К содержанию
РецензированоUZ2025

BUXORO VILOYATIDA 1992-YIL REJA BYUDJET VA AHOLINI MEHNATGA JALB QILISH STATISTIKASI

QILISH STATISTIKASI · Xayrullayev Umidjon Fayzullo o’g’li

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada mustaqillikning dastlabki yillarida Buxoro viloyatidagi iqtisodiy ko’rsatkichlar, davlat siyosatining iqtisodiyotga ta’siri, davlat rejalari, qishloq xo’jalik masalalari, paxta siyosati, oziq-ovqat, sanoat tarmoqlari haqida muhim ma’lumotlar keltiriladi. Kalit so’zlar: “Karrera” firmasi”, “Yangi bozor”, “Birimiz ikki bo’lsin”, qorako’l teri. 1991-yil 31-avgustda mustaqillikka erishkanimizdan so’ng mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o’tish uchun jadala harakatlar boshlandi. 1992-yilda Buxoro tumanida 35 ming tonna paxta yetishtirilgan va sabzavot, poliz, uzum, meva, don, pilla, jun, qorako’l teri tayyorlash rejalari bajarilgan. Tuman yalpi daromadi 1,7 mlrd so’m bo’lishi prognoz qilingan. Xo’jalik ixtiyorida qoladigan paxta tolasi hisobidan 607 mln so’m, paxtachilikning o’zidan 1 mlrd 500 mln so’m daromad olingan. 1992 yil dekabr oyigacha 3977 gektar yer 14526 oilaga qo’shimcha tomorqa sifatida berilgan. 27600 m2 uy-joy qurilib, 18 km. gaz quvurlari, 44 km. ichimlik suvi quvurlari yotqizilgan. O’qituvchi va tarbiyachilarning oylik maoshlari 2-3 martaga oshirilgan. Nogironlar, kam taminlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida xayriya jamg’armasi tashkil etilgan va bu jamg’armaga 1 mlndan ortiq mablag’ yig’ilgan. U. Yusupov nomli jamoa xo’ligida Italiyaning “Karrera” firmasi bilan hamkorlikda yangi tikuv fabrikasi qurilib foydalanishga topshirildi1. Peshko’ tumanida kam ta’minlangan va ko’p bolali oilalarda, ayniqsa ta’ziya sodir bo’lganda iqtisodiy qiyinchiliklar mavjudligini hamda uzoq qishloqlardan tuman markaziy kutubxonasiga qatnash muammolarini o’rganib chiqib 1992-yil avgust oyida kam ta’minlangan va ko’p bolali oilalarda ta’ziya sodir bo’lganda ular yashab turgan xo’jalik hisobidan 3 ming so’mdan moddiy yordam berish, hamda, tuman markaziy kasalxonasi tug’ruqxona bo’limida yangi farzand ko’rgan onalarni o’z manzillariga eltib qo’yish uchun bepul xizmat ko’rsatadigan alohida yengil avtomashina ajratish haqida hokimlik qarori qabul qilingan2. Tumanda qurilish sohasida ichki 1 A. Abdurahmonov Buxoro tuman hokimining birinchi o’rinbosari Viloyat xalq deputatlar kengashining 12- sessiyasida qilgan dokladi. Buxoro vioyat davlat arxivi. Fond-1459. 1- ro’yxat. 5-yig’ma jild.23-varaq. 2 N. Kenjayev Peshko’ tuman hokimi Viloyat xalq deputatlar kengashining 12-sessiyasida qilgan dokladi. Buxoro vioyat davlat arxivi. Fond-1459. 1- ro’yxat. 5-yig’ma jild.25-varaq. 433 Mart, 2025-Yil imkoniyatlardan to’la foydalanilib, qurilish, obodonchilik ishlarining asosiy qismi hashar yo’li bilan amalga oshirilgan. 1992 yilda 24500 m2 turar joy binosi, 700 o’rinli 2 ta klub 360 o’rinli makatab, 380 o’rinli bolalar bog’chasi, tuman markazida qariyb 3 mln madaniyat va istirohat bog’i qurilib ishga tushirilgan. 4 km gaz quvuri yotqizilgan va minnga yaqin xonadon tabiiy gaz bilan ta’minlangan3. 1992-yilda 9449 ga yerga paxta ekilib har gektar yer hisobiga 34,6 sentner hosil rejalashtirilgan. Peshko’ tumani 1949 yildan bir necha bor boshqa tumanlarga qo’shilib ajratilishi uning iqtisodiyotini ijtimoiy va madaniy rivojlanishini ancha ortga surdi. Bundan tashqari ko’pgina tashkilotlar nosoz binolar va vagonlarda joylashgan4. Korxona va tashkilotlarda shtatlarning qisqarishi natijasida ishsizlik darajasi oshgan va tumandagi yagona paxta tozalash zavodini hisobga olmaganda, bironta sanoat korxonasi yo’q. Qurilishi boshlangan konserva zavodi mablag’ yo’qligi tufayli qurilishi to’xtatilgan5. Buxoro shahrida (Shahar hokimi Nosirov Ubaydullo) 1992 yilda o’tgan yilga nisbatan sanoat mahsuloti hajmi 13 fioizga ko’paydi, shu davr mobaynida 6 mlrd so’mdan ko’proq xalq iste’moli mollari ishlab chiqarilgan. “Birimiz ikki bo’lsin” dasturining bajarilishi natijasida may- dekabr oylarida 530 mln so’mlik mahsulot sotib olingan va aholiga yetkazib berilgan6. 1992 yilda Buxoroning eski shahar hududida ta’mirlash obodonlashtirish, qayta qurish ishlariga 6 mln so’m mablag’ sarflangan7. Qorako’l tumanida (Shamsitdinov Sayfiddin “Yangi bozor” brigadir) 1992 yilda 27 ming aholiga 642 M2 uy-joy qurilgan. 235 o’rinli bolalar bog’chasi, 2 ta hammom, 15 km asfalt yo’l, 130 km gaz quvuri yotqizilgan. 1993 yilda 14 ta maktab, 6 ta bolalar bog’chasi, 4 ta hammom, tipovoy choyxona, zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan bolalar poliklinikasi paxta tozalash zavodida 400 o’rinli madaniyat uyi qurish, cho’l hududidan 1000 gektar yer o’zlashtirish reja qilingan8. 3 N. Kenjayev Peshko’ tuman hokimi Viloyat xalq deputatlar kengashining 12-sessiyasida qilgan dokladi. Buxoro vioyat davlat arxivi. Fond-1459. 1- ro’yxat. 5-yig’ma jild.25-varaq. 4 N. Kenjayev Peshko’ tuman hokimi Viloyat xalq deputatlar kengashining 12-sessiyasida qilgan dokladi. Buxoro vioyat davlat arxivi. Fond-1459. 1- ro’yxat. 5-yig’ma jild.27-varaq. 5 N. Kenjayev Peshko’ tuman hokimi Viloyat xalq deputatlar kengashining 12-sessiyasida qilgan dokladi. Buxoro vioyat davlat arxivi. Fond-1459. 1- ro’yxat. 5-yig’ma jild.27-varaq. 6 Buxoro vioyat davlat arxivi. 1459- Fond, 1- ro’yxat. 5

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada mustaqillikning dastlabki yillarida Buxoro viloyatidagi iqtisodiy ko’rsatkichlar, davlat siyosatining iqtisodiyotga ta’siri, davlat rejalari, qishloq xo’jalik masalalari, paxta siyosati, oziq-ovqat, san…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada mustaqillikning dastlabki yillarida Buxoro viloyatidagi iqtisodiy ko’rsatkichlar, davlat siyosatining iqtisodiyotga ta’siri, davlat rejalari, qishloq xo’jalik masalalari, paxta siyosati, oziq-ovqat, san… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
“Yangi bozor”, “Karrera” firmasi”, qorako’l teri., “Birimiz ikki bo’lsin”
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники