Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘SMIR YOSHDAGI BOLALARNING AGRESSIV XULQ-ATVORINI KORREKSIYALASH USULLARINI EKSPERIMENTAL MODELI.
N. Qirgʻizboyeva (Alfraganus universiteti 2-kurs magistranti)
Развитие педагогических технологий в современных науках · 2026
Аннотация
Maqolada oʻsmir yoshdagi bolalarning xulq-atvordagi og‘ishishlar, jumladan, agressiv reaksiyalar, oiladagi ota-onalar o‘rtasidagi nizolar, janjallar natijasida bolalarda yuzaga keladigan posttravmatik sindrom deya qayd etilgan simptomokomplekslarning yuzaga kelishi, oiladagi destruktiv munosabatlar ota-onaning bolaga nisbatan bo‘lgan munosabatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib uni bola bilan bo‘ladigan muomalasi, xulq-atvor stereotipi, bola shaxsi, uning xatti-harakatlari, xarakteri, xulqiga nisbatan negativ ko‘z bilan qarashga olib keladigan omillar, agressiv xulq-atvorni vujudga keltirishi mumkin boʻlgan masalalar atroflicha tahlil etilgan. Kalit soʻzi: agressiya, xulq-atvor, zo‘ravonlik, xarakter, ota-ona, bola va xatti-harakatlar. Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi o‘z Mustaqilligini jahon miqyosida yil sayin barqarorlashtirib borar ekan, uning istiqboli bugungi avlodning bilimdon, ma’naviy jihatdan barkamol insonlar bo‘lib yetishishiga bog‘lik. O‘zining mustaqil tarqqiyoti yo‘lidan borayotgan O‘zbekiston Respublikasi istiqlolining ilk yillaridanoq shaxs kamolati, rivoji, ma’naviy barkamolligi hamda shaxs va jamiyat manfaatlarining o‘zaro uyg‘unlashuvi jarayoniga muhim qadriyat sifatida qarab, ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilish, ilmiy kadrlar tayyorlashni zamon talablari darajasiga ko‘tarish masalasini ustuvor soha sifatida belgilash oid. Inson faolligini o‘ziga xosligi shundaki, u muttasil boshqa odamlar yoki o‘zi yaratgan narsalar bilan o‘zaro munosabatda kechishidadir. Ular o‘rtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtiruvchi tabiiy qonunlardan tashqari ijtimoiy hayotning gohida munosabatlar variativligini muayyan darajada belgilab turuvchi ahloqiy normalarning qat’iy qoidalar shaklidagi qonunlari kuchga kiradi. Pirovardida insonlararo o‘zaro munosabatlarni idora qiluvchi bir-birining xatti-harakatini va xulqini, shuningdek boshqa insonlarga qaratilgan xususiy harakatlarni baholash tizimi ishga tushadi. Insonlar tomonidan belgilanadigan munosabatlarni aks ettiruvchi mazkur baholarning nisbiyligi asosiy falsafiy va ahloqiy masaladir. Kimningdir nuqtai-nazariga ko‘ra zaruriyatday tuyuladigan narsa boshqa bir inson uchun nafaqat befoyda, balki zararli deb hisoblanishi mumkin, bir madaniyatda ma’qul sanalgan narsa boshqa bir madaniyatda noma’quldek e’tirof etilishi mumkin. 64 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Shaxsga doir individual taraqqiyot samarasini hamda insonlararo munosabatlarni belgilovchi xulq-atvor va xatti-harakatlarning eng muhim xarakteristkalaridan biri agressivlikdir. Psixologiyada “agressiya” tushunchasi turlicha yondashuv asosida tahlil qilingan bo‘lib, bir guruh tadqiqotchilar agressiyani negativ xulq-atvor modeli sifatida baholasalar, yana bir guruh tadqiqotchilar bu xulq-atvorning pozitiv tomonlari ham mavjudligini ta’kidlaydilar. Maqsad: O‘smirlik davridagi agressiv xulq-atvorning tarkib topishiga tasir etuvchi obektiv va subektiv omillar tasirini kamaytirish orqali agressiv xulq- atvorni oldini olish yoki birmuncha yengillashtirish. Vazifalar: 1. Agressiv xulq-atvor destruktiv xarakterga ega ekaniligini bola tomonidan anglab yetishga ko‘maklashish. 2. Agressiyani o‘riniy ifodalash usullarini o‘rgatish va emotsional zo‘riqishlardan xolos bo‘lish. 3. Bolada o‘z emotsiyasini to‘g‘ri namoyon qila bilish va agressiv reaksiyalarini jilovlay olishga qaratilgan bilimlarni xosil qilish. 4. Bola boshqa odamlarning kechinmalari, xolati va qiqishlarini tushunib yetishiga yordam berish. Tadqiqot ob’ekti: O‘smir yoshidagi o‘quvchilar Tadqiqot predmeti: O‘smirlarni ijtimoiy muhitga moslashmaganligi natijasida kelib chiquvchi tajovuzkor xulq-atvorning xususiyatlarini o‘rganish. Agressiya va agressivlik tushunchalarini bir-biridan ajratib tahlil qilish lozimdir. Agressiya - bu odamlar, odamlar guruhiga nisbatan jismoniy va ruhiy zarar yetkazishga qaratilgan individual yoki jamoaviy xatti-harakatlar majmui bo‘lib hisoblanadi. Agressivlik - shaxsning nisbatan barqaror xususiyati bo‘lib, u agressiyaga tayyorgarlikni ifodalash bilan birga dushmanlik asosida boshqalarning xulq-atvori, xatti-harakatini qabul qilish va tushunishga moyillikni bildiradi. Agressivlik barqarorlik kuchi hamda shaxs tuzilishining bir qismi sifatida xulq-atvorning umumiy tendensiyasini oldindan aniqlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Demak, agressiya - bu jismoniy yoki ruhiy zarar yetkazishga yo‘naltirilgan har qanday xulq-atvor shaklidir. Ushbu ta’rifda ta’kidlanishicha, agressiya - bu emotsiya yoki motiv emas, balki xulq-atvor modelidir. Garchi agressiya aksariyat hollarda haqoratlash yoki zarar yetkazishga intilish bilan bog‘lik bo‘lgan motivlar asosida hamda negativ emotsiyalar jumladan, qahr, g‘azab, tajanglik bilan bog‘lik tarzda assotsiatsiya qilindi. “Agressiya” - kimgadir ziyon yetkazuvchi xulq-atvorning har qanday ko‘rinishidir. Ikkinchisi, odamning botini (niyatlari) bilan bog‘lik, ya’ni insonni 65 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENC
Доказательный фрагмент
«Maqolada oʻsmir yoshdagi bolalarning xulq-atvordagi og‘ishishlar, jumladan, agressiv reaksiyalar, oiladagi ota-onalar o‘rtasidagi nizolar, janjallar natijasida bolalarda yuzaga keladigan posttravmatik sindrom deya qay…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada oʻsmir yoshdagi bolalarning xulq-atvordagi og‘ishishlar, jumladan, agressiv reaksiyalar, oiladagi ota-onalar o‘rtasidagi nizolar, janjallar natijasida bolalarda yuzaga keladigan posttravmatik sindrom deya qay… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- xarakter, ota-ona, xulq-atvor, zo‘ravonlik, agressiya, bola va xatti-harakatlar.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025