К содержанию
РецензированоUZ2026

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA INFORMATIKA FANINI INTERFAOL O‘QITISH USULLARI

INTERFAOL O‘QITISH USULLARI

Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada informatika fanida interfaol ta’lim resurslaridan foydalanishning ahamiyati, qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar va samarali o‘qitish usullari haqida batafsil so‘z yuritiladi. Shuningdek, informatika fanida interfaol ta’lim resurslaridan foydalanishning ahamiyati va samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari interfaol ta’limning o‘quvchilar bilimini mustahkamlash va mustaqil o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirishda muhimligini ko‘rsatadi. Аннотация. В статье анализируется важность и эффективность использования интерактивных образовательных ресурсов в обучении информатике. Будут рассмотрены среды визуального программирования, виртуальные лаборатории, платформы онлайн-обучения и методы обучения на основе искусственного интеллекта. Результаты исследования демонстрируют важность интерактивного обучения в укреплении знаний студентов и расширении их возможностей для самостоятельного обучения. Аннотация. The article analyzes the importance and effectiveness of using interactive educational resources in computer science. Visual programming environments, virtual laboratories, online learning platforms, and artificial intelligence-based teaching methods are considered. The results of the study show the importance of interactive education in consolidating students' knowledge and expanding their opportunities for independent learning. Kalit so’zlar: Raqamli texnologiyalar, vizual dasturlash, gamifikatsiya, masofaviy ta’lim, onlayn ta’lim platformalari, sun’iy intellekt, virtual laboratoriyalar, dasturlash asoslari, adaptiv o‘qitish, ta’lim resurslari, innovatsion pedagogika, loyihaviy ta’lim. Ключевые слова: Цифровые технологии, информатика, визуальное программирование, геймификация, дистанционное обучение, платформы онлайн-обучения, искусственный интеллект, виртуальные лаборатории, основы программирования, адаптивное обучение, образовательные ресурсы, вовлеченность студентов, инновационная педагогика, проектное обучение. 153 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Keywords: Digital technologies, computer science, visual programming, gamification, distance learning, online learning platforms, artificial intelligence, virtual laboratories, programming fundamentals, adaptive learning, educational resources, student engagement, innovative pedagogy, project-based learning. Bugungi kunda ta’lim tizimi tez sur’atlar bilan raqamlashtirilmoqda. Axborot texnologiyalarining rivojlanishi natijasida an’anaviy ta’lim shakllari o‘zgarib, interfaol va innovatsion o‘qitish usullari keng qo‘llanila boshlandi. Ayniqsa, informatika fanida raqamli texnologiyalar va interfaol ta’lim resurslaridan foydalanish o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshirish, amaliy bilimlarni mustahkamlash hamda ularning mustaqil ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi. Informatika fani bugungi kunda eng muhim va zamonaviy fanlardan biri hisoblanib, uning interfaol ta’lim usullari orqali o‘qitilishi o‘quv jarayonini samarali va qiziqarli qilish imkonini beradi. Interfaol ta’lim — bu o‘qitish jarayonida faqatgina o‘qituvchining emas, balki o‘quvchining ham faol ishtirokini talab qiladigan yondashuvdir. Interfaol ta’limning asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat: - O‘quvchilarning faolligini oshiradi. An’anaviy darslar bilan taqqoslaganda, interfaol usullar o‘quvchilarni dars jarayoniga faol jalb etadi. - Nazariy va amaliy bilimlarni uyg‘unlashtiradi. Dasturlash, algoritmik tafakkur va axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalari interaktiv mashg‘ulotlar orqali mustahkamlanadi. - O‘quvchilar mustaqil ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Zamonaviy ta’lim resurslari ularga har qanday joyda va istalgan vaqtda bilim olish imkonini beradi. - Muloqot va hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Jamoaviy loyiha va muhokamalar orqali o‘quvchilar o‘zaro fikr almashish va jamoada ishlashni o‘rganadilar. Informatika fanini samarali o‘qitishda quyidagi zamonaviy raqamli texnologiyalar va vositalar keng qo‘llanilmoqda: Vizual dasturlash muhitlari: - MIT App Inventor – boshlang‘ich dasturchilar uchun mo‘ljallangan platforma bo‘lib, u orqali o‘quvchilar oddiy mobil ilovalarni yaratishi mumkin. - Scratch – bolalar va boshlang‘ich sinf o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan vizual dasturlash muhiti. Bu dastur o‘quvchilarga dasturlashning asosiy tamoyillarini o‘rgatish imkonini beradi. 154 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference - Code.org – boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan dasturlash platformasi bo‘lib, blokli kodlash asosida ishlaydi. Interaktiv o‘yinlar va baholash tizimlari: Kahoot, Quizizz, Plickers – bu vositalar yordamida o‘quvchilar dars jarayonida test topshiriqlarini bajara oladi va natijalarini real vaqt rejimida ko‘rishlari mumkin. Xususiyatlari esa, quyidagisha: - o‘qituvchi real vaqtda viktorina o‘tkazishi yoki o‘quvchilar mustaqil ravishda test topshiriqlarini bajara ol

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada informatika fanida interfaol ta’lim resurslaridan foydalanishning ahamiyati, qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar va samarali o‘qitish usullari haqida batafsil so‘z yuritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada informatika fanida interfaol ta’lim resurslaridan foydalanishning ahamiyati, qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar va samarali o‘qitish usullari haqida batafsil so‘z yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Digital technologies, computer science, visual programming, adaptiv o‘qitish, vizual dasturlash, onlayn ta’lim platformalari, gamifikatsiya, innovatsion pedagogika, masofaviy ta’lim, loyihaviy ta’lim., Raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, virtual laboratoriyalar, dasturlash asoslari, ta’lim resurslari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники