К содержанию
РецензированоUZ2026

MANFAATLAR TOʻQNASHUVI KORRUPSIYA OMILLARIDAN BIRI SIFATIDA

Roʻzimov Zafar Zokir oʻgʻli · Рузимова Зафара Зокир угли

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

This article analyzes issues related to the fact that conflict of interest is one of the factors of corruption. In addition, the article outlines general approaches to resolving conflicts of interest. Keywords: Civil servants, public procurement, declaration, public interests, harm, interests, conflict, corruption, factors. Korrupsiyaning asosini tashkil qiluvchi omillardan biri, bu manfaatlar toʻqnashuvi muammosidir. Davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida ishlovchi barcha darajadagi mansabdor shaxslar oʻrtasida manfaatlar toʻqnashuvi kelib chiqishi mumkin. Shu sababli davlat hokimiyati tizimidagi manfaatlar toʻqnashuvini ijobiy hal qilish hozirgi davrda korrupsiyaga qarshi kurashning muhim vazifalaridan biri boʻlib turibdi. Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-931-sonli Qonuning 3-moddasiga asosan, “manfaatlar toʻqnashuvi — shaxsning shaxsiy 92 (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorligi uning oʻz lavozim yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga taʼsir koʻrsatayotgan yoxud taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari, qonuniy manfaatlari oʻrtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan (mavjud manfaatlar toʻqnashuvi) yoki yuzaga kelishi mumkin boʻlgan (ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi) vaziyatdir”1. Manfaatlar toʻqnashuvini nazorat qilish - davlat xizmatchilari tomonidan topshiriladigan deklaratsiyalardan foydalanishning eng keng tarqalgan maqsadi ekanligini aks ettiradi. Manfaatlar toʻqnashuvi – davlat xizmatchisining shaxsiy manfaatlari uning rasmiy vazifalari yoki funksiyalarini bajarishida salbiy taʼsir qilishi mumkin boʻlgan ijtimoiy-huquqiy majburiyatlar va davlat xizmatchisining shaxsiy manfaatlari oʻrtasidagi ziddiyatdir2. Manfaatlar toʻqnashuvining mavjudligi maʼlum bir mansabdor shaxsning korrupsiyaga aloqadorligini anglatmaydi. Bu faqat mansabdor shaxsning ish majburiyati bilan shaxsiy manfaatilari oʻrtasidagi ziddiyatli holatni anglatadi, masalan, korxonaga davlat xaridlarini amalga oshirish imkonini beruvchi shartnoma korxona raxbarining yaqin qarindoshlari tomonidan imzolanishi. Davlat xizmatchisi jamoat manfaatlarini shaxsiy manfaatidan ustun qoʻyishi mumkin, ammo vasvasaga berilib, jamoat manfaatlariga zarar yetkazish xafvi mavjud boʻladi. Bundan tashqari manfaatlar toʻqnashuvi boʻlgan vaqtda qilingan qarorlar jamoatchilikning bunday harakatlarga boʻlgan ishonchini pasaytirishi mumkin. Haqiqiy manfaatlar toʻqnashuvini aniq manfaatlar toʻqnashuvidan ajratish lozim, chunki “davlat xizmatchisining shaxsiy manfaatlari uning funsional vazifalarini bajarishga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin degan fikr boʻlib, aslida bu sodir boʻlmasligi ham mumkin. Shuningdek, “agar davlat xizmatchisi manfaatlar toʻqnashuviga olib kelishi mumkin boʻlgan shaxsiy manfaatlarga ega boʻlsa, ushbu davlat xizmatchisi kelajakda tegishli rasmiy vazifalarni (yaʼni shaxsiy manfaatlari bilan zid boʻlgan) bajarishi kerak boʻlgan holatlarda potensial manfaatlar toʻqnashuvi yuzaga kelishi mumkin”3. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasining 7-moddasi 4- bandida “har bir ishtirokchi davlat ichki qonunchiligining asosiy tamoyillariga muvofiq shaffoflikni taʼminlaydigan va manfaatlar toʻqnashuvini oldini oladigan tizimlar yaratish, saqlash va mustahkamlaga intiladi” deb koʻrsatilgan. Biroq manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish uchun aniq siyosatni ishlab chiqish milliy chiqaruvchilarning vazifasidir. Manfaatlar toʻqnashuvini hal qilishning umumiy yondashuvlariga quyidagilar kiradi: a) umuman manfaatlar toʻqnashuvini aniqlash va hukumat amaldorlariga ularni tan olishga va muayyan vaziyatlarda qaror qabul qilishdan tiyilishga koʻrsatma berish; b) rasmiy vazifalarni bajarishi bilan mos kelmaydigan bir qator vaziyatlarni aniqlash (masalan, ayrim erkin faoliyatni taqiqlash va mansabdor shaxsning qaror qabul qilishiga taʼsir qiladigan shaxslar 1 Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-931-sonli Qonuni. https://lex.uz/docs/6952742 2Managing Conflict of Interest in the Public Service OECD guidelines and country experiences 2003, p. 24. [elektron manba] https://www.oecd.org/gov/ethics/48994419.pdf 3 Managing Conflict of Interest in the Public Service OECD GUIDELINES AND COUNTRY EXPERIENCES 2003, p. 58. [elektron manba] https://www.oecd.org/gov/ethics/48994419.pdf 93 toifasini belgilash) v) manfaatlar toʻqnashuvini kutgan holda, jamoatchilik nazorati davlat amaldorlarini shaxsiy manfaatlari qarshi jamoatchilik yoʻlida harakat qilishga majbur qilishiga kutish bilan manfaatlar toʻqnashuvini oshkor qilish (bu yondashuv koʻpincha parlament aʼzolari va boshqa siyosiy lavozimlarga qoʻllaniladi); “Manfaatlar toʻqnashuvi” boʻyicha koʻplab tadqiqotlar ham mavjud. Davlat xaridlari sohasida D.I.Dedov nuqta nazaridan olib qaraydigan boʻlsak, “...manfaatlar toʻqnashuvi” tushunchasi qonun bilan qoʻr

Доказательный фрагмент

«This article analyzes issues related to the fact that conflict of interest is one of the factors of corruption.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes issues related to the fact that conflict of interest is one of the factors of corruption. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Civil servants, public procurement, declaration, public interests, harm, toʻqnashuv, davlat xaridlari, zarar yetkazish, deklaratsiya, manfaatlar, korrupsiya, omillar., jamoat manfaatlari, Davlat xizmatchilari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники