarur. Shu jihatdan, ushbu tadqiqotda biz yoshlar va referent guruh tushunchalariga oid umumiy fundamental tadqiqotlarni o‘rganish orqali tahlil qilamiz. Yoshlar tushunchasini ta’riflash turli xil fan vakillari turlicha bo‘lsa-da, mazmun jihatdan umumiylik ham mavjud. Mutaxassislar jamiyatning yosh tuzilishidagi muntazam o‘zgarishlarni qayd etmoqdalar. Bunday o‘zgarishlarning oqibatlari demografik masala doirasidan chiqib, zamonaviy dunyo uchun psixologik, iqtisodiy, madaniy va sotsiologik ahamiyat kasb etadi. Shu bois, yoshlarning jamiyatdagi o‘rnini yanada chuqurroq o‘rganish zarurati yaqqol ko‘rinadi. Amerikalik
Доказательный фрагмент
«Jamiyatning farovonligi va rivojlanishi shubhasiz ushbu jamiyat yoshlarining salohiyati bilan bog‘liq.»
Образец извлечения
Демо-превьюJamiyatning farovonligi va rivojlanishi shubhasiz ushbu jamiyat yoshlarining salohiyati bilan bog‘liq. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- yoshlar, yoshlik, referentlik., referent guruh, zamonaviy yoshlar, Yoshlar parlamenti
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024