К содержанию
РецензированоUZ2026

BUXORO TARIXI-O’ZBEKISTON TARIXI SIVILIZATSIYANING AJRALMAS QISMI

Mirzayeva Sevinch Muzaffarovna · PART OF CIVILIZATION

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

In this article, I would like to discuss in detail the antiquity of Bukhara, the fact that the Silk Road passed through this place, the abundance of various handicrafts and stone tools from Bukhara, as well as the achievements of several of our archaeologists in their research excavations in Bukhara. Keywords. Bukhara city, Zarafshan River, Abdullakhan II, Shaybanis, Poykant Varakhsha, Rudizar, Zomonbaba, agriculture, crafts, Arab Caliphate. ИСТОРИЯ БУХАРЫ ЯВЛЯЕТСЯ НЕОТЪЕМЛЕМОЙ ЧАСТЬЮ ИСТОРИИ УЗБЕКИСТАНА Аннотация. В этой статье я хотел бы подробно рассказать о древности Бухары, о том, что через нее проходил Шелковый путь, обилии различных ремесленных изделий и каменных орудий из Бухары, а также о достижениях ряда наших археологов в их исследовательских раскопках в Бухаре. Ключевые слова. Город Бухара, река Зарафшан, Абдуллахан II, Шейбаниды, Пойкант Варахша, Рудизар, Зоманбаба, сельское хозяйство, ремесла, Арабский халифат. Qadimdan Buyuk ipak yo‘lida yirik tijorat markazlaridan bo‘lgan Buxoro shahri O‘zbekistonning janubiy-g‘arbida Zarafshon daryosi quyi oqimida joylashgan. Buxoro vohasida milloddan avvalgi 4-3 ming yillardayoq ovchilik va baliqchilik bilan shug‘ullanib, toshdan turli qurol va buyumlar yasash mahorati yuksak darajaga yetgan bo‘lib, 1393 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3 neolit davriga mansub bo‘lgan qabilalar yashagani isbotlangan1. Neolit davri (miloddan avvalgi 8-5 – ming yillik)ga oid madaniyat yodgorliklarining topilishi, bu yerda shahar madaniyatining shakllanishi uzoq o‘tmishga borib taqalishidan dalolat beradi. Buxoro shahriga arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra milloddan avvalgi 1- ming yillikning o‘rtalarida asos solingan. Buxoro shahrining o‘zagi 3 qismdan, ya’ni Zarafshon tarmog‘ining o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan Ark, daryoning o‘ng va chap qirg‘og‘idagi qishloqlardan iborat deb hisoblanadi. Buxoro vohasining qadimgi davr tarixini o‘rganishda hududda olib borilgan arxeologik tadqiqotlarning ahamiyati beqiyos. Vohadagi Poykent, Varaxsha yodgorliklarini arxeologik o‘rganish XX asr birinchi yarmida boshlanib, hozirgi kungacha davom etib kelmoqda. L.A.Zimin, V.A.Shishkin, A.R.Muhammadjonov, J.Mirzaahmedov kabi olimlar tomonidan olib borilgan arxeologik tadqiqotlar2 natijasida yodgorliklarning voha ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayotida egallagan salmoqli o‘rni aniqlanib, to‘plangan ma’lumotlar ilmiy jamoatchilik hukmiga havola etildi. Shuningdek, bronza davriga oid Zamonbobo yodgorligi Zarafshon arxeologik ekspeditsiyasining a’zolari Yahyo G‘ulomov va Ahmadali Askarov tarafidan o‘rganilib, Buxoro vohasining janubiy-g‘arbiy qismida ibtidoiy madaniyat izlari mavjudligi aniqlandi. Qo‘lga kiritilgan ushbu ilmiy yutuqlarning talabalar diqqatiga havola etilishi, ularning qadimgi mahalliy madaniyat to‘g‘risidagi bilim va tasavvurlarini kengaytiradi3. Buxoro shahrini yoshini aniqlash borasida amalga oshirilgan tadqiqotlar hason o‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda. Vohada ilk shaharlarning vujudga kelishi tabiiy iqlim sharoitlari, geografik joylashuv va asosiysi Zarafshon daryosining ahamiyati bilan belgilanadi. Zarafshon daryosining Xitfar, Rudizar, Qorako‘ldaryo, Moxondaryo kabi irmoqlari Buxoro vohasida o‘troq dehqonchilik va urbanizatsiya jarayonlarining keng yoyilishida muhim o‘rin tutgan. Akademik V.V.Bartold ta’biri bilan aytganda, Buxoro shahri dastlabki paydo bo‘lgan hududini o‘zgartirmasdan, hamon o‘sha joyda qad ko‘tarib turibdi. Aynan shunday holat Buxor shahri hududida arxeologik tadqiqotlar olib borish ishlarini ancha murakkablashtirib yubordi. Shunday bo‘lsa-da, shaharda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar uning qadimiyligini isbotladi. Shuningdek, o‘rta asr tarixchisi Narshaxiyning Buxoro tarixiy topografiyasi yuzasidan qoldirib ketgan ma’lumotlari arxeologik tadqiqotlar natijasida o‘z tasdig‘ini topdi. Milloddan avvalgi IV asrda Buxoro arki qurilajak hudud baland mudofaa devor va keng handak bilan o‘rab olinib, uning etagida 3 ta mustahkamlangan manzilgohlar bunyod etiladi . 1.Мирзақулов Б. “Бухоро тарих зарварақларида”. Монография. 1-китоб, Т., Lesson Press, 2016. – Б. 6 2 Қаҳрамон Ражабов. Бухоро вилояти тарихи. Қисқача маълумотнома. Т., “Тафаккур” нашриёти, 2015,93-бет. 3 Бухоро Шарқ дурдонаси. Т: Шарқ, 1997. – Б. 85 1394 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3 Ushbu manzilgohlardan biri “Firobdiz”, ikkinchisi “Navmichkat”, uchinchisi “Buxoro” deb atalgan. Keyinchalik bu manzilgohlar o‘zaro birlashib va to‘xtovsiz taraqqiy etib, katta shaharga – Buxoro vohasining savdo-hunarmandchilik va ma’muriy markaziga aylangan4. Ilk o‘rta asrlarda Buxoro shahrining faqat uchta sug‘orish tarmoqlari bo‘ylab to‘rt mingga yaqin qasr qurilgan. Ko‘shk va qasrli qo‘rg‘onlarda zodagon dehqonlar, kichik qo‘rgonchalarda esa oddiy mehnatkash aholi istiqomat qilgan hamda dushmanlar hujumidan o’zini himoya qilgan. Dehqonchilikning rivojlanishi, hunarmandchilik va savdo-sotiqning yuksalishi shaharlarning gullab-yashnashiga, hunarmandchilik mahallalarining ko‘payishi

Доказательный фрагмент

«In this article, I would like to discuss in detail the antiquity of Bukhara, the fact that the Silk Road passed through this place, the abundance of various handicrafts and stone tools from Bukhara, as well as the ach…»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, I would like to discuss in detail the antiquity of Bukhara, the fact that the Silk Road passed through this place, the abundance of various handicrafts and stone tools from Bukhara, as well as the ach… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Bukhara city, Zarafshan River, Abdullakhan II, Shaybanis, Poykant, Shayboniylar, Zarafshon daryosi, Abdullaxon II, Zomonbobo, Poykant Varaxsha, dehqonchilik, Rudizar, hunarmandchilik, Buxoro shaxri, Arab xalifaligi.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники