Обзор законодательства УзбекистанаИ Эргашев2019
O‘ZBEK TILI FUNKSIONAL USLUBLARI TIZIMIDA PUBLITSISTIK USLUBNING AHAMIYATI
Aminova Nafisa Istamovna
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Oʼzbek tilida har bir funksional uslub o‘ziga xos vazifalarni bajarib, har bir uslub adabiy tildan o‘ziga eng mos bo‘lgan so‘z va iboralarni, grammatik shakl va konstruksiyalarni tanlab oladi. Masalan, ilmiy nutq aniqlik va qat’iylikni, badiiy nutqda tasviriylik, publitsistik uslubda tushunarlilik, emotsionallik ustunlik qiladi. Har bir uslubning o‘z janrlari bo‘lib, janrlar o‘z mavzu doirasiga ega. O‘zbek tili funksional uslublari orasida publitsistik uslub bugungi kunda ahamiyati tobora ortib borayotgan uslublardan biridir. Kalit so‘zlar: stil, funksional stilistika, notiqlik, publitsistik janr. Tilshnoslikda “stilistika” atamasi yononcha so‘z bo‘lib “stylos” – yozuv, xat tayoqchasi, suyakdan qilingan uchli tayoqcha degan ma’nolarni bidiradi. Qadimgi yunonlar mum surtilgan taxtachaga uchli tayoqcha bilan yozishgan, bu tayoqchaning tepa tomoni kurakchaga o'xshar edi. Xato yozilgan so‘zni tayoqchaning kurakchaga o‘xshagan tomoni bilan taxtachadagi mumni tekislash orqali o‘chirishgan va uchli tomoni bilan to‘g‘rilab yozishgan. Qadimdanoq stil so‘zi “bo‘g‘in, nutq stili” ma’nosida qo‘llana boshlangan.1 Shundan kelib chiqib, stilistika uslubshunoslik deya atalib, tilning leksik-frazeologik, fonetik, morfologik, soʻz yasalishi va sintaktik sathlarda funksional qatlamlanishining mohiyati va oʻziga xosliklarini oʻrganuvchi, adabiy tilni turli lisoniy vaziyatlarda, yozma adabiyotning xilma-xil tur va janrlarida, ijtimoiy hayotning turli sohalarida qoʻllash meʼyorlari va usullarini tavsiflovchi tarmogʻi. Stilistikada parallel sinonimik til ifodalaridagi maʼnoviy va ekspressiv nozikliklar, lisoniy birliklarning oʻzaro munosabatdosh variantlari oʻrganiladi. Bunday variantlarda ular orasidan muayyan nutqiy vaziyat uchun zarur boʻlganini tanlab olish imkoniyati mavjud boʻladi. Stilistikaning asosiy o‘rganish mavzusi bo‘lmish uslubning serqirraligi sababli uni funksional stilistika, lisoniy birliklar stilistikasi, matn stilistikasi, badiiy adabiyot (badiiy nutq) stilistikasi, amaliy stilistika, qiyosiy stilistika, tarixiy stilistika kabi turlarga boʻlib o‘rganilgan. Stilistikaning fan sifatida shakllanishi, rivojlanishi va oʻrganilishi Gʻarbda Antik davrlarga, Sharqda esa Oʻrta asrlarga toʻgʻri kelgan. Stilistika Sharq mamlakatlarida, jumladan, Oʻzbekistonda, garchi hozirgiday alohida soha sifatida boʻlmasa ham, lekin tilshunoslik (grammatika, lugʻat), adabiyotshunoslik (ilmiy badeʼ, istiora, tafsir), shuningdek, ilmi insho, voizlik, notiqlik sanʼati kabi fanlar tarkibida oʻrgatib kelingan. Oʻtgan asrda Oʻzbekistonda stilistika ayniqsa umumiyfunksional stilistika va badiiy adabiyot stilistikasi mustaqil fan tarmogʻi sifatida shakllana va rivojlana boshlagan. Bunda Fitrat, Choʻlpon, Oybek, P.Qodirov kabi yozuvchilarning, M.Qoʻshjonov, Q.Samadov, I.Qoʻchqortoyev, A.Shomaqsudov singari olimlarning hissalari katta boʻlgan. Har bir uslub boshqalardan faqat o‘ziga xos xususiyatlari, vazifasi, lisoniy birliklardan foydalanish imkoniyatlari va o‘ziga xos terminologiyasi bilan farq qiladi. Shunday qilib, badiiy uslub oldiga hayot va ob'ektiv voqelik hodisalarini obrazli tasvirlash va izohlash, tasvirlangan hodisalarga estetik munosabat bildirish maqsadi qo'yiladi; ilmiy oldin - mantiqiy 1 Sultonsaidova S, Sharipova O’. O‘zbek tili stilistikasi. (O’quv qo’llanma) Toshkent, 2009. 63 ma'lumotlarni uzatish, uning haqiqat, yangilik va qimmatliligini isbotlash. Oxirgi ifodalilikka nisbatan aniqlik, xolislik, mantiqiy izchillik, qisqalik va neytrallik xususiyatiga ega bo‘lgan o‘ziga xos atamalar bilan tavsiflanadi.2 Publitsistika lotincha “publicus” so'zidan olingan bo'lib, ijtimoiy, ommaviy degan ma’nolarni ifodalaydi. Publitsistik stil siyosiy g‘oyaviy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy munosabatlarni aks cttiruvchi asarlarda ishlatiladigan stildir. 3 Publisistik materiallarning paydo bo‘lishi va jamiyatda bu jarayonning vujudga kelishi o‘ziga xosdir. Dastlabki publitsistik materiallar XIX asrda Muqimiy, Furqat, Zavqiy singari adabiyotimiz vakillari o‘z zamonining ijtimoiy illatlarini fosh etgan hajviy she’rlarini qo‘lyozma holida tarqatgan davrlarda vujudga kelgan. Bunday qo‘lyozmalar ko‘pchilik ko‘radigan joylarga osib, yopishtirib qo‘yilgan.4 Zavqiyning “Muncha ko‘p” radifli muxammasi, “Ajab zamona” misrasi bilan boshlanuvchi muxammaslarida, “Yangiqo‘rg‘on qishlog‘i”, “Suv janjali”, “Shohimardon sayohati she’rlarida”, “Voqeai qozi saylov” masnaviysida zamonasidagi eng o‘tkir mavzular, adolatsizlik, huquqsizlik, mashaqqatli hayot aks etgan. Bu turkumda “qish-u yoz, kecha-yu kunduz mehnatda kuyib ishlayotgan”, “g‘amli kuyuk kulchasini ham umrida to‘yib yemagan”, “oriq, rangi sariq, qorni ochliqdan shishgan” singari o‘xshatishlarda dehqonlarning holati aks ettiriladi. Bu davrda qo‘lyozma varaqalar muhim axboriy va ijtimoiy-siyosiy vazifalarni bajargan. Vaqt o‘tishi bilan qo‘lyozma varaqalar nusxasini ko‘paytirish qiyinligi va qo‘lda yozilishi sababli talabga javob bermay qoladi. Fan texnikaning rivojlanishi va bosma dastgohning ixtiro qili
Доказательный фрагмент
«Oʼzbek tilida har bir funksional uslub o‘ziga xos vazifalarni bajarib, har bir uslub adabiy tildan o‘ziga eng mos bo‘lgan so‘z va iboralarni, grammatik shakl va konstruksiyalarni tanlab oladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюOʼzbek tilida har bir funksional uslub o‘ziga xos vazifalarni bajarib, har bir uslub adabiy tildan o‘ziga eng mos bo‘lgan so‘z va iboralarni, grammatik shakl va konstruksiyalarni tanlab oladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- notiqlik, publitsistik janr., funksional stilistika, stil
Смежные источники
Общество и управлениеСадык Сафаев2013
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025