American Journal Of Social Sciences And Humanity ResearchBakirova Umida Bakhtiyor Kizi2021
HAJ VA UMRA IBODATIGA DOIR ZAMONAVIY FATVOLAR
Ahmadxonov Yosinxon Nurulloh o‘g‘li · Mirodil Xaydarov
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada haj va umra ibodatiga doir zamonaviy fatvolar tahlil qilinadi. Islom huquqshunosligining asosiy manbalariga tayanib, zamonaviy ilmiy-texnologik yutuqlar va ijtimoiy sharoitlar nuqtayi nazaridan haj va umra ibodatlariga oid muhim fatvolar o‘rganiladi. Xususan, pandemiya sharoitida haj va umra amallarining o‘zgartirilishi, zamonaviy transport vositalaridan foydalanish, elektron viza va onlayn ro‘yxatdan o‘tish kabi yangi masalalar islom ulamolari tomonidan qanday hal qilinayotgani tahlil qilinadi. Shuningdek, haj va umra amallarini ado etishda qulaylik yaratish maqsadida berilgan fatvolar ham o‘rganiladi. Maqola haj va umra ibodatini bajarishda zamonaviy yondashuvlar va shariat tamoyillari uyg‘unligini yoritib beradi. Kalit so‘zlar: Fatvo, muftiy, haj, umra, zamonaviy fatvolar, shariat, fiqh, islom huquqi, zamonaviy texnologiyalar. Kirish. Haj va umra ibodatlari islom dinining muhim amallaridan bo‘lib, ularda musulmonlar uchun buyuk ibratlar va Allohga yaqinlashish vositalari mujassamdir. Haj islomning besh ruknidan biri bo‘lib, moliyaviy imkoniyati va salomatligi yetarli bo‘lgan har bir musulmonga farz qilingan. Umra esa sunnat ibodat sifatida yuqori savobga egadir. Ushbu ibodatlarni shariatga muvofiq va komil suratda bajarish har bir musulmon uchun zarurdir, chunki bu ibodatlar faqat tashqi harakatlardan iborat bo‘lmay, balki qalbni Allohga yaqinlashtiruvchi yuksak ma’naviy ozuqa hamdir. Bugungi kunda O‘zbekistonda haj va umra ibodatlariga bo‘lgan e’tibor oshib bormoqda. Bu ibodatlarni amalga oshirishni istovchi kishilar soni yildan-yilga ortmoqda. Zamonaviy texnologiyalar va xizmatlar haj va umra ibodatlarini osonlashtirayotgan bo‘lsa-da, yangi masalalar ham yuzaga kelmoqda. Masalan, elektron navbat tizimi, transport va mehmonxona xizmatlari, ibodatlar tartibida texnik vositalardan foydalanish kabi masalalar bo‘yicha shariatning hukmini aniqlash kerak. Shu bois, haj va umra amallariga zamonaviy sharoitda yondashish, ularga doir fatvolarni o‘rganish va targ‘ib qilish bugungi kunda juda muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi1 qarorida fuqarolarning vijdon erkinligi va diniy e’tiqodga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlarini to‘liq ta’minlash, “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq ishlarning samaradorligini yanada oshirish choralari belgilab olingan. Haj va umra ibodatlari hozirda keng ommalashgani sabab, ko‘plab musulmonlar tur agentliklari orqali ham ushbu ibodatlarni ado etmoqda. Shu bilan birga, ba’zan ilmga asoslanmagan yoki to‘liq o‘rganilmagan noto‘g‘ri fatvolar sababli ibodatlar to‘laqonli shariat 1 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori, 07.06.2017 yildagi 364-son. 88 talablariga muvofiq bajarilmayapti. Zamonaviy sharoitlarda yuzaga kelayotgan masalalar – transport vositalari, mahramlik masalasi yoki kvota tizimi shariat asosida to‘g‘ri hal qilinishi muhimdir. Chunki bu ibodatlar ham namoz, ro‘za, zakot kabi o‘z tartib qoidalariga ega va ularni to‘g‘ri bajarilishini talab qiladi. Shu sabab mavzuni chuqur o‘rganish ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etmoqda. Asosiy qism. Haj va umra ibodatlari islom dinining muhim ruknlaridan bo‘lib, musulmonlarning Allohga bo‘lgan sadoqati, taqvosi va itoatining yuksak ifodasi hisoblanadi. Ushbu ibodatlarning shar’iy asoslari Qur’oni karim oyatlari, Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v)ning hadislariga va islom fiqhining turli manbalariga asoslanadi. Ma’lumki, haj amali – Islom dinimizning besh asosiy farzlaridan biridir. Haj – moliyaviy va jismoniy ibodat bo‘lib, qodir bo‘lgan mo‘min-musulmon kishi umrida bir marta ado etishi farzdir. Lug‘atda “haj” – “hurmatli narsaning ziyoratini qasd qilish”dir. Shariatimizda “haj” – “belgilangan joylarda, muayyan vaqtlarda maxsus amallarni bajarish”dir. Haj hijriy sananing to‘qqizinchi yilida farz bo‘ldi. Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam o‘ninchi hijriy yilda haj qildilar. Hajning farzligi Qur’oni karim, sunnati sharif va ijmo‘ bilan sobit bo‘lgan. Haj qilmoqchi bo‘lgan shaxs balog‘atga yetgan, aqli raso, sog‘lom, safar xarajatlariga qodir, hajga borib kelguniga qadar o‘z qaramog‘idagilarni nafaqa bilan ta'minlagan bo‘lishi kerak. Yo‘llar ochiq va bexatar bo‘lishi ham shart qilinadi. Ayol kishiga esa – yuqoridagi shartlar bilan birga eri yoki biror mahrami hamroh bo‘lishi lozim. Kimda mana shu shartlar topilsa, unga haj farz bo‘ladi. Qur'oni karimda hajning farzligi haqida shunday deyilgan: يٌِّنغَ َاللَّه نهِإفَ رَفَكَ نْمَوَ لًًيِبسَ هِيْلَِإ عَاطََت سْا نِمَ تِيَْبلْا جُّحِ سِانهلا ىلَعَ ِلِلّهِوَ انًمِآَ نَاكَ هُلَخَدَ نْمَوَ َميهِارَبِْإ ُماقَمَ تٌانَ ِ يَب تٌاَيآَ هِيِف نَيمِلَاَعلْا نِعَ Ya’ni: “Unda aniq alomatlar – “Maqomi Ibrohim” bordir. Unga (Ka’baga) kirgan kishi omonda bo‘lur. Yo‘lga qodir bo‘lgan odamlar
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada haj va umra ibodatiga doir zamonaviy fatvolar tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada haj va umra ibodatiga doir zamonaviy fatvolar tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- muftiy, umra, haj, Fatvo, shariat, fiqh, zamonaviy texnologiyalar., zamonaviy fatvolar, islom huquqi
Смежные источники
The American Journal of Social Science and Education InnovationsScientific Project For Humanities Students, Rakhimov Adham Barat Oglu +12021
The American Journal of Social Science and Education InnovationsPragmatic Aspect, + Yugay Nadejda Yurevna +12021
The American Journal of Social Science and Education Innovations+ Shokhrukhbek Farkhadovich Allanazarov, Jour nal Website:2021