Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XIX ASR OXIRI XX ASR BOSHLARIDA QO‘SHNI DAVLATLARNING POLSHAGA NISBATAN YURITGAN SIYOSATI
NISBATAN YURITGAN SIYOSATI · Xayrullayev Umidjon Fayzullo o’g’li · Sadullayev Umidjon Shokir o’g’li · Yarashova Mohlaroyim Shuxratovna · Boltayev Oxun
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada Yevropa davlatlaridagi XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi vaziyat, Polsha va uning atrofidagi mamlakatlarning yuksalishi va ularning polshadagi ijtimoiy holatga ta’siri haqida ma’lumot beradi. Kalit so’zlar: “Polyaklar jamiyati”, “Milliy qo’mita”, “Soat-Vaqt” ro‘znomasi, “Bosmaxonalarning o‘zaro yordam jamiyati”, “Organik mehnat” tashkiloti, “Eski konservatorlar”, “rabotnik” Polsha davlati tabiiy-geografik o‘rni jihatidan Rossiya, Germaniya, Chexoslavakiya va Avstriya davlatlari bilan chegaradosh edi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida boshlarida Polsha Germaniya, Rossiya, Avstriya-Vengriya davlatlarining zulmi ostida edi. 1848-1849 yillar inqilobi mag‘lubiyatidan keyin Germaniya hukmron sinflari Polshadagi demokratik kuchlarga bosim o‘tkaza boshladilar. 1850-yilning 5-fevralda Polsha konstitutsiyasida polyak deputatlari polyak halqini mustaqil siyosiy va madaniy rivojlanish huquqidan mahrum qiladi degan moddaga qarshi chiqib o‘zlarining deputatlik mandatlaridan vos kechish haqida ma’lum qilishdi1. 1863-yilda Vrotslovek universitetida paydo bo‘lgan “Yuqori Sileziya polyaklarining jamiyati” o‘z oldiga birnqancha vazifalarni qo‘ydi. Bulardan asosiysi hokimiyat va universitet ma’muriyatining germanlashtirishga qarshi polyak tilini o‘qitishni mukammallashtirish edi. 50-yillarda G‘arbiy Polsha yerlarida bir nechta koperativ va qishloq xo‘jalik jamiyatlari paydo bo‘ldi. 1861-yilda qishloq xo‘jalik jamiyatining markaziy boshqarmasi tashkil topdi. 60- yillarda Poznan va Pomori knyazligida ko‘psonli dehqonlarning to‘garaklari tashkil topdi. Dehqonlardan iborat bo‘lgan bu tashkilotlar polyak pomeshchiklari va past tabaqali ruhoniylar 1 Рубинштейн Е. И. Политика германсково империализма в западных польских землях в конце XIX начале XX века- М: 1983г стр. 115 420 Mart, 2025-Yil vakillari boshqarar edi2. G‘arbiy Polsha yerlarida 1863-yilda milliy zulmga qarshi qo‘zg‘oloni ozodlik harakatiga turtki bo‘ldi. Poznanda qo‘zg‘olonga yordam berish maqsadida polyak “Milliy qo‘mitasi” tashkil etildi. Podsho hukumatining Prussiya bilan Polsha masalasida kelishuvi polyak xalqida nafrat uyg‘otdi. Poznan, Pomori va Sileziyada ommaviy qamoqqa olishlar boshlanib ketdi. Prussiya hukumati Polsha milliy ozodlik harakati rahbarlarini sud qila boshladi. Bu esa 1864-yil dekabrigacha davom etdi. Ko‘plab shaxslarni o‘limga mahkum etish va qamoqqa olinishi bilan jarayon tugallandi. 1863-1864 yilgi qo‘zg‘olon bostirilganidan keyin g‘arbiy polyak yerlarida Prussiya hukmronligini qo‘llab quvvatlaydigan konservativ harakatlar jonlandi. Bu harakat asoschilardan biri Gneznejk-Poznan arxiyepiskopi Mechislav Leduxovskiy bo‘lib u 1866-yil past tabaqali ruhoniylarni saylovlar va majlislarga qatnashishlarini man qilib, o‘z ovozlarini katoliklar, hukumat to‘g‘ri deb hisoblagan nomzodlar uchun ovoz berishga majburladi. Leduxovskiy farmoyishiga ko‘ra barcha diniy seminariyalarda dars berish polyak tilida emas, faqat lotin tilida o‘qitiladigan bo‘ldi. 1872-yil ruhoniylarga Poznanda polyak Xalq maorifi jamiyatida qatnashishi man qilindi3. Prussiya uchun mufaqqiyatli bo‘lgan 1866-yilgi Avstriya-Prussiya urushi Poznan va boshqa polyak yerlariga o‘z hukmronligini o‘rnatish uchun imkoniyati vujudga keldi. Polyak deputatlari bunga qarshi chiqdi. Bismark polyak xalqini nazar-pisand qilmaganidan keyin polyak deputatlari parlamentni tark etib, Berlindan chiqib ketishdi. Polyaklar qattiq depressiyaga duchor qilindi. 80-yillarda Bismark Polshaga qarshi siyosati asosan ta’qib qilish shiori ostida olib borildi. 1872-yilda maktablarda polyak tilida dars berish taqiqlab qo‘yildi va Prussiya hukumati tomonidan polyak tilida so‘zlashuvchilarning davlat va ma’muriyat tashkilotlari, sud va o‘zini- o‘zi boshqarish organlarida ishlashi man etildi. 1879-yildagi Avstriya-Vengriya va Germaniya o‘rtasidagi ittifoq Polsha uchun juda og‘ir bo‘ldi. 1849-yilda qabul qilingan konstitutsiyada barcha tabaqalarning tengligi, fuqarolar ozodligi, viloyatlarda seymlar tashkil etilishi haqida ta’kidlab o‘tilgan bo‘lsada, oradan ikki yil vaqt o‘tib barchasi taqiqlab qo‘yildi. Mamlakatdagi har qanday faoliyat va progressivqarashlar bostirilar edi4. Avstriya hukumati ham bor kuchi bilan polyak xalqining demokratik va milliy ozodlik harakatini bostirishga harakat qilardi. Polshaning siyosiy va milliy zulm ostida ezilishi shahar, qishloqlardagi mehnatkashlarning chuqur noroziligini keltirib chiqardi. Endi dehqonlar ishlash uchun pomeshchiklar qo‘rg‘onlariga borishni istamay qolishdi va pomeshchiklardan alohida yer ajratishni, soliqlarni kamaytirishni talab qilib ularning mulklariga tez-tez hujum qilib turardilar. 2 Костюшка И. И. Разложение феодальных щетщшений и развитие капитализма в селском хозействе Царства Полского- М: 1954г стр. 239 3 Миллер И. С., Хренова И. А. История Польши Т-2 М: 1985г стр. 211 4 Миллер И. С., Хренова И. А. История Польши Т-2 М: 1985г стр. 215 421 Mart, 2025-Yil Ishchi va hunarmandlar vaziyatni yengillashtirish uchun o‘z tashkilotlarini tuza boshaldilar. 1850- y
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Yevropa davlatlaridagi XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi vaziyat, Polsha va uning atrofidagi mamlakatlarning yuksalishi va ularning polshadagi ijtimoiy holatga ta’siri haqida ma’lumot beradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Yevropa davlatlaridagi XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi vaziyat, Polsha va uning atrofidagi mamlakatlarning yuksalishi va ularning polshadagi ijtimoiy holatga ta’siri haqida ma’lumot beradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- “Organik mehnat” tashkiloti, “Polyaklar jamiyati”, “Bosmaxonalarning o‘zaro yordam jamiyati”, “Soat-Vaqt” ro‘znomasi, “Milliy qo’mita”, “Eski konservatorlar”, “rabotnik”
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026