К содержанию
РецензированоUZ2025

BO‘LAJAK TARBIYA FANI O‘QITUVCHILARINI KASBIY TAYYORLASHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR TA’LIM VOSITASI SIFATIDA

Nosirova Dilfuza

Современная наука и исследования · 1 · 2025

Аннотация

This article analyzes the specific features of using digital technologies and interactive methods in the professional training of future educators. It examines the application of interactive methods and digital technologies in the modern education system, their role in enhancing teachers' pedagogical skills, as well as potential challenges and solutions in this process. Keywords: digital technologies, interactive methods, education, pedagogy, teacher, pedagogical skills, professional training, interactive learning. Jahonda yuz berayotgan ilmiy-texnik taraqqiyot natijasida fanlarda yangi tarmoqlarning paydo bo’lishi hamda fanlararo integratsiyaning jadal rivojlanishi oliy ta’lim tizimida 355 Mart, 2025-Yil mutaxassislarni tayyorlash jarayonida axborotlar, xususan bilim, ko’nikma va malakalarga qo’yilgan talablarning ortishiga olib kelmoqda. Bunday sharoitlarda bo’lajak o’qituvchilarni tayyorlash jarayoniga innovatsion va integratsion texnologiyalarni joriy qilish, axborotlarni uzatishda fanlararo aloqadorlik tamoyillariga qat’iy amal qilish muammolari yuzaga kelmoqda. Natijada oliy ta’lim muassasalarida bo’lajak tarbiya fani o’qituvchilarini tayyorlash jarayonining innovatsion va integratsion texnologiyalarini takomillashtirish zaruriyatini oshirmoqda. Dunyo miqyosida bo’lajak o’qituvchilarni tayyorlash mazmuni, ijtimoiy va tabiiy yaxlitlik sifatida real dunyoning mavjudligi va rivojlanishi qonunlari, uning elementlari o’rtasidagi asosiy aloqalar va munosabatlarning tabiati haqida tasavvurlarni shakllantirishga qaratilgan tadqiqotlar olib borilmoqda. Xususan, innovatsion fikrlashni rivojlantirish muammosining o’ziga xos xususiyatlari, ta’limni tashkil etish jarayonida innovatsiya va integratsiya muammolari, integratsiyaning nazariy masalalariga bag’ishlangan tadqiqotlar natijalari muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birgalikda, bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining bilim, ko’nikma va malakalarini ta’lim jarayonini tashkil etishning innovatsion va integratsion texnologiyalari, jumladan, integratsiya jarayonlarining qonuniyatlari to’g’risidagi ma’lumotlar bilan boyitish dolzarb vazifalarga aylanmoqda. Mamlakatimizda pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini oshirish, tabaqalashtirish, variativ o’quv rejalari, fanlarni o’qitishda o’quvchilarni hayotga tayyorlash tamoyillarini keng joriy qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. “Pedagogika sohasi ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari uchun zamonaviy o’quv jarayoni vositasi sifatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamli texnologiyalarni qo’llash nazariyasi va metodologiyasini joriy etish...” vazifalari belgilanib, talabaning aqliy, intellektual va jismoniy kuchlarini raqamli texnologiyalar orqali ma’lum bir maqsadga yo’naltirish, amaliy faoliyatni nazariy bilimlar bilan to’ldirish, bilimlarni, dizaynni, kommunikativ-nutq hamda tashkiliy bilim va ko’nikmalarni rivojlantirishda axborotkommunikatsiya texnologiyalari va raqamli texnologiyalardan foydalangan holda nazariy bilim, amaliy bilim va ko’nikmalarni shakllantirishga yo’naltirilgan innovatsion yondashuvlar asosida fanlararo integratsiyaning samarali mexanizmlarini takomillashtirish bo’yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishni taqozo etmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “Yangi O’zbekistonning 2022–2026-yillarga mo’ljallangan taraqqiyot strategiyasi to’g’risida”gi PF–60-son, 2019-yil 8-oktyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF–5847-son, 2022-yil 6-iyuldagi “O’zbekiston Respublikasining 2022– 356 Mart, 2025-Yil 2026- yillarga mo’ljallangan innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF– 60-son Farmonlari, 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan kompleks islohotlarda faol ishtirok etishini ta’minlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ–3775-son, 2022-yil 21-iyundagi “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagoglarni tayyorlaydigan oliy o’quv yurtlari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ–289-son Qarorlari va ushbu sohaga tegishli boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Tarbiya nafaqat oilada, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan jarayonlar bo'libgina qolmay, balki uning yetakchi g'oyalari gazeta va jurnallar, ommaviy axborot vositalari orqali singdirilgan mafkurani ham o'z ichiga oladi. Chunonchi, tarbiya ta'limga nisbatan kengroq bo'lgan tushunchadir. Bunday tarbiyaning oila va tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishini nazarda tutadi. Shunday ekan, tarbiya ta'lim olish bilan uzviy chambarchas bog'liq holda amalga oshirilib kelinadi. Ta'lim-tarbiya orqali shaxsda ezgu ma'naviy-axloqiy sifatlar tarkib topib boradi. Tarbiya fani O'zbek

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the specific features of using digital technologies and interactive methods in the professional training of future educators.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the specific features of using digital technologies and interactive methods in the professional training of future educators. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
digital technologies, interactive methods, education, pedagogy, teacher, tarbiya, o‘qituvchi, raqamli texnologiyalar, ta’lim, interaktiv ta’lim, ta’lim platformalari., pedagogik mahorat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники