К содержанию
РецензированоUZ2026

JINOYAT ISHLARIDA ADVOKATNING MALAKALI YURIDIK YORDAM KO‘RSATISHI VA JINOYAT PROTSESSI BILAN BOG‘LIQ HUQUQIY ASOSLARI

Maxkamboyeva Diyorabonu Raxim qizi · ОСНОВЫ УГОЛОВНОГО ПРОЦЕССА

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

This article examines the role of a lawyer in providing qualified legal assistance in criminal cases, their role in the criminal process, and the legal basis for their activities. The importance of legal defense in criminal proceedings, international experience, and existing challenges are analyzed. The article also discusses defense mechanisms at different stages of investigation, trial, and appeal processes. Keywords. Criminal process, lawyer, qualified legal assistance, defendant, suspect, court, defense, legal foundations, investigation. Kirish: Malakali yuridik yordam ko‘rsatish bugungi kunda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lida eng muhim omillardan biri hisoblanadi. 1442 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3 Huquqiy himoya va adolat tamoyillarini ta’minlashda yuridik yordam nafaqat inson huquqlarining himoyasi, balki ijtimoiy barqarorlik va adolatli boshqaruv tizimini shakllantirishda ham katta ahamiyat kasb etadi. Inson huquqlarini himoya qilish, adolatli sudlovni ta’minlash va barcha fuqarolarga huquqiy yordam olish imkoniyatini berish xalqaro me’yor va tamoyillarning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib kelmoqda. Jinoyat protsessi odil sudlov tamoyillariga asoslangan bo‘lib, u shaxsning erkinligi va huquqlarining kafolatlanishini ta’minlaydi. Bu jarayonda advokatning o‘rni juda muhim bo‘lib, u gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchining manfaatlarini himoya qiladi. Malakali yuridik yordam inson huquqlarini himoya qilish, adolatli sudlovni ta’minlash va noqonuniy jazolardan qochish uchun zarurdir. Ushbu maqolada jinoyat ishlarida advokatning huquqiy himoyasi, uning sud jarayonidagi vazifalari, xalqaro tajribalar va jinoyat protsessi bilan bog‘liq muhim jihatlar ko‘rib chiqiladi. Dunyoda yuridik yordam va adolatli huquqiy himoya yetishmovchiligi katta global muammo bo‘lib qolmoqda. Jahon Adolat Loyihasi(World Justice Project)ning hisob- kitoblariga ko‘ra, hozirda taxminan 5.1 milliard odam kamida bir marta huquqiy yordamdan chetda qolgan. Ushbu “adolat bo‘yicha bo‘shliq” nafaqat rivojlanmagan va mojarolar mavjud bo‘lgan hududlarda, balki turli mamlakatlarda keng tarqalgan bo‘lib, ko‘plab odamlar huquqiy muammolarini hal qilish uchun yuridik yordam ololmaydi yoki adolatli natijalarga erishomaydilar. Bunda taxminan 1.5 milliard odam huquqiy yordam ololmasligi sababli oddiy kundalik hayotdagi huquqiy muammolariga javob topolmaydilar. Bu ko‘rsatkichlar qamrovli huquqiy yordam ko‘rsatishning naqadar dolzarb ekanini ko‘rsatib turibdi. Shu jumladan, ushbu sohada xalqaro miqyosda ko‘proq resurs va mexanizmlarni yaratish zarurligini bildiradi. Asosiy qism: Jinoyat protsessida advokatning o’rni. Jinoyat protsessi har qanday huquqiy tizimning eng muhim bo‘g‘ini bo‘lib, unda advokatning roli beqiyos ahamiyat kasb etadi. Jinoyat ishlari bo‘yicha sud jarayonlari faqatgina tergov organlari va prokuratura tomonidan olib boriladigan ish emas, balki gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining huquqlarini ta’minlash va adolatli sudlovni amalga oshirish uchun advokat ishtiroki ham muhim sanaladi. Advokat mijozining huquqlarini har qanday bosqichda himoya qiladi, dalillarni tahlil qiladi, himoya strategiyasini ishlab chiqadi va sud jarayonida adolat o‘rnatilishiga xizmat qiladi. Aynan jinoyat protsessida advokatning vakolatlari va himoya uslublari juda muhim ahamiyat kasb etadi, chunki ayblov xulosasining to‘g‘riligi, tergov organlari tomonidan olib borilgan ishning qonuniyligi va sud qarorining adolatli bo‘lishi ko‘p jihatdan himoyachining kasbiy mahoratiga bog‘liq bo‘ladi. 1443 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3 Jinoyat protsessida advokat funksiyalarining huquqiy asoslari. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29-moddasiga binoan har bir shaxs malakali yuridik yordam olish huquqiga ega. Jinoyat-protsessual kodeksda esa ayblanuvchiga o‘zini himoya qilish huquqi berilgan bo‘lib, u o‘z xohishiga ko‘ra advokat yollash yoki davlat hisobidan advokat tayinlashni talab qilish huquqiga ega. Himoyachi jinoyat ishining dastlabki bosqichidan boshlab ishtirok etishi va mijozining huquqlarini to‘liq himoya qilishi lozim. Advokatning asosiy vazifalaridan biri – sudda mijozining aybsizligini isbotlash yoki unga nisbatan tayinlanayotgan jazoni engillashtirishdan iborat bo‘ladi. Ko‘p hollarda gumon qilinuvchilar o‘z huquqlarini yetarli darajada bilmasligi yoki tergov jarayonida bosim ostida qolishi mumkin. Shu sababli, advokatning tergov jarayonida qat’iy turishi va mijozining huquqlarini buzilishiga yo‘l qo‘ymasligi jinoyat protsessining adolatli bo‘lishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Tergov bosqichida advokatning roli juda katta bo‘lib, aynan shu jarayonda ayblovga asos bo‘ladigan dalillar to‘planadi. Bu bosqichda himoyachi so‘roq jarayonida ishtirok etishi, noqonuniy usullar qo‘llanganligini aniqlashi, mijozining o‘z xohishiga qarshi guvohlik berishga majburlanmaganligini ta’minlashi kerak. Advokat himoya strategiyasini ishlab chiqib, ayblovn

Доказательный фрагмент

«This article examines the role of a lawyer in providing qualified legal assistance in criminal cases, their role in the criminal process, and the legal basis for their activities.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article examines the role of a lawyer in providing qualified legal assistance in criminal cases, their role in the criminal process, and the legal basis for their activities. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Criminal process, lawyer, qualified legal assistance, defendant, suspect, tergov., gumon qilinuvchi, advokat, Jinoyat protsessi, sud, malakali yuridik yordam, himoya, huquqiy asoslar, ayblanuvchi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники