К содержанию
РецензированоUZ2023

UZOQ MUDDATLI DAVOLANISHGA MUHTOJ BOLALARNI TIBBIYOT MUASSASALARIDA OʻQITISHNING TARBIYAVIY OMILLARI

Bahriddinova Munisa

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2023

Аннотация

Ushbu maqola gospital pedagogika sohasiga oid manba va adabiyotlarni chuqur o‘rganish va tahlil qilish natijasida olingan bilimlar asosida «Mehrli maktab» va unda ta’lim oluvchi o‘quvchilar jamoasi haqida, jumladan, bugungi kunda respublika hududida tashkil etilgan «Mehrli maktabning faoliyati va uzoq muddatli davolanuvchi bolalar uchun yaratilgan shart sharoitlar, qaror va farmonlar to’g’risida yoritilgan Kalit so’zlar: Davolash-profilaktika muassasalari,sil kasalligi, tayanch tizimi kasalliklari, ruhiy asab tizimi kasalliklari, «Uchim znaem»,2023-yil 29- martdagi 134-sonli qarori, Rossiya Federatsiyasi, «Mehrli maktab». Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Davolash-profilaktika muassasalarida statsionar sharoitda uzoq muddat davolanishga muhtoj bolalarga umumiy o‘rta ta'lim berishni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi. Davolash-profilaktika muassasalarida statsionar sharoitda uzoq muddat davolanishga muhtoj bolalarga umumiy o‘rta ta'lim berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, davolash- profilaktika muassasalari qoshidagi umumiy o‘rta ta'lim maktablari davlat ta'lim standartlari hamda ular asosida ishlab chiqilgan maxsus ta'lim (aqli zaif va ruhiy rivojlanishda orqada qolgan bolalar uchun) talablariga muvofiq har bir shaxsning ta'lim va tarbiya olishdagi konstitutsiyaviy huquqini ro‘yobga chiqarish, ularning umumiy o‘rta ta'lim olishini va bilish imkoniyatlariga muvofiq tarbiyalash maqsadida tashkil etiladi. Davolash-profilaktika muassasalari qoshidagi umumiy o‘rta ta'lim maktablarida ta'lim olish bepul amalga oshiriladi. Davolash-profilaktika muassasalari qoshidagi umumiy o‘rta ta'lim maktablari ixtisoslashuviga muvofiq quyidagi turlarga bo‘linadi: I - sil kasalligi va uning shakllariga chalingan bolalar uchun davolash-profilaktika muassasalari qoshidagi umumiy o‘rta ta'lim maktablari; II - tayanch tizimi kasalliklari va ularning asoratlariga chalingan bolalar uchun davolash- profilaktika muassasalari qoshidagi umumiy o‘rta ta'lim maktablari; III - ruhiy asab kasalliklariga chalingan bolalar uchun davolash-profilaktika muassasalari qoshidagi umumiy o‘rta ta'lim maktablari. Davolash-profilaktika muassasalari qoshidagi umumiy o‘rta ta'lim maktablarida umumiy o‘rta ta'lim boshlang‘ich ta'lim (I — IV sinflar) hamda umumiy o‘rta ta'lim (I —XI sinflar) bosqichlaridan iborat bo‘lib, kunduzgi ta'lim shaklida amalga oshiriladi.O‘quvchilarga davlat ta'lim standartlari va talablariga mos umumiy o‘rta ta'lim beriladi. Ta'lim-tarbiya jarayoni umumiy o‘rta ta'limning davlat standartiga muvofiq holda belgilanadi.Maxsus ta'lim O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda, o‘quv rejalari va dasturlari asosida, maxsus korreksion tuzatish uslublaridan foydalanilgan holda olib boriladi.30 kun va undan ortiq davr mobaynida davolanadigan o‘quvchi yoshidagi bemorlar davolash-profilaktika muassasasi qoshidagi umumiy o‘rta ta'lim maktabiga qabul qilinayotganda o‘zi ta'lim olayotgan 34 umumiy o‘rta ta'lim maktabining rahbariyati tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan yozma ma'lumotnoma taqdim qiladi. Davolash-profilaktika muassasasi qoshidagi umumiy o‘rta ta'lim maktabida sinflardagi o‘quvchilar soni 10-20 nafarni tashkil etadi. Sinfdagi o‘quvchilar soni yetarli bo‘lmagan hollarda, boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar (1-3-sinf, 2-4-sinf, 1-4-sinf) komplekt sinflarga birlashtiriladi, yuqori sinflarda o‘quvchi sonidan qat'iy nazar sinflar ochishga ruxsat etiladi.Dars soatining davomiyligi 40 daqiqadan iborat bo‘ladi1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 05.05.2022 yildagi 234-son2 qarorida Gematologiya, onkologiya, klinik immunologiya, boshqa statsionar va uzoq muddatli ambulator davolanishda bo‘lgan bolalarga uzluksiz ta’lim-tarbiya berishni ta’minlash maqsadida qabul qilindi. Xalq ta`limi vazirligida Rossiya Federasiyasining uzoq muddat davolanishga muhtoj bolalar uchun stasionar sharoitida ta`lim berish bilan shug`ullanadigan «Uchim znaem» loyihasi rahbarlari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Hukumatning tegishli qarori bilan gematologiya kasalligi bilan davolanayotgan bolalarga uzluksiz ta`lim jarayonlarini tashkil etish vazifasi belgilangan. Bu borada «Zamin» Xalqaro jamoat fondi ko`magida yurtimizda gematologiya va onkologiya kasalligi bilan davolanayotgan bolalar uchun ta`lim jarayonini tashkil etishga yo`naltirilgan «Mehrli maktab» loyihasi amalga oshiriladi. Loyihani O`zbekistonda muvaffaqiyatli joriy etish maqsadida 7 yildan buyon Rossiya Federasiyasida o`z faoliyatini olib borayotgan «Uchim znaem» loyihasining tajribasi o`rganilib, loyihani yurtimizda amalga oshirish borasida takliflari o`rganildi. «Mehrli maktab» loyihasini amalga oshirish uchun Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy markazi yonida joylashgan 182-maktab tanlandi.Hamkorlar bilan uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalarga ta`lim beradigan pedagoglarni tanlash va ularni malakasini oshirish, o`quv reja va dasturla

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola gospital pedagogika sohasiga oid manba va adabiyotlarni chuqur o‘rganish va tahlil qilish natijasida olingan bilimlar asosida «Mehrli maktab» va unda ta’lim oluvchi o‘quvchilar jamoasi haqida, jumladan, b…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola gospital pedagogika sohasiga oid manba va adabiyotlarni chuqur o‘rganish va tahlil qilish natijasida olingan bilimlar asosida «Mehrli maktab» va unda ta’lim oluvchi o‘quvchilar jamoasi haqida, jumladan, b… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tayanch tizimi kasalliklari, 2023-yil 29- martdagi 134-sonli qarori, «Mehrli maktab»., ruhiy asab tizimi kasalliklari, «Uchim znaem», Rossiya Federatsiyasi, Davolash-profilaktika muassasalari, sil kasalligi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники