Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TERMINLARNING METAFORIK QO’LLANISHI
TERMINLARNING METAFORIK QO’LLANISHI · Raximova Maloxatxon Odiljon qizi
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
Metaphor, the process of metaphorization, and the metaphorical ability of human thinking have been said a lot to date. Among the many opinions expressed about this phenomenon, which has been considered an effective and illustrative means and charm of speech since ancient times, in recent years, the conclusions that metaphor is a specific aspect of the cognitive process, a method, a mechanism of thinking, a phenomenon of the human mind that is more subtle and significant than it seems, are scientific truths that have been confirmed. [1:13] Keywords. Metaphor, simile, term, nomination, linguistic, speech, emotional-expressive, poetry. МЕТАФОРИЧЕСКОЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ТЕРМИНОВ Аннотация. Много сказано о метафоре, процессе метафоризации, метафорической способности человеческого мышления. Среди совокупности мнений, высказанных по поводу этого явления, которое с древнейших времен считалось действенным и описательным средством и прелестью речи, есть научные факты, получившие подтверждение с последних лет, о том, что метафора представляет собой уникальный аспект познавательного процесса, метод, механизм мышления, явление человеческого разума, более сложное и важное, чем кажется. [1:13] Ключевые слова. Метафора, сравнение, термин, номинация, языковая, речевая, эмоционально-выразительная, поэзия. Oʻzbek tilshunosligida metafora tadqiqiga doir keng qamrovli izlanishlar olib borilgan. 1287 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3 M.M.Mirtojiev metaforalarni nutq hodisasiga va til hodisasiga oid turlarga ajratadi. Til hodisasi boʻlgan metaforalar oddiy metafora, personifikasiya va sinesteziya kabi koʻrinishlarga ega2[2:97] , deb hisoblaydi. Professor N.M.Mahmudov “Sinestetik metaforalar tarkibidagi soʻzlar oʻzaro zid, bir- biriga mutlaqo qarama-qarshi boʻlishi ham mumkin. Bunday gʻayriodatiy birikmalar “oksyumaron birikmalar” ham deb yuritilishini aytib oʻtadi.3[3:80] D.S.Xudayberganova metaforalarni matnda muhim kognitiv-semantik ahamiyat kasb etish bilan birga, til egalarining milliy-madaniy tafakkuriga xos jihatlarni namoyon etuvchi hodisa sifatida baholaydi va oʻxshatish hamda metaforalar asosiga qurilgan matnlarning muayyan tilda qoliplashgan matn shakllarini aniqlash imkoniyatini berishini aytadi. Olima ularni matnning presedent shakllari sifatida baholaydi 4[4:18] hamda kognitiv metaforalarning soʻz, soʻz birikmasi, gap va mikromatn shaklidagi metaforalarga[5;36] ajratilishini qayd etadi. Oʻzbek tilida poetik nutq leksikasini tadqiq etgan B.Umurqulov metaforalar borasida alohida toʻxtaladi hamda tilshunoslar: M.Mirzaev, S.Usmonov, I.Rasulov, R.Qoʻngʻurov, A.N.Kojin, K.A.Dolininning izohlariga 5 [5:59-66] qoʻshimcha tarzda, hozirgi oʻzbek poeziyasida uchraydigan poetik metaforalarni ikkiga boʻlib koʻrsatadi va ushbu guruhlarni 1)umumpoetik metaforalar; 2)individual metaforalar deb nomlaydi. Oʻzbek tilida metaforik koʻchimlarni komponent tahlil usulida tekshirgan G.K.Qobuljonova metaforani oʻrganishning falsafiy asoslarini quyidagicha belgilaydi: 1.Ob'ektivlik (har bir narsa uni oʻrgana boshlagunimizga qadar ham, keyin ham oʻz holicha mavjud). 2.Substansiallik (har qanday oʻrganish ob'ekti, jumladan til birligi oʻz sifatlarining jam-ul jami boʻlmish borliq - materiya). 3.Ziddiyatli hodisalar orasida oraliq holatlarning mavjud boʻla olish imkonini hisobga olish6 [6] deya baholaydi. N.Mahmudov metafora termin yasalishining eng qadimiy turlaridan biri ekanligini e'tirof etgani holda, “metafora tufayli soʻzda yuzaga keladigan ikkilamchi nominasiya imkoniyati, ya'ni soʻz shaklan oʻzgarmasdan qolgan holda unga boshqa tushunchani ifodalash vazifasini yuklash imkoniyati tilda son-sanoqsiz yangi soʻzlar paydo boʻlishining oldini olishini va inson xotirasini mazkur ogʻir yukdan qutqarishini alohida ta'kidlaydi. U terminlarning kommunikasiya jarayonlarini yanada qulaylashtirishdagi benihoya muhim ahamiyati haqida toʻxtalib, ilmiy nutqda maxsus birliklarning terminologik ma'nosi 1288 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3 “ishlasa-da”, uning dastlabki, asl ma'nosi termin ostidagi tushunchaga u yoki bu darajada ishora qilib turishini aytib oʻtadi.”7 [7:6-7] Umuman olganda, “lisoniy va nutqiy koʻrinishda boʻlishidan qat'iy nazar metaforaning asosini, mohiyatini nomlash tashkil qiladi.” 8[8:178-179] Metafora asosida nom koʻchishi predmet, belgi, harakat, holatlarning keng ma'nodagi oʻxshashligiga asoslanadi. Asos konkret, abstrakt boʻlishi mumkin. Metafora tuzilishiga koʻra sodda va kengaygan, badiiy hamda lingvistik metaforalarga ajratiladi. 9 [9:236-237] Metaforik ma'no tilning ifoda imkoniyatini kengaytiradigan muhim vosita sanaladi. Bu holat terminlarning ifoda imkoniyatlarida ham namoyon boʻladi. Ya'ni terminlar ham oʻz navbatida koʻchma ma'no kasb etib, emosional-ekspressiv uslubiy ma'no ifodalash xususiyatiga ega boʻladi. Ilmiy adabiyotlarda terminlarning qoʻllanilish doirasi chegaralangan maxsus leksikaga mansubligi ta'kidlanadi.10[10:17] Tilshunoslikda terminning oʻziga xos muhim jihatlari
Доказательный фрагмент
«Metaphor, the process of metaphorization, and the metaphorical ability of human thinking have been said a lot to date.»
Образец извлечения
Демо-превьюMetaphor, the process of metaphorization, and the metaphorical ability of human thinking have been said a lot to date. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Metaphor, simile, term, nomination, linguistic, speech, emotional-expressive, Metafora, nominasiya, poeziya., nutqiy, lisoniy, termin, emotsional-ekspressiv, o`xshatish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026