Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
JISMONIY TARBIYA VA TASHKILOTLARNI ZAMON TALABLARIGA MOS RAVISHDA RIVOJLANTIRISH
RAVISHDA RIVOJLANTIRISH · Azamat Allaxanov
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
The structure of the lesson affects its effectiveness in various ways - both positively and negatively - and, along with solving the general and specific tasks of the lesson, requires special professional-theoretical and practical knowledge and skills from the teacher regarding the structure of the lesson. Initially, the term "structure of the lesson" was not used. Keywords: Activities within the lesson structure, physical exercises, patterns of lesson structure Structure of the preparatory part of some physical education teachers. Tuzilishiga ko’ra har tomonlama jismoniy rivojlanganlik, estatik va ahloqiy sifatlarni tarbiyalashni maqsad qilib, «sokol gimnastikasi» tizimini asos qilib olgan davrlar XIX asrning o’rtalariga kelib qator Ovrupa malakatlari, jumladan Rossiyada keng ommalasha boshladi. 1270 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3 Uning asoschisi Miroslav Tirsh (1832-1884) bo’lib «sokol gimnastikasi» darsini tayyorlov, asosiy, yakunlov qismi deb ilk bor dars tuzilishini uch qismga ajratdi. Keyinchalik Frantsuz fiziologi va pedagogi Jorj Demeni (1850-1917) jismoniy tarbiya darsining yangi (orginal) tizimini ishlab chiqdi va uni qisqa vaqt ichida ommalashtirishga erishdi. Uning darsi yetti qismdan iborat bo’lib, uni o’tkazishda anatomiya va fiziologiya, gigiena va pedagogika fanlarining yutuqlaridan foydalandi. Etti qismli darsning tuzilishi o’zida o’nta komponentni - darsning vazifalari, vositalari va mashqlarning dozirovkasi (me’yorlanishi)ni mujassamlashtirdi. J.Demenining izdoshlaridan Eber ilk bor darsni majburan ochiq havoda 60 daqiqa davomida o’tkazish taklifi bilan chiqdi. Shunday qilib vaqti chegaralangan, ma’lum tuzilishga ega bo’lgan darslar yuzaga keldi. Darsning tuzilishi uning samaradorligiga turlicha - ham ijobiy, ham salbiy ta’sir ko’rsatadi hamda darsning umumiy va xususiy vazifalarni hal qilish bilan birga o’qituvchidan darsning tuzilishiga oid maxsus kasbiy - nazariy va amaliy bilim va malakalarni talab qiladi. Dastlab «darsning tuzilishi» deb nomlanadigan atamadan foydalanilmagan. Dars haqida fikr bildirish paytida esa uni tarkibiga kiritilgan jismoniy mashqlar, ularni ketma-ketligi vadavomiyligiga qarab, «dars sxemasi» (shartli tasviri) atamasi qo’llanila boshlangan (B.A.Ashmarin,1978; JI. P. Matveev, 1991). Keyinchalik darsga qo’yilgan vazifalar va ularni hal qilish uchun tanlangan jismoniy mashqlar ularning me’yori (dozasi)ga qarab, «dars rejasi» degan atamalar qo’llanildi. Darsning tuzilishi atamasi ilk bor V.V.Belinovich tomonidan (1939) qo’llanildi va uni o’rinli ravishda darsning tuzilishi deb to’g’ri nomlanganligi qator olimlar tomonidan e’tirof etildi. Belinovich darsning tuzilishi unda hal qilinadigan vazifalar va ularni hal qilishga yo’naltirilgan vositalar, usuliyotlarning majmui bilan bog’liqligini uqtirish bilan cheklandi xolos. Lekin, N.N.Efremov (1959) birinchilardan bo’lib mashg’ulotning - kirish, tayyorlov, asosiy va yakunlov qismlarini o’zaro joylanishi va ularning o’zaro munosabatlarini darsning tuzilishi deb atashni tavsiya qildi. K.A.Kuzmina (1960)ning fikriga ko’ra darsning tuzilishi uni qismlarining soni, ularning mohiyati va mazmuni ularda mashqlarning joylashishini ketma- ketligi va darsni har bir qismining davomiyligini o’z ichiga oladi» deb ta’rif berdi. Darsning tuzilishiga oid maxsus ilmiy-uslubiy adabiyotlar va darsliklarda uning tuzilishi uch qismli tarkibdan iborat ekanligi hozirgi kunda qoidaga aylantirilgan. 26 Dars tuzilishining loyihasi, uning qismlarining o’quv materiallarini ketma-ketligi ifodalanadigan o’quv ishlarining xujjatlaridan biri darsning reja-konspekti deb nomladigan matnda ifodalandi. Loyhani tuzish o’qituvchi tomonidan mashqlarni oqilona tanlashga, ularni tug’ri joylashtirish va yuklamani me’yorini lozim bo’lgan darajada belgilash imkonini berdi. 1271 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3 Darsning tuzilishi dastur materiallarini o’zlashtirish uchun aniq vazifalarni belgilab ularni hal qilish uchun izchil o’zlashtirishni, o’zlashtirilgan harakat faoliyati yoki harakat aktini mustaxkamlash va takomillashtirish bilan amalga oshiriladi; dars uchun rejalashtirilgan vazifalarni hal qilishda qo’llaniladigan ta’limning uslubiyotlariga yetarlicha aniqlik kiritilib ularni qanday qo’llash, darsning qismlari yoki ularning ayrim bo’laklaridan qaysi maqsadda foydalanish lozimligiga aniqliklar kiritiladi. Darsni tuzilishining qonuniyatlari haqida gapirishdan avval uni qanday strukturaviy birliklardan tashkil topganligini bo’lajak soha mutaxasisini bilishi lozim bo’ladi. Jismoniy madaniyat darsida har qanday pedagogik vazifalarni hal etish ko’pincha shug’ullanuvchilar organizmidan ma’lum darajadagi zo’riqishini vujudga keltiradi, shuning uchun darsning qismlaridagi zo’riqishga organizmni tegishli darajada funktsional tayyorlash darsning tayyorlov qismida amalga oshiriladi. Buyuk rus olimi akademik I.P.Pavlov organizm qiyin vazifalarni hal etishga tayyor bo’lishini, ayniqsa, jismoniy harakatlar, mashqlarni a
Доказательный фрагмент
«The structure of the lesson affects its effectiveness in various ways - both positively and negatively - and, along with solving the general and specific tasks of the lesson, requires special professional-theoretical…»
Образец извлечения
Демо-превьюThe structure of the lesson affects its effectiveness in various ways - both positively and negatively - and, along with solving the general and specific tasks of the lesson, requires special professional-theoretical… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Activities within the lesson structure, physical exercises, patterns of lesson, Darsni tuzilishining qonuniyatlari Ayrim jismoniy tarbiya o’qituvchilari tayyorlov qismining tuzilishi., Dars strukturasi tarkibidagi faoliyatlar, jismoniy mashqlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026