К содержанию
РецензированоUZ2026

OILA VA XOTIN-QIZLAR SIYOSATINI RIVOJLANTIRISHDA JAMOATCHILIK KENGASHLARINING ROLI

KENGASHLARINING ROLI · Ibragimova Zulfiya Mudarifovna

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

This article examines the role of public councils in developing family and women's policies, focusing on their measures and international experiences, particularly those of the USA and Türkiye. By analyzing statistical data and examples, the article highlights the councils' tasks in areas such as family, education, labor markets, and gender issues. Recommendations are provided to strengthen women's rights and opportunities in society, offering practical insights for social development. Kew words: family, women, community councils, “Women’s Enlightenment”, USA, Türkiye. Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini, uning barqarorligi va farovonligi mamlakat taraqqiyotining muhim omillaridan biridir. Keyingi yillarda xotin-qizlar masalasiga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida qaralmoqda. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-208-sonli farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini tartibga solish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” gi qarori bu yo‘nalishdagi muhim qadamlardan bo‘ldi. Shu asosda, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin qizlar qo‘mitasining bo‘ysunuvi to‘g‘ridan to‘g‘ri Vazirlar Mahkamasiga o‘tkazildi. Ushbu qonun hujjatlari asosida O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining maqomi, asosiy vazifa va funksiyalari, huquq va burchlari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibi qayd etilgani bilan ham ulkan ahamiyatga ega. Xususan, Farmonda qator masalalarni hal etishga qaratilgan chora tadbirlar qatorida ilmiy va amaliy tadqiqotlar natijalari asosida erkaklar va xotin qizlar teng huquqliligini ta’minlash bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari hamda jamiyatda qulay shart-sharoit yaratish maqsadida Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot instituti negizida Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etilishi va uning asosiy vazifalari belgilab berilishi xotin-qizlarga bo‘lgan e’tiborning oshib borayotganining amaliy isbotidir. Jumladan, yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan muloqot jarayonida Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarning kontrakti davlat tomonidan qoplab berilayotgani hisobiga talaba qizlar soni 11 karra ko‘payganini aytib, “men bir hayotiy fikrni takrorlashdan charchamayman: bitta qizni o‘qitsak, butun oilani o‘qitgan bo‘lamiz. Oila bilimli, ma’rifatli bo‘lsa, butun jamiyat bilimli, ma’rifatli bo‘ladi. Bu boradagi ishlarni yanada jadal davom ettiramiz”, – ta’kidladi. 70 Shu nuqtayi nazardan, xotin-qizlar siyosatini takomillashtirishda jamoatchilik kengashlarining ham o‘z o‘rni va mas’uliyatlari oshib, alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu maqolada Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzurida tashkil etilgan “Ayol ma’rifati” jamoatchilik kengashining faoliyati tahlil qilinib, AQSh va Turkiya tajribalari asosida xalqaro yondashuvlar ham o‘rganiladi. Jamoatchilik kengashlarining asosiy vazifalari va ularning o‘rni O‘zbekistonda “Ayol ma’rifati” jamoatchilik kengashi oila va xotin-qizlar qo‘mitasining doimiy faoliyat yurituvchi organi sifatida ishlaydi. Ular oila mustahkamligini ta’minlash, xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha muhim dasturlarni amalga oshiradi. Xususan, ushbu kengash quyidagilarni amalga oshirib borishni nazarda tutadi: 1. Ayollar ma’rifatini oshirish va gender tengligini ta’minlashga qaratilgan loyiha va dasturlarni ishlab chiqish; 2. Oila qadriyatlarini targ‘ibot qilish, milliy tarbiya usullarini zamonaviy yondashuvlar bilan uyg‘unlashtirish; 3. Ayollarni ta’lim va ilmiy faoliyatga keng jalb qilish orqali ularning jamiyatdagi rolini mustahkamlash. “Ayol ma’rifati” jamoatchilik kengashi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari asosida faoliyat yuritadi va o‘z qarorlarini tavsiyanoma sifatida jamoatchilikka taqdim etadi. Dunyo hamjamiyatida ham bunday kengashlar doimiy ravishda o‘z faoliyatini olib boradi, ular bir-biridan ish uslubi, vazifa, maqsad va hokazo nuqtai nazardan farq qilishlari mumkin. Jumladan, jahonning qator davlatlari qatorida AQSh va Turkiyada ham xotin-qizlar masalasiga alohida yondashadigan qo‘mita va tashkilotlar mavjud. Masalan, AQSh tajribasida quyida nomlari keltirilgan turli davlat va nodavlat tashkilotlar bu mamlakatdagi gender tengligini ta’minlash va xotin-qizlar huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalariga birdek yondashadi: Milliy xotin-qizlar tashkiloti (NOW – National Organization for Women) 1966 yilda tashkil topgan bo‘lib, u AQShdagi eng yirik xotin-qizlar tashkilotlardan biridir. U xotin- qizlarning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tengligini ta’minlashga qaratilgan turli kampaniyalar va dasturlarni amalga oshiradi. NOW reproduktiv huquqlar, gender tengligi, zo‘ravonlikka qarshi kurash va boshqa masalalarda olib borgan faoliyatlari bilan tanilgan, jumladan, uning web- sahifasida “NOWning asosiy maqsadi – feminizm g‘oyalarini ilgari sur

Доказательный фрагмент

«This article examines the role of public councils in developing family and women's policies, focusing on their measures and international experiences, particularly those of the USA and Türkiye.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article examines the role of public councils in developing family and women's policies, focusing on their measures and international experiences, particularly those of the USA and Türkiye. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
jamoatchilik kengashlari, “Ayol ma’rifati”, oila, Turkiya, AQSh, xotin-qizlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники