К содержанию
РецензированоUZ2026

AUTENTIK MATERIALLAR ORQALI O'QUVCHILARNING INGLIZ TILI LEKSIKASINI BOYITISH

LEKSIKASINI BOYITISH · Lutfullayeva Umida Ravshanbekovna · Polatova Shaxla Umid qizi

Наука и технология в современном мире · 2026

Аннотация

Autentik materiallar ingliz tilini o‘qitishda samarador usul sifatida keng qo‘llanilib, o‘quvchilarning lingvistik va madaniy kompetensiyalarini rivojlantirishda katta rol o‘ynaydi. Ushbu maqola autentik materiallar orqali o'quvchilarning ingliz tili leksikasini boyitish haqida so‘z yuritadi. Kalit so’zlar: ingliz tili, autentik materiallar, o‘qitish metodikasi, lingvistik ko‘nikma, zamonaviy ta’lim texnologiyalari. Zamonaviy globallashuv sharoitida xorijiy tillarini o‘qitish metodikasini takomillashtirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Xususan, ingliz tilini o‘qitishda autentik materiallardan foydalanish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Autentik materiallar – bu til o‘rganuvchilar uchun maxsus moslashtirilmagan, real hayotdan olingan materiallar bo‘lib, ular gazeta va jurnallar, kitoblar, filmlar, qo‘shiqlar, internet resurslari va boshqa manbalarda uchraydi [1]. Autentik materiallar tushunchasini ochib berishda va ulardan foydalanish muammosi ustida tilshunos-metodist olimlar M.P. Breen, G.I. Voronina, E.V. Nosovich, R.P. Milrud, L. Van Lier, B. Tomalin, F. Mishan, Gebhard va boshqalar tomonidan bir qancha tadqiqotlar olib borilgan. Autentik materillar nima ekanligini tushunish uchun bir qancha yondashuvlar mavjud. Bu turdagi materiallar bilan shug‘ullanish jarayonida, “Autentik matn” degan tushunchaga duch kelamiz. Bu tushuncha haqida W.Guariento va J.Morley “Autentik matn bu ishlab chiqarilgan til ham jamiyatida qandaydir ijtimoiy maqsadlarni amalga oshirish uchun yaratilgan” deb ta’kidlab o‘tgan [3]. Oxirgi yillarda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, autentik materiallardan foydalanish o‘quvchilarning til o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyasini oshiradi, real muloqot muhitini yaratadi va madaniyatlararo kompetensiyani rivojlantiradi [2]. Shu bilan birga, bu materiallardan samarali foydalanish uchun maxsus metodika va yondashuvlar zarur. Chunki noto‘g‘ri tanlangan yoki noto‘g‘ri taqdim etilgan autentik materiallar aksincha salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ushbu tadqiqotning dolzarbligi shundaki, bugungi kunda O‘zbekistonda xorijiy tillarini o‘qitish tizimini takomillashtirish, xalqaro standartlarga moslashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda autentik materiallardan foydalanish metodikasini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Autentik materiallardan foydalanishning ajoyib tomoni shundaki, bunday manbalar hamma joyda mavjud. Masalan, autentik materiallar gazeta va jurnallardagi maqolalar bilan cheklanib qolmay, balki, qo‘shiqlar, teledasturlar, filmlar, radio, podkastlar, menyular ya’ni ingliz tilida yozilgan har qanday narsa haqiqiy materiallar hisoblanadi. Bu esa talabalar uchun ingliz tili leksikasini boyitishni yanada osonlashtiradi bundan tashqari, autentik materiallar orqali talabalar xorijiy tilni mustaqil o‘rganish imkoniyatini ham ta’minlab beradi. 91 ` O‘quv mashg’ulot jarayonida esa autentik materiallardan foydalanishning bir qancha afzalliklari mavjud. Misol uchun, dars jarayonida autentik materiallarni foydalanishda talabalar hech qachon uchratmagan so‘z, so‘z birikmalari yoki grammatik qurilmalarga duch kelishadi. Autentik materiallarni tinglash jarayonida tovushlarni va harflarning talaffuzini va diqqatni jamlashni o‘rganishadi. Ingliz tilini xorijiy til sifatida o‘rgatishda autentik materiallar yoki autentik bo‘lmagan materiallardan foydalanish bo‘yicha ko‘pgina tilshunos olimlar tomidan muhokama qilingan. Ulardan biri Gilmor autentik materiallar va darsliklar o‘rtasida tafovut borligini ta’kidlab o‘tgan. Chavez va Monikaning fikricha, autentik materiallar talabalarning motivatsiyasi bilan bog‘liq va bu ularni rag’batlantirishga imkoniyat yaratadi. Ularning ta’kidlashicha, autentik bo’lmagan materiallar qaraganda autentik materiallar qiziqarliroq, jonliroq va ko‘proq rag‘batlantiruvchi hisoblanadi. Ushbu materiallar faqatgina til o‘rganuvchilarning til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishidan tashqari o‘qituvchilar undan foydalanish orqali yaxshi natijalarga erishadilar. Tilshunos – metodistlardan biri bo‘lgan Jacobson ham autentik materiallar haqida o‘z fikrini bildirib o‘tgan. Uning fikricha autentik materiallar bu til o‘rganuvchilar tomonidan kontekstga moslashtirilgan materiallar va ularning hayotda qo‘llaniladigan tarzda ishlatiladigan mashg‘ulotlardir [3]. Shunday qilib, Biber autentik materiallar quyidagi xususiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi:  Birinchidan, ular intuitivdan farqli ravishda obyektivdir.  Ikkinchidan, o‘quv manba sifatida qabul qilinganda, autentik matnlar kommunikativ muloqotni rivojlantirishga yordam beradi.  Uchinchidan, autentik materiallar o‘quv materiallar sifatida dars jarayoniga turli xil o‘quv uslublarni olib keladi va bundan tashqari, talabalarning motivatsiyasini oshirishga ham xizmat qiladi. Demak, yozuvchilar yoki ma’ruzachilar tomonidan kundalik hayotga bog‘langan holda ishlab chiqilgan ma’ruzalar yoki xabarlar autentik materiallar hisoblanadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, autentik materiallar bu ixtir

Доказательный фрагмент

«Autentik materiallar ingliz tilini o‘qitishda samarador usul sifatida keng qo‘llanilib, o‘quvchilarning lingvistik va madaniy kompetensiyalarini rivojlantirishda katta rol o‘ynaydi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Autentik materiallar ingliz tilini o‘qitishda samarador usul sifatida keng qo‘llanilib, o‘quvchilarning lingvistik va madaniy kompetensiyalarini rivojlantirishda katta rol o‘ynaydi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
zamonaviy ta’lim texnologiyalari., lingvistik ko‘nikma, ingliz tili, o‘qitish metodikasi, autentik materiallar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники