American Journal Of Social Sciences And Humanity ResearchBakirova Umida Bakhtiyor Kizi2021
INKLYUZIV TA’LIM SHAROITIDA ESHITISHIDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALAR BILAN ISHLASH METODIKASI
Djurayeva Sohiba Barat qizi · Qalandarova Sevara Akmalovna
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarning psixologik-pedagogik tavsifnomasi, nuqson xarakteristikasi va inklyuziv ta’lim muhitida eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar bilan ishlash metodika, korreksion mashg’ulotni tashkil etish bo’yicha tavsiyalar bayon qilingan. Kalit so’zlar: Inklyuziv ta’lim, eshitishida nuqsoni bo’lgan bola, metodika, kar, zaif eshituvchi, koxlear implant, nutqiy nafas, ovoz, eshitish idroki. Annotation This article describes the psychological and pedagogical characteristics of children with hearing impairments, the characteristics of the impairment, and the methodology for working with children with hearing impairments in an inclusive educational environment, as well as recommendations for organizing correctional activities. Keywords: Inclusive education, child with hearing impairment, methodology, deaf, hard of hearing, cochlear implant, speech breathing, voice, auditory perception. Bugungi kunda eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar va o'smirlarga nisbatan g'amxo'rlik, ularni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, ta'lim-tarbiya jarayonini ularga mos ravishda tashkil etish, sog'lom jamiyatga tenglashtirishdek o'ta mas'uliyatli vazifalar bir qator me'yoriy hujjatlarda o'z ifodasini topgan bo'lib, asosiy maqsad o'quvchilarni mustaqil hayotga va kasb-hunarga tayyorlash, jamiyatda o'z o'rinlarini topishlariga yordam berishdan iboratdir. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berishni erta boshlashning ahamiyati juda katta. Eshitish qobiliyati buzilgan shaxslarni sifatli o'qitish, tarbiyalash, rivojlantirish va reabilitatsiya qilishning asosiy shartlaridan biri bu har bir fan o’qituvchilarining eshitish funktsiyasi holati xususiyatlarini to'g'ri tushunishi va darslarni tashkil qilishda bolaning psixologik va ruhiy holatini hisobga olish muhimdir. Eshitish holatiga ko'ra, eshitish qobiliyati zaif (eshitadigan) va karlar farqlanadi. Zaif eshitadigan bolalar qoldiq eshituvga tayangan holda og’zaki nutqiy ko’nikmani rivojlantirish asosida dars mashg’ulotlarini olib boradi. Kar bolalarda esa bu jarayon farqlanadi tug’ma kar bola soqov bo’ladi ya’ni bolada eshitish idroki bo’lmaganligi sababli og’zaki nutq rivojlanmaydi ularda yetakchi nutq daktil va imo-ishora nutqi asosiy rol o’ynaydi. Bugungi kunda Zaif eshituvchi bolalar umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida tashkil etilgan inklyuziv ta’limga jalb qilinadi, kar bolalar esa ixtisoslashtirilgan maxsus maktab internatlarida ta’lim-tarbiya olishadi. Inklyuziv ta’lim - alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda umumta’lim muassasalarida barcha uchun teng imkoniyatlarni ta’minlagan holda beriladigan ta’lim tizimidir. Inklyuziv ta’lim umumta’lim maktablarida sinf sifatida tashkil etiladi, sog‘lom o‘quvchilar bilan bir qatorda alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchilar birgalikda bir sinfda ta’lim-tarbiya oladilar va bu “Inklyuziv ta’lim sinfi” deb ataladi. Inklyuziv ta’lim sinfiga eshitishida muammolari bo‘lgan o‘quvchilarning ikki toifaga 101 qamrab olinadi: - birinchi toifasi koxlear implant qo‘yilgan; - ikkinchi toifalilar esa eshitish qobiliyatining yo‘qotilishi 60 Db gacha bo‘lgan rivojlanishida qo‘shimcha buzilishlar bo‘lmagan bolalar. Bunday bolalarda eshitish apparatini taqsa eshitish tajribasi va elementar talaffuz hamda og‘zaki so‘zlashish tajribasi mavjud. Ba’zilarida nutqi 30-40% gacha shakllangan holatda bo‘ladi. Dastlab o‘quvchilarda eshitish va nutq tajribasi minimal darajada bo‘ladi. Darsdan keyin eshitish trinojyori orqali mashg‘ulotlar olib borilganda, dastlabki yarim yillikdan keyin bu o‘quvchilarda nutqni egallashi jadallashadi. Bunda albatta oilaning o‘rni juda katta bo‘lib uyda bola doimiy nutqiy muhitda bo‘lib turishi, darsda o‘tilganlarni mustahkamlab borishi, eshitish qobiliyatini rivojlantirish mashqlarini bajarishi talab qilinadi. Korreksiyalovchi mashg‘ulot (Eshitishida muammosi bo‘lgan o‘quvchilar bilan olib boriladigan korreksion mashg‘ulotlar misolida) har kuni 20 minutdan maxsus pedagog tomonidan olib boriladi va ikki qismdan iborat bo‘ladi. Korreksiyalovchi mashg‘ulot surdopedagog tomonidan olib boriladi. Mashg‘ulotning birinchi qismi eshitishga o‘rgatish hamda eshitish qobiliyatini rivojlantirishdan iborat bo‘ladi. Ikkinchi qismi talaffuz va og‘zaki so‘zlashuv nutqni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat bo‘ladi. Bunda uy vazifasiga berilgan nutq materiali, keyingi dars uchun yangi mavzu materialining hammasi eshitib qabul qilish, taqlid qilib aytish yo‘li bilan olib boriladi. Maxsus o‘qituvchi har kuni o‘tilgan mavzuni mustahkamlaydi, uy vazifasini bajartiradi, keyingi darsda takrorlash va mustahkamlash bo‘yicha savol va topshiriqlarni bola bilan tayyorlaydi. Keyin barcha fanlar bo‘yicha keyingi darsda o‘tiladigan mavzuni bir kun oldin o‘quvchi bilan yakka tartibda ishlab chiqadi va keyingi darsda faol ishtirok etishga tayyorlaydi. Agar inklyuziv sinfga eshitishida muammosi bo‘lgan eshitish qobiliyatining yo‘qotilishi 60 Db gacha bo‘lgan rivo
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarning psixologik-pedagogik tavsifnomasi, nuqson xarakteristikasi va inklyuziv ta’lim muhitida eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar bilan ishlash metodika, korreksion mas…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarning psixologik-pedagogik tavsifnomasi, nuqson xarakteristikasi va inklyuziv ta’lim muhitida eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar bilan ishlash metodika, korreksion mas… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Inclusive education, child with hearing impairment, methodology, deaf, hard, eshitishida nuqsoni bo’lgan bola, koxlear implant, metodika, zaif eshituvchi, Inklyuziv ta’lim, ovoz, eshitish idroki., kar, nutqiy nafas
Смежные источники
The American Journal of Social Science and Education InnovationsScientific Project For Humanities Students, Rakhimov Adham Barat Oglu +12021
The American Journal of Social Science and Education InnovationsPragmatic Aspect, + Yugay Nadejda Yurevna +12021
The American Journal of Social Science and Education Innovations+ Shokhrukhbek Farkhadovich Allanazarov, Jour nal Website:2021