Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ELEKTRONIKA VA ASBOBSOZLIK YO‘NALISHIDA TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING VERTIKAL VA GORIZONTAL INTEGRATSIYASI
GORIZONTAL INTEGRATSIYASI · Mamarajabov Mirsalim Elmirzayevich · Barotov Fayzullo Shukurovich
Развитие педагогических технологий в современных науках · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada elektronika va asbobsozlik yo‘nalishida texnik tizimlarda axborot texnologiyalarining vertikal va gorizontal integratsiyasi o‘rganiladi. Vertikal integratsiya doirasida fundamental va muhandislik fanlari asosida texnologik hamda dasturiy integratsiya tahlil qilinadi. Gorizontal integratsiya esa muhandislik, iqtisodiyot, menejment va axborot texnologiyalarining o‘zaro bog‘liqligini aks ettiradi. Ushbu integratsiya texnologik jarayonlarni takomillashtirish va raqamli boshqaruv tizimlarini rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Ilmiy maqola soha bo‘yicha asosiy fanlararo bog‘liqliklar tahlil qilinib, ularning texnologik tizimlarga ta’siri yoritiladi. Kalit so‘zlar: elektronika, asbobsozlik, axborot texnologiyalari, texnik tizimlar, vertikal integratsiya, gorizontal integratsiya, avtomatlashtirish, modellashtirish. Elektronika va asbobsozlik yo‘nalishida axborot texnologiyalarining ahamiyati kundan-kunga ortib bormoqda. Texnik tizimlarda innovatsion texnologiyalarning joriy etilishi va ularning turli fanlar bilan integratsiyasi samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi. Mazkur maqolada axborot texnologiyalarining texnik tizimlarda qo‘llanilishi va ularning integratsiya yo‘nalishlari o‘rganiladi. Vertikal integratsiya Vertikal integratsiya – bu fanlarning o‘zaro uzviyligi va rivojlanish bosqichlari bo‘yicha bog‘lanishidir: Fundamental fanlar: Fizika va Oliy matematika fanlari elektronika va asbobsozlik tizimlarida axborot texnologiyalarini qo‘llash uchun nazariy asoslarni yaratadi [1]. Muhandislik asoslari: Nazariy elektrotexnika, Elektron texnika materiallari va elementlari fanlari elektron qurilmalar va sxemalar bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantiradi [2]. 85 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Texnologik integratsiya: Elektron asboblar va integral sxemalar, Analog va raqamli sxemotexnika, Nazorat, sensorlar va qurilmalar fanlari texnik tizimlarda ma’lumotlar uzatish va boshqarish jarayonlarini o‘rganish imkonini beradi [3]. Dasturlash va modellashtirish: Mikrokontrollerlar va mantiqiy dasturlanadigan kontrollerlar, Elektronikada kompyuterli modellashtirish fanlari avtomatlashtirish va raqamli boshqarish jarayonlarini chuqur o‘zlashtirishni ta’minlaydi [4]. Gorizontal integratsiya Gorizontal integratsiya turli fanlar va yo‘nalishlarning bir-biriga ta’siri orqali yangi texnologik echimlarni yaratishga imkon beradi: Muhandislik va kompyuter grafikasi – elektron qurilmalar va sxemalarni loyihalash jarayonlarini tasviriy ifodalash va modellashtirishni ta’minlaydi [5]. Soha iqtisodiyoti va menejmenti – elektronika va asbobsozlik tizimlarini samarali boshqarish, iqtisodiy samaradorligini baholash va sanoat jarayonlariga tatbiq etishni o‘rganish imkonini beradi [6]. Axborot texnologiyalarining amaliy qo‘llanilishi – nazorat, avtomatlashtirish va raqamli tizimlarni rivojlantirish uchun sensorlar, modellashtirish va dasturlash elementlarini birlashtirishga xizmat qiladi [7]. Xulosa Elektronika va asbobsozlik sohasida axborot texnologiyalarining vertikal va gorizontal integratsiyasi muhandislik tizimlarini samarali ishlashiga zamin yaratadi. Vertikal integratsiya nazariy fanlardan tortib, texnologik jarayonlarga qadar bo‘lgan bosqichlarni qamrab oladi, gorizontal integratsiya esa turli sohalararo hamkorlik orqali yangi texnologik yechimlarni ishlab chiqishga imkon beradi. Kelgusida ushbu integratsiyalarning yanada rivojlanishi avtomatlashtirish va aqlli tizimlarni yaratishda muhim rol o‘ynaydi.
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada elektronika va asbobsozlik yo‘nalishida texnik tizimlarda axborot texnologiyalarining vertikal va gorizontal integratsiyasi o‘rganiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada elektronika va asbobsozlik yo‘nalishida texnik tizimlarda axborot texnologiyalarining vertikal va gorizontal integratsiyasi o‘rganiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- avtomatlashtirish, modellashtirish., asbobsozlik, gorizontal integratsiya, elektronika, texnik tizimlar, axborot texnologiyalari, vertikal integratsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025