Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TEMPERAMENT TIPLARINING DASTLABKI, HOZIRGI TASNIFI VA UNING TARIXIY VIZUAL IFODASI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · TARIXIY VIZUAL IFODASI (in-academy.uz/index.php/yo) · Rustamova Munisa (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
В этой статье приведена информация о темпераменте, его истории исследования и визуальном представлении темперамента. Kalit so’z va iboralar: Ключевые слова: Темперамент, холерик, сангвиник, флегматик, меланхолик, психология, трава, черная трава, жидкость, небрежный, импульсивный, рефлексивный, сильный, агрессивный Psixologiya fanining ijtimoiy tarixiy taraqqiyoti davrida temperamentga nisbatan bildirilgan mulohazalar, uning moddiy asosi to’g’risidagi talqinlar xilma-xil bo’lib, shaxsning psixologik xususiyatlarini o’ziga xos tarzda tushuntirish uchun xizmat qilib kelgan. Temperament lotincha “temperamentum” degan so’zdan olingan bo’lib, “aralashma” degan ma’noni bildiradi. Ayrim manbalarda temperament tushunchasi Klaudio Galen tomonidan kiritilgan degan fikrlar uchraydi, ba’zilarida esa temperament haqidagi dastlabki ta’limotni yunon olimi Gippokrat tomonidan yaratilganligi qayd etiladi. Qadimgi yunon olimi Gippokratning ta’limotiga ko’ra, insonlarning temperament xususiyatlari jihatidan o’zaro bir-biridan farqlanishi, ularning tana a’zolaridagi suyuqliklar (xiltlar)ning turlicha nisbatda joylashuviga bo’liq ekanligi tasavvur qilinadi. Gippokratning ta’biricha, inson tanasida 4 xil suyuqlik (xilt) mavjud bo’lib,ular: 1.O’t yoki safro (yunoncha “hole”); 2. Qon ( lotincha “sanguis” yoki “ sanguinis”); 3. Qora o’t (yunoncha melas - “qora”, hole-“o’t ”); 4. Balg’am (yunoncha “phlegma” ) kabilardan iboratdir. Gippokratning fikricha: 1. O’tning xususiyati – quruqlikdir, uning vazifasi-tana a’zolarida quruqlikni saqlab turish yoki badanni quruq tutishdir. 2. Qonning xususiyati- issiqlikdir, uning vazifasi tanani isitib turishdir. 3. Qora o’tning xususiyati- namlikdir, uning vazifasi badan namligini saqlab turishdir. 4. Balg’amning (shilimshiq moddaning) xususiyati –sovuqlikdir, uning vazifasi badanni sovutib turishdan iboratdir. 4 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Gippokrat ta’limotiga muvofiq har bir inson tanasida shu 4 xil suyuqlik mavjud bo’lib, ulardan bittasi ustuvorlik kasb etadi/ mazkur aralashmalardan qaysi biri samaraliroq bo’lsa, shunga qarab insonlar temperament jihatdan farqlanadilar, masalan, xolerikda- sariq o’t suyuqligi, sangvinikda-qon suyuqligi, flegmatikda balg’am, melanxolikda- qora o’t suyuqligi ustun bo’lishi ta’kidlanadi. Gippokratning 4 xil moddalar aralashmasi, ya’ni temperament tushunchasi va uning tipologiyasi (sangvinik, xolerik, flegmatik, melanxolik ) ramziy ma’noda hozirki zamon psixologiyasida ham qo’llanilib kelinmoqda. Temperamentning ilmiy psixologik asoslari va uning fiziologik mexanizmlari keyingi ijtimoiy tarixiy taraqqiyotning bosqichlarida yaratiladi hamda bu borada izlanishlar davom ettirilmoqda. Temperamentning fiziologik asoslariga ulkan o’z hissasini qo’shgan olimlardan biri bu rus psixologi I.P.Pavlov hisoblanadi. I.P.Pavlov hayonlarning oliy nerv faoliyatini tadqiq qilayotganida itlarda shartli reflekslarning paydo bo’lishi, kechishi, davom etishi xususiyatlari insonlarnikidan farq qilishi va bu hodisa temperamentda ham uchrashi mumkinligini kashf etadi.I.P.Pavlov temperament ham shartli reflektor faoliyatining individual xususiyatlarini keltirib chiqaruvchi omillar bilan bog’liq bo’lishi mumkin, degan xulosaga keladi. I.P.Pavlov 4 ta asosiy tiplarni ajratadi. Ular: 1. Kuchli, muvozanatsiz, va harakatchan tip; 2. Kuchli, muvozanatli, inert 3. Kuchsiz, muvozanatsiz- qizg’in, jo’shqin tip 4. Kuchsiz, muvozanatsiz, og’ir – vazmin. Nemis faylasufi Iogan Kant – temperamentni tana tuzilishi va fiziologik vazifalarini o’rgangan. Shuningdek nemis psixiatri, konstitutsion nazariya asoschisi E. Krechmer 1921- yilda tana va xarakter tuzilishi nomli asarida temperament tipologiyasini ishlab chiqdi. Unga ko’ra: 1. Leptosomatiklar- mo’rt tana, baland bo’y, yassi ko’krak qafasi, tor yelka, uzun va oriq oyoq, qo’l; 2. Piknik- yog’ to’qimasi bor, o’ta semiz, o’rta yoki past bo’y, katta qorin; 3. Atletik- baquvvat mushaklar, kuchli tana, baland yoki o’rta bo’y, keng yelka, tor bo’ksa; 4. Displastik- shaklsiz, noto’ri tana, o’ta baland bo’y, mutanosib bo’lmagan tana kabilar keltirib o’tilgan. Demak, temperamentlarni mana shunday umumiy belgilarga qarab ajratish, mumkin. Barcha temperamentlarni qadimdan 4 ta tipga: xolerik, sangvinik, flegmatik va melanxolikka ajratish keng tarqalgan. Xolerik tip- hissiyotning tez va kuchli qo’zg’aluvchanligi, barqaror bo’lishi bilan farqlanadi. Xolerik temperamentlimkishilarning hissiyotlari ularning imo-ishoralarida, mimikalarida, harakatlari va nutqlarida yaqqol ko’rinib turadi. Xoleriklar qizg’inlik va tajanglikka moyil bo’ladilar. Bunday temperamentli kishilar chaqqon, umuman harakatchan bo’lishadi. Sangvinik tip- hissiyotning tez, kuchli qo’zg’aluvchanligi, lekin beqaror bo’lishi bilan farq qiladi. Sangvinik tipli kishilarning kayfiyati tez-tez o’zgarib, bir kayfiyat o’ziga teskari bo’lgan ikkinchi bir kayfiyat bilan tez almashib turishi mumkin. Ular chaqqon, serharakat va jo’shqin bo’lishadi. Atrof- muhitdagi voqe
Доказательный фрагмент
«В этой статье приведена информация о темпераменте, его истории исследования и визуальном представлении темперамента.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ этой статье приведена информация о темпераменте, его истории исследования и визуальном представлении темперамента. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Temperament, choleric, sangvinic, phlegmatic, melancholic, psychology, flegmatik, suyuqlik, beparvo, o’t, qo’zg’aluvchan, psixologiya, o’ychan, serharakat, qora o’t, melanxolik, sangvinik, xolerik, kuchli
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014