Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TISH YUZASIDA HOSIL BO`LADIGAN KARASHLAR VA TOSHLAR (CHO`KMALAR)
Khayitova Mokhinur Dzhuraevna
Современная наука и исследования · 2 · 15-18 · 2026
Аннотация
Structures formed on the surface of the teeth during human life - caries, calculus or deposits - play an important role in the development of diseases of the hard tissues of the teeth and periodontal tissues. Keywords: Caries, pellicle, plaque, subdental calculus, supradental calculus, bacteria, inorganic substances. ЗУБНОЙ КАМЕНЬ И ОТЛОЖЕНИЯ, ОБРАЗУЮЩИЕСЯ НА ПОВЕРХНОСТИ ЗУБОВ Аннотация. Образующиеся на поверхности зубов в течение жизни человека структуры — зубной камень, камни или отложения — играют важную роль в развитии заболеваний твердых тканей зубов и тканей пародонта. Ключевые слова: Кариес, пелликула, зубной налет, подзубный камень, надзубный камень, бактерии, неорганические вещества. Tish karashlari va toshlari tasnifi: I. Minerallashmagan tish yumshoq karashlari: a) pellikula b) tish usti karashi (blyashka) v) oq yumshoq karash g) ovqat qoldiqlari II. Minerallashgan tish toshlari a) milk usti tish toshlari b) milk osti tish toshlari 1405 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3 Minerallashmagan tish karashlari. Tish pellikulasi-inson hayot faoliyati davrida o`zlashtirgan tishning anatomik strukturasi hisoblanuvchi kutikula o`rnida paydo bo`lgan yumshoq karash hisoblanadi. Pellikula tishlar chiqqandan so`ng ular yuzasida so`lak tarkibiga kiruvchi glikoproteinlar hosilalarining emal yuzasiga adsorbsiyalanib o`tirib qolishidan hosil bo`ladi. Tishlar yaxshilab cho`tka pasta yordamida tozalanganda pellikulalar yemirilib tozalanadi. Pellikuladan holi qilingan tish yuzasi so`lak bilan uzviy muloqotda bo`lib turishi natijasida pellikula o`zini juda qisqa vaqt ichida yana tiklaydi. Pellikula strukturasiz tuzilma bo`lib tish yuzasiga juda yaxshi adgeziv yopishish xususiyatiga ega bo`lishi bilan bir qatorda o`z navbatida bakteriyalar uchun tanlab yopishib, koloniyalar hosil qilib ko`payishiga sabab bo`luvchi, qulay manbaa bo`lib hisoblanadi. Tish emali yuza qavatida kechishi mumkin bo`lgan diffuziya jarayoni va o`tkazuvchanlik ko`p hollarda pellikula mavjudligi va uning xususiyatlariga bog`liqdir. Tishda paydo bo`lgan pellikula qobig`i bir tomondan ma’lum bir darajada emal strukturasini himoya qilsa, ikkinchi tomondan uning qalinlashib, ko`payib ketishi emaldagi diffuziya jarayonini me’yorda kechishiga halaqit beradi. Tish blyashkasi-vaqt o`tishi va og`iz bo`shlig`i shaxsiy gigiyenasiga rioya qilmaslik natijasida pellikula ustida tish karashi blyashka hosil bo`ladi. Bu karash zich tuzilma bo`lib, oqsil, polisaharid, lipid va bir qadar anorganik moddalar (kalsiy, fosfatlar, magniy, kaliy, natriy) dan hosil bo`lgan asosga kirib, koloniyalar hosil kilgan mikroorganizmlardan iboratdir. Tish usti karashi-blyashka rangsiz, yumshoq cho`kma bo`lib, maxsus tarkibida yod saqlovchi eritmalar yoki fuksin, eritrozin kabi bo`yoqlar bilan yaxshi bo`yalib aniqlanadi. Tish usti karashi og`izni chayish, cho`tka, pasta yordamida tozalashdan keyin ham tish bo`yin sohalarida notekis, silliq bo`lmagan yuzani hosil kilib turadi. Aynan mana shu sohada mikroorganizmlarning faol hayot faoliyati kechadi. Bu faoliyat natijasida fermentlar ishtirokidagi, faol parchalanish, bijg`ish, kislotalar hosil bo`lish jarayoni kuzatiladi. Blyashka tozalanib emal yuzasi ochilganda ba’zan emal sathida xiralashgan demineralizatsiya sohalarini ko`rish mumkin. Bugungi kunda tish usti karashlarini kariyes va parodont yallig`lanishi xastaliklarini kelib chiqishidagi o`rni va ahamiyati to`liq aniqlangan. 1406 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3 Bu tuzilmalar asosan mikroorganizmlarning emal yuzasiga adsorbsiyasi natijasida yuzaga keladi va navbatma-navbat kokksimon floralar, keyin tayoqchasimon va ipsimon bakteriyalarni qavatma-qavat joylashuvidan iborat kompleksdir. Tish usti karashi (blyashka) asosan ko`payuvchi mikroorganizmlar, epiteliotsitlar, leykotsitlar va makrofaglardan tashkil topgan. Tish usti karashlari quruq qismining 70% ni bakteriyalar, 20% ni organik va anorganik moddalar tashkil qiladi. Tish usti karashi oddiy struktura tuzilishiga ega bo`lganligidan uning tarkibiy qismiga uglevodli molekulalar qiyinchiliksiz singib kiradi. Yumshoq, uglevodga boy ovqatlar is’temol qilinganda tish usti karashlari juda tez o`sadi va qalinlashadi. Tish usti karashlari asosan tishning milk usti sathida, fissuralarga kirish sohasida, kontakt yuzalarda tez vujudga keladi. Karashlarning 80 85% i suv bo`lib, mineral moddalarning asosini kalsiy , anorganik fosfatlar va ftoridlar tashkil qiladi. Kalsiy moddasi tish usti karashlarida bakteriyalar, hujayralardan tashqari oqsillar, fosfatlar bilan bog`langan holda bo`lib, anorganik ortofosfat yoki organik birikmalar hosil bo`lishida ishtirok etadi. Tish usti karashida ftoridlarning oz miqdorda borligi aniqlangan. Ftoridlarning karashlarda yig`ilishida bakteriyalarning o`rni bor. Bakteriyalar ftor moddasini o`z hujayralarida yig`adi va ularning o`lishi yoki parchalanishi natijasida ajralib chiqqan ftor ionlari kalsiy bilan birikib ftoridlarni hosil qiladi. Tish usti karashlarining
Доказательный фрагмент
«Structures formed on the surface of the teeth during human life - caries, calculus or deposits - play an important role in the development of diseases of the hard tissues of the teeth and periodontal tissues.»
Образец извлечения
Демо-превьюStructures formed on the surface of the teeth during human life - caries, calculus or deposits - play an important role in the development of diseases of the hard tissues of the teeth and periodontal tissues. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Caries, pellicle, plaque, subdental calculus, supradental calculus, bacteria, Karashlar, milk usti tish toshlari, bakteriyalar, pellikula, anorganik moddalar., blyashka, milk osti tish toshlari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026