К содержанию
РецензированоUZ2026

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA SHAXS ISMLARINING O‘XSHASH VA FARQLI JIHATLARI

Gulshoda Avloyorova

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026

Аннотация

Ushbu tezis ingliz va o‘zbek tillarida shaxs ismlarining umumiy va farqli jihatlarini lingvistik nuqtayi nazardan tahlil qiladi. Ismlarning kelib chiqishi, semantik tasnifi, grammatik va fonetik xususiyatlari hamda ijtimoiy-madaniy kontekstdagi roli o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari ushbu tillarning leksik tizimi va madaniy aloqalarini anglashga hissa qo‘shadi. Kalit so‘zlar: shaxs ismlari, o‘zbek tili, ingliz tili, semantika, lingvistik xususiyatlar, ijtimoiy omillar, madaniy ta’sir. Kirish: Shaxs ismlari milliy va madaniy o‘ziga xoslikni ifodalovchi asosiy til birliklaridan biri hisoblanadi. Ular jamiyatning tarixiy, diniy, etnik va lingvistik xususiyatlarini o‘zida aks ettiradi. Har bir jamiyatda shaxs ismlari muayyan urf-odatlar, diniy e’tiqod va tarixiy jarayonlar asosida shakllanadi. O‘zbek va ingliz tillaridagi shaxs ismlarining o‘xshash va farqli jihatlarini tahlil qilish orqali biz ushbu tillarning antroponimik tizimini, ularning leksik-semantik xususiyatlarini va madaniy jihatlarini chuqurroq tushunish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Shaxs ismlarining kelib chiqishi, ularning jamiyatdagi o‘rni va lingvistik xususiyatlari o‘zbek va ingliz tillarida turli omillarga bog‘liq bo‘lib, bu tillar tarixiy taraqqiyoti va madaniy aloqalarini ham aks ettiradi. Shaxs ismlarining ma’naviy va semantik jihatdan tahlil qilinishi nafaqat lingvistik tadqiqotlar, balki madaniyatlararo aloqalar va tarjima nazariyasi uchun ham muhimdir. Ushbu tadqiqotda ingliz va o‘zbek tillarida shaxs ismlarining kelib chiqishi, ularning semantik tasnifi, grammatik va fonetik o‘ziga xosliklari hamda ijtimoiy-madaniy kontekstda tutgan o‘rni o‘rganiladi. Shaxs ismlarining kelib chiqishi va taraqqiyoti Ingliz va o‘zbek tillarida shaxs ismlari turli madaniy va lingvistik ta’sirlar natijasida shakllangan bo‘lib, har ikkala tilning tarixiy aloqalari va xalqaro munosabatlari ularning rivojlanishida muhim rol o‘ynagan. Biroq, farqli jihati shundaki, o‘zbek tilidagi shaxs ismlarining asosiy manbalari arab, fors-tojik, turkiy va zamonaviy milliy ismlardan iborat bo‘lsa, ingliz tilida lotin, yunon, german, fransuz va anglo-sakson tillari asosiy manba hisoblanadi. Masalan, o‘zbek tilida Muhammad, Ismoil, Yusuf kabi ismlar keng tarqalgan bo‘lsa, ingliz tilida Matto, Luqo, Pavlus kabi ismlar ko‘p uchraydi. Shaxs ismlarining grammatik va fonetik xususiyatlari Har ikkala tilda shaxs ismlari turli grammatik va fonetik xususiyatlarga ega bo‘lib, ularning morfologik tuzilishi va tovush tizimi o‘ziga xosdir. O‘zbek tilida shaxs ismlari ko‘pincha jinsni aniq ifodalash xususiyatiga ega emas (masalan, Jasur, Shodiyona), ingliz tilida esa jinsiy ajratish aniq belgilangan bo‘lib, erkak va ayol ismlarining farqlari yaqqol namoyon bo‘ladi (masalan, Jon – erkak, Meri – ayol).[2,75] Bundan tashqari, ingliz tilida shaxs ismlari 33 odatda ikki yoki undan ortiq bo‘g‘indan iborat bo‘ladi (masalan, Elizabet, Benjamin),[4,98] o‘zbek tilida esa ko‘pincha ikki bo‘g‘inli bo‘lib keladi (masalan, Alisher, Nodira). Ismlar ma’noviy va semantik guruhlari Har ikkala tilda shaxs ismlari semantik jihatdan turli guruhlarga bo‘linadi. Masalan, diniy kelib chiqishga ega ismlar, tabiat bilan bog‘liq ismlar va tarixiy shaxslar nomi bilan bog‘liq ismlar mavjud. Farqli jihati shundaki, o‘zbek tilidagi ismlar ko‘proq islomiy ta’sirga ega bo‘lib, arabcha va fors-tojikcha kelib chiqishga ega (masalan, Muhammad, Ismoil, Yusuf), ingliz tilidagi ismlar esa asosan nasroniylik ta’siri ostida shakllangan bo‘lib, yunon va lotin manbalariga asoslangan (masalan, Matto, Luqo, Pavlus). Bundan tashqari, tabiat bilan bog‘liq ismlarda ham farqlar mavjud: o‘zbek tilida Gulnora, Shamsiddin, Bahor kabi ismlar ko‘p uchrasa, ingliz tilida Roza, Daryo (River), O‘rmon (Forest) kabi ismlar keng tarqalgan. Shaxs ismlarining ishlatilishi va ijtimoiy omillar Ingliz va o‘zbek tillarida shaxs ismlarining qo‘llanilishida ham o‘xshashliklar va farqlar mavjud. O‘zbek tilida shaxs ismlari odatda hurmat shakllari bilan birga qo‘llaniladi (masalan, aka, opa, otaxon, onaxon), ingliz tilida esa familiya va rasmiy murojaat shakllari keng tarqalgan (masalan, janob – Mr., xonim – Mrs., ser – Sir, ledi – Lady). [4, 58] Shuningdek, ismlarning qisqartirilishi va laqab shakllari ham farq qiladi: o‘zbek tilida, masalan, Abdumalik → Malik, Muzaffar → Murod bo‘lsa, ingliz tilida Uilyam → Bill, Robert → Bob kabi o‘zgarishlar kuzatiladi.[3,15] Ingliz va o‘zbek tillarida shaxs ismlarining shakllanishi, semantik tasnifi va ijtimoiy- madaniy ahamiyati tahlil qilingan ushbu tadqiqotdan quyidagi xulosalar chiqarish mumkin. Birinchidan, har ikkala tilning antroponimik tizimi tarixiy, diniy va lingvistik ta’sir natijasida shakllangan bo‘lib, bu ta’sirlar ismlar tizimining boy va xilma-xil bo‘lishiga sabab bo‘lgan. O‘zbek tilida shaxs ismlarining asosiy manbalari arab, fors-tojik va turkiy tillarga borib taqaladi, ingliz tilida esa lotin, yunon, german va fransuz tillaridan kelib chiqqan. Ikkinchidan, grammatik va fonetik jihatdan ham sezilarli farq

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezis ingliz va o‘zbek tillarida shaxs ismlarining umumiy va farqli jihatlarini lingvistik nuqtayi nazardan tahlil qiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezis ingliz va o‘zbek tillarida shaxs ismlarining umumiy va farqli jihatlarini lingvistik nuqtayi nazardan tahlil qiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
madaniy ta’sir., lingvistik xususiyatlar, ijtimoiy omillar, semantika, shaxs ismlari, ingliz tili, o‘zbek tili
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники