Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O'ZBEK VA NEMIS TILLARIDA FE'L KATEGORIYASI, UNING O'ZIGA XOS HUSISIYATLARI
Nuritdinova Shoira Xamidovna
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026
Аннотация
Maqolada nemis va o‘zbek tillarida fe‘l so‘z turkumi, uning nemis va o‘zbek tillarida qo‘llanishi, fe‘l zamonlari, ularning har ikki tillardagi hususiyatlari shu bilan birga ularning o‘ziga hos tomonlari, hamda o‘xshash va farqli tomonlari bayon qilinadi. Kalit so‘zlar: zamon kategoriyasi, aniqlik mayli, fe‘l formalari, der Indikativ, nisbiy zamon, preterito – prezentia, konstruksiya, presens, futurum I, futurum II. Xozirgi dunyo miqyosida sodir bo‘layotgan jadal rivojlanish jarayonida turli soxa fanlarining tez rivojlanayotganligi, yangi kashfiyotlar natijasida bilimlar doirasi yanada chuqurlashib va kengayib borishi kuzatilmoqda. Til o‘rgatish bilan bog‘liq bo‘lgan zamon talabi keng jamoatchilikning ham xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan munosabatini tubdan o‘zgartirmoqda. Bugungi kunda xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda. Bu esa o‘z navbatida xorijiy tillarni o‘qitilishining yangi zamonaviy texnologiyalarini izlab topish, xorijiy til o‘qitishning jadallashgan, interfaol usullaridan foydalanish zaruratini keltirib chiqarmoqda. Xorijiy tillarni mukammal egallashda tilning har bir qirralari singari grammatik tomoni ham alohida muhim axamiyat kasb etadi.Til grammatik tomonini chuqur o‘rganish nutqda hatoga yo‘l qo‘ymay fikrni to‘g‘ri va to‘liq tushuntira olishda zarur omildir. Maqolada fe‘l zamonlari, ularning nemis va o‘zbek tilida farqlanuvchi hamda o‘xshash tomonlarini yoritiladi Nemis va o’zbek tillarida fe‘lning zamon formalari (Die Zeitformen des Verbs) Aniqlik maylidagi fe‘llarda zamon formalarining yasalishi: Harakatning bajarilish vaqti maxsus fe‘l formalari yordamida ifodalanadi. So‘zlar yordamida harakatning aniq bajarilish vaqti ko‘rsatiladi. Fe‘l formalarida esa harakatning bajarilish vaqti nutqni amalga oshirish jarayoniga nisbatan belgilanadi: Er ist gestern gekommen. – U kecha keldi. Er arbeitet. – U ishlayapti. Aniqlik mayli (indikativ)dagi fe‘llarda ikkala tilda harakatning nutq jarayoniga munosabati bevosita ifodalanadi. Bu mayl formasi bildirgan zamon har ikki tilda absalyut zamon hisoblanadi. Ayrim fe‘l formalari, masalan, o‘zbek tilida sifatdosh va ravishdosh formalari, harakatning nutq momentiga munosabatini bevosita ko‘rsata olmaydi. Shuning uchun bulardagi zamon nisbiy zamon bo‘ladi. Hozirgi zamon (Das Präsens) Nemis tilida presens bitta formaga ega: ich arbeite, du arbeitest, er arbeitet kabi. Bunga nomuqobil xolatda o‘zbek tilida esa hozirgi zamon fe‘li ikki turga ega: 1) hozirgi – kelasi zamon fe‘li: men boraman, sen borasan, u boradi; 2) hozirgi zamon davom fe‘li: men boryapman, sen boryapsan, u boryapti. Präsens fe‘lning infinitiv formasi negiziga shaxs va son qo‘shimchalarining qo‘shish yo‘li bilan yasaladi. Shaxs – son qo‘shimchalari: I shaxs uchun –e, II shaxs birlik uchun –(e)st, III shaxs birlik va II shaxs ko‘plik uchun –e(t), I va III shaxs ko‘plik uchun –en ga ega. 40 Nemis tilida preterito – prezentia va noto‘g‘ri tuslanuvchi sein, werden fe‘llaridan boshqa fe‘llar bir xil sistemada bo‘lgan shaxs qo‘shimchalari yordamida yasaladi. Masalan: Singular(birlik) Plural(ko’plik) ich schreib – e, bad – e wir schreib – en, bad-en du schreib – st, bad – est ihr schreib – t, bad –et er, sie, es schreib – t, bad – et sie schreib – en, bad – en Kelasi zamon (Das Futurum) Futurum I kelasi zamonda sodir bo‘ladigan ish harakatni ifoda etadi: Ich werde im Sommer nach Samarkand fahren. Futurum I modal ma‘noni (tahmin ma‘nosini) ham ifodaydi. Bunday konstirutsiyada modal ma‘no wohl, vielleicht, hoffentlich, sicherlich va boshqa modal so‘zlar bilan ifoda etiladi. Masalan: Wurm: Ein vaterlicher Rat vermak bei der Tochter viel und hoffentlich werden Sie mich kennen, Herr Müller (F.Schiller,,, Kabale und Liebe―) Futurm I buyruq ma‘nosini ifoda etishda ham qo‘llaniladi: Du wirst den Apfel schießen von dem Kopf des Knaben –ich befehl‘s und will‘s. (F.Schiller,―Wilhelm Tell―.) Futurum I formasida ifodalangan ma‘no o`zbek tilida hozirgi–kelasi zamon fe‘li yordamida ifodalanadi: Ich werde schreiben.-Men yozaman. O`zbek tilining kelasi zamon gumon fe‘li esa nemis tilida Futurum I ning modal ma‘noni ifodalovchi konstruksiyasi yordamida beriladi: U balki bugun kelar-Er wird vielleicht heute kommen. Futurum II werden yordamida fe‘lning presensiga mustaqil fe‘lning infinitiv II formasining qo‘shilishidan yasaladi: Lesen, kommen fe‘llarining futurum II formasida tuslanishi. Singular Plural ich werde gelesen haben wir werden gelesen haben du wirst gelesen haben ihr werdet gelesen haben er wird gekommen sein. sie werden gekommen sein. Futurum II Futurum I singari kelasi zamonda bo‘ladigan ish harakatning bajarilishi yoki bajarilmasligini ifoda etadi. Bunda Futurum II Futurum I va presensga ko‘ra nisbiy zamon formasi hisoblanadi. Masalan: ―Du wirst es schaffen!― sagte sie leise, Aber, wenn du es geschafft haben wirst, werde ich nicht mehr bei dir sein.― (H.Fallada). Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib quyidagi xulasaga kelish mumkin. Har bir xorijiy tilni o‘rganishda tilning leksi
Доказательный фрагмент
«Maqolada nemis va o‘zbek tillarida fe‘l so‘z turkumi, uning nemis va o‘zbek tillarida qo‘llanishi, fe‘l zamonlari, ularning har ikki tillardagi hususiyatlari shu bilan birga ularning o‘ziga hos tomonlari, hamda o‘xsha…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada nemis va o‘zbek tillarida fe‘l so‘z turkumi, uning nemis va o‘zbek tillarida qo‘llanishi, fe‘l zamonlari, ularning har ikki tillardagi hususiyatlari shu bilan birga ularning o‘ziga hos tomonlari, hamda o‘xsha… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- der Indikativ, zamon kategoriyasi, presens, nisbiy zamon, futurum I, konstruksiya, aniqlik mayli, fe‘l formalari, futurum II., preterito – prezentia
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024